9-Mavzu: kasbiy psixologiyada ijtimoiy faoliyatni tashkil etish. Reja



Download 0,94 Mb.
bet1/2
Sana19.02.2020
Hajmi0,94 Mb.
#40243
  1   2
Bog'liq
2 5357084155358217731

9-Mavzu: KASBIY PSIXOLOGIYADA IJTIMOIY FAOLIYATNI TASHKIL ETISH.

Reja:

    1. 1.Ijtimoiy psixologik tomondan talabalar muloqat jarayonida bir-birini tushinishi.

    2. 2.Muloqotning 3 jabhasi: kommuniktiv, interaktiv, perseptiv.

3.O‘spirinlik davrida shaxs ijtimoiylashuvi va ularda axloqiy muloqotni tarbiyalash.

    1. 4.Jamolarda psixologik o‘zaro moslik.

    2. 5.Gruppaviy qarorlar qabul qilishda o‘zaro ta’sir masalasi.



    3. 1.Ijtimoiy psixologik tomondan talabalar muloqat jarayonida bir-birini tushinishi.

Birgalikdagi faoliyatning muvaffaqiyatli ro‘y berishi ko‘p jihatdan kommunikativ jarayon ishtirokchilari bir-birini qanday idrok etayotganini, har bir ishtirokchida boshqa ishtirokchi haqida qanday tasavvurlar shakllanayotganligiga bog‘liq. Bu esa muloqotning perseptiv tomonini o‘rganish zaruratini vujudga keltiradi.

Kishilarning bir-birini idrok etish jarayoni muloqotning ajralmas qismi bo‘lib, u muloqotning perseptiv tomonini tashkil etadi.

Birinchi holatda quyidagi tavsiflar beriladi, ya’ni ko‘zlarini ichiga kirib ketgani, ichki alam, qasosdan uzun dahan boshlagan ishi, jumladan jinoyatni yakuniga yetkazish kabilar ekanligi qayd etiladi.

Ikkinchi guruhda ichiga kirgan ko‘zlari fikrning chuqurligi haqida gapirib, bunda uzun dahan qiyinchiliklarga bardoshlilik, irodalilik sifatida baholangan. Pedagogik muloqotbu muloqotning o‘quv tarbiyaviy jarayonlarni hissiy foni va vosita, mazmunini tashkil etadi.

Muloqot muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun u albatta qayta aloqaga ega bo‘lishi, ya’ni sub’ekt o‘zaro ta’sir natijalari haqida axborot olishi kerak. Kommunikator o‘zi uzatgan axborotni resipiyent qanday qabul qilishini va qanday munosabatda bo‘layotganligini qayta axborot ma’lumotlariga asos-lanib bilib oladi. Muomalada suhbatdoshni yoki tinglovchini idrok etish bir-birini tushunishning asosiy shartidir. Agar o‘qituvchi o‘quvchilarini qanday idrok etayotganligini, tushunayotganligini anglay olmasa, pedagogik munosabat yaxshi bo‘lmaydi.


2. Muloqotning 3 jabhasi: kommuniktiv, interaktiv, perseptiv.

Kundalik faoliyatimizda kishilar bilan bo‘lgan muloqot, suhbat hamda muzokaralarda haqiqatni anglatadiga yagona tushuncha bu mantiqiylik deb hisoblanib, barcha xatti-harakatlarimizni mantiqiylik va mantiqsizlik degan tushuncha bilan baholashga o‘rganib qolgan edik.

Shu o‘rinda ibratli bir rivoyatni eslash o‘rinli: «Iskandardan so‘rabdilar: «Ozgina sarmoya va oz sonli askar bilan bunday ko‘p mamlakatni qanday hislat bilan qo‘lga kiritding?» Iskandar: «Lutf va yumshoq muomala bilan dushmanlarni qo‘lga kiritim. Ahd-paymon yo‘li bilan do‘stlarni yo‘lga soldim, shu jihatdan ko‘p mamlakatni egalladim», deb javob berdi. 1

Mustaqillik davriga kelib esa pedagoglar va psixologlarning konsepsiyasi asosida muloqot madaniyaining o‘ziga xos tomoniga daxldor bu tasavvurlar o‘zgarib ketdi. Ularning ko‘rsatishicha, insonning xulq madaniyati ikki kuch-tafakkur va hissiyot, aql va qalb o‘rtasidagi musobaqa natijasi emas, balki, bu ikki kuchning qo‘shilishi hamda unga ta’sir qiluvchi tajriba (jismoniy va madaniy) muhit kabi ko‘plab omillar asosida shakllanadi.

Zero, kishilarning bir-birlari bilan o‘zaro munosabatlarida shirinsuxanlik, go‘zallik, so‘zlashuv ohangidagi muloyimlik “Muosharat odobi” deyiladi. Mushorat odobi, ya’ni ilk muomala madaniyati bolaning go‘dakligida ota-ona bag‘rida, oilada shakllanadi. Shu bois ham xalqimiz “Qush uyasida ko‘rganini qiladi” deb bejiz aytmagan. Bola ta’lim muassasasida, ulg‘aygach esa, ijtimoiy muhitda va jamoada ko‘nikma hosil qilish jarayonida oilasida o‘rgangan muosharat odobining kuch-qudratida yosh avlodda muosharat odobini, ya’ni muomala madaniyatini shakllantirishda o‘qituvchi-pedagogning o‘zi xushmuomalaligini namoish etib, o‘quvchi-talabalar qalbiga va yo‘l topa olishi, mehribonligi, ular bilan hamdard, hamfikr bo‘lib, o‘rnak bo‘lishi muhim ahamiyatga egadir.

Muomala va munosabatda o‘quvchi-talabalar qalbiga yo‘l topaolgan, xushfe’l, shirinsuxan, adolatparvar, muomalasi yaxshi, tili shirin o‘qituvchi-pedagog va tarbiyachilarni dildan yoqtirishadi va hurmat-e’tibor qilishadi, ulardan ibrat ham olishadi.

Shunday ekan, insonning tili shirin, muomala madaniyati yuksak ega bo‘lsa u qisqa vaqt ichida xalq orasida katta obro‘-e’tibor topadi.



MUOMALA MADANIYATI


Hamkorlik faoliyatining ehtiyojidan vujudga kelib chiquvchi, shaxslararo muloqot rivojlanishining ko‘p qirrali jarayonidir. Muomala madaniyati quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topadi:







Bir tomonlama axborot uzatish

Muomala o‘z ichiga hamkorlik foliyatining qatnashchilari bilan o‘zaro axborot almashinuvni qamrab olgan bo‘lib, kommunikativ jabha sifatida tavsiflanishi mumkin. Shaxslar bir-birlari bilan muloqotga kirishishi jarayonida muomalaning muhim vositalaridan biri tilga va nutq faoliyatiga bevosita murojaat qiladilar.




Kommunikativ


Ikki tomonlama axborot uzatish

Muloqotga kirishuvchilarni o‘zaro ta’siri, ularning nutq faoliyatida nafaqat so‘z orqali fikr almashinuvi, balki xatti-harakat va xulq-atvori bilan o‘zaro ta’sir o‘tkazishi tushuniladi.





Interaktiv




O‘zaro bir-birini idrok qilishi, anglashi

Muloqotga kirishuvchilar o‘zaro bir-birlarini idrok qilish jarayoni namoyon bo‘ladi, ya’ni ulardan biri ikkinchisining ishonchiga loyiq, aqli, farosatli, tajribali, yuksak tayyorgarlikka ega inson sifatida idrok qilinadi.





Perseptiv

Insonlarning hayvonlarga munosabati va ular o`rtsidagi muloqat.

Darhaqiqat, o‘qituvchi-pedagog va tarbiyachilarning muomala madaniyati, aql-zakovati, fikri, his-tuyg‘ulari, bilimi va madaniy saviyasi, tafakkuri ma’lum darajada so‘zda ifoda etiladi. Muomala madaniyatida so‘z aqldan kuch, tildan ixtiyor oladi. Shunday ekan o‘qituvchi-pedagog va murabbiylar o‘z so‘ziga, tiliga nihoyatda ehtiyot bo‘lmog‘i lozim. Eng avvalo, o‘quvchi-talabalarga muomala madaniyatini, yoshi kattalar oldida o‘zini tuta bilishini, ularning gapini bo‘lmaslik va yoshi ulug‘larga gap qaytarmaslikni o‘rgatishi zarur.

Shunday qilib, bizning kelajagimiz bo‘lgan yoshlarning butun ichki dunyosini, maqsadini, muomala va so‘zlashuv munosabatlari nihoyatda go‘zal va muloyim bo‘lishini hayot taqozo etadi. Shu bois o‘quvchi-talabalar fe’l-atvorini o‘zgartirish, ularni bir-biriga, qolaversa insonlarga mehru-muruvvatli bo‘lishga o‘rgatish diniy aqidaparastlik, jaholat tomir otayotgan hozirgi davr uchun jamiyatni insonparvarlashtirish eng muhim dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. Aslida bu vazifa inson va jamiyat paydo bo‘lgandan buyon kun tartibida turgan bo‘lib, hali-hanuz muloqot va muomala madaniyatini takomillashtirish umuminsoniy ehtiyoj sifatida o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Atoqli adib Bernard Shou so‘zlari bilan aytganda: “Biz hozir havoda qush kabi uchishni, suvda baliq kabi suzishni o‘rganib olgan bo‘lsak-da, bizga bir narsa, yerda insondek yashashni o‘rganib olish yetishmaydi”.

Shunga ko‘ra, muloqot va muomala madaniyatiga bo‘lgan ehtiyojni oqilona anglab olish muhim ahamiyatga ega. Zero, pedagogik muloqot va muomala madaniyati asosida erishiladigan yutuqlar o‘qituvchi-pedagogning ijodiy mehnati mahsulidir. Xullas, o‘qituvchi-pedagog har bir vaziyatni oqilona baholashi, uni to‘g‘ri rejalashtirishi, ta’lim va tarbiya jarayonlarida aql-idrok bilan muloqot va muomala madaniyatini tashkil etishi lozim.
3.O‘spirinlik davrida shaxs ijtimoiylashuvi va ularda axloqiy muloqotni tarbiyalash.

Shaxs, uning dunyoni bilish, o‘zini va atrofidagi insoniy munosabatlarni bilish, tushunishi va o‘zaro munosabatlar jarayonida o‘zidagi takrorlanmas individuallilikni namoyon qilishi hamda ushbu jarayonlarning yoshga va jinsga bog‘liq ayrim jihatlarini tahlil qilish bizga umumiy ravishda shaxs - jamiyatda yashaydigan ijtimoiy mavjudotdir, degan xulosani qaytarishga imkon beradi. Ya’ni, u tug‘ilgan onidan boshlab o‘ziga o‘xshash insonlar qurshovida bo‘ladi va uning butun ruhiy potensiali ana shu ijtimoiy muhitda namoyon bo‘ladi. Chunki agar insonning ontogenetik taraqqiyoti tarixiga e’tibor beradigan bo‘lsak, hali gapirmay turib, odam bolasi o‘ziga o‘xshash mavjudotlar davrasiga tushadi va keyingina ijtimoiy muloqotning barcha ko‘rinishlarining faol ob’ekti va sub’ektiga aylanadi. Shu nuqtai nazardan, har birimizning jamiyatdagi o‘rnimiz, uning qachon va qanday sharoitlarda paydo bo‘lgani, jamiyatga qo‘shilib yashashimizning psixologik mexanizmlari fanning muhim vazifalaridan biridir. Bu jarayon psixologiyada ijtimoiylashuv yoki sotsializatsiya deb yuritiladi.

Demak, sotsializatsiya yoki ijtimoiylashuv - inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash va hayot - faoliyat jarayonida uni faol tarzda o‘zlashtirish jarayonidir. Sodda til bilan aytganda, ijtimoiylashuv - har bir shaxsning jamiyatga qo‘shilishi, uning normalari, talablari, kutishlari va ta’sirini qabul qilgan xolda, har bir harakati va muomalasida uni ko‘rsatishi, shu ijtimoiy tajribasi bilan o‘z navbatida o‘zgalarga ta’sirini o‘tkaza olishi jarayonidir.

Ijtimoiylashuv eng avvalo odamlar o‘rtasidagi muloqot va hamkorlikda turli faoliyatni amalga oshirish jarayonini nazarda tutadi. Tashqaridan shaxsga ko‘rsatilayotgan ta’sir oddiy, mexanik tarzda o‘zlashtirilmay, u har bir shaxsning ichki ruhiyati, dunyoni aks ettirish xususiyatlari nuqtai nazaridan turlicha sub’ektiv tarzda idrok etiladi. Shuning uchun ham bir xil ijtimoiy muhit va bir xil ta’sirlar odamlar tomonidan turlicha harakatlarni keltirib chiqaradi. Masalan, 10-15-ta o‘quvchidan iborat akademik litsey o‘quvchilarini olaylik. Ularning bilimni, ilmni idrok qilishlari, ulardan ota - onalarining kutishlari, o‘qituvchilarning berayotgan darslari va unda yetkazilayotgan ma’lumotlar, manbalar va boshqa qator omillar bir xilday. Lekin baribir ana shu 15 o‘quvchining har biri shu ta’sirlarni o‘zicha, o‘ziga xos tarzda qabul qiladi va bu ularning ishdagi yutuqlari, o‘quv ko‘rsatgichlari va iqtidorida aks etadi. Yuqorida ta’kidlagan ijtimoiylashuv va individualizatsiya jarayonlarining o‘zaro bog‘liq va o‘zaro qarama-qarshi jarayonlar ekanligidan darak beradi. Bularning barchasi muloqot va shaxslar aro munosabatlar orqali amalga oshiriladi.

Muloqot –- bu bir vaqtda boshqa insonlar bilan harakatlar, fikrlar, sezgilar, hayajonlar almashish hamda insonning o‘z qalbiga, xotiralariga, vijdoniga, orzulariga murojaat etishidir1.

Muloqot – ijtimoiy-faol, individual-ijodiy, amaliy-predmetli faoliyatdir. Muloqotda asosiysi-birdamlik, do‘stonalik, bag‘rikenglik, fidokorlik hisoblanadi.

Muloqot – bu «Shaxsning eng yaxshi tomonlarini aniqlash va ochib berishga yordam beruvchi ijodkorlik shaklidir. U boshqa insonning qadr-qimmatini hurmat qilish, insoniyat tomonidan ishlab chiqilgan axloq, odatlarning oddiy qoidalariga amal qilishga asoslanishini»2 esda saqlash zarur. Muloqotning nazariy asoslarini L.S.Vigotskiy, V.N.Leontev, M.G.Davletshin, E.G‘oziyev, Sh.K.Mardonovlar o‘rganganlar, ushbu tushunchaning faoliyatdagi mantiqiy-metodologik izohlarini ishlab chiqqanlar.

Amerikalik olimlar madaniyatlararo muloqotlar imkoniyatlarini o‘rganishgan. Bu tadqiqotlar biz uchun ma’lum ahamiyatga ega bo‘lib, ayniqsa, turli yoshdagi, ijtimoiy va etnik guruh vakillarining birgalikdagi faoliyatlari, o‘zaro aloqalari hamda muloqotlarini ko‘zda tutuvchi kommunikativ vaziyatlarda idrok etish tuzilmalarining shakllanishi hamda rivojlanishi muammosi qiziqarlidir.

Shuningdek, L.A.Radzixovskiy, A.V.Brushlinskiy, A.N.Haritonov va boshqa olimlar muloqotda (so‘zlashuv)ning o‘rni muhimligini alohida ko‘rsatib berganlar. Ular fikrlashning rivojlanishini o‘qitishning faol dialogik metodlari, idrok etish va ijtimoiy rivojlanishini boshqarish orqali o‘rganganlar.

Shaxslararo muloqot funksiyalarini amalga oshirish-muloqot sub’ektining ma’naviy axloqiy ko‘rsatmalari, shuningdek, insonparvarlik, emotsional-ijobiy, shaxsiy yondashuv, individuallik va o‘ziga xoslik kabi yo‘nalishlari bilan belgilanadi.

Muloqot funksiyasi faqat muloqot sub’ektlarining ma’naviy-axloqiy yo‘nalishigina emas, balki ko‘p jihatdan, uning insonparvar-axloqiy mazmuniga bog‘liq bo‘ladi. Muloqotning shakli, lahzali, tasodifiy, tematik rejalashtirilgan – bayon etish, axborot, xabar, suhbat, suhbatlashish, gaplashish, munozara kabilardan iborat. E’tibor berish, qiziqish, ma’qullash, hamdardlik, istiqbolni ko‘ra bilish yordamida ta’sir ko‘rsatish, tushunilgan va anglab yetilgan motivatsiya asosidagi faoliyat kabilar muloqot turiga kirib, masalani hal etishga yo‘naltirish, emotsional muhit yaratish, rag‘batlantirish, yo‘naltirish bilan hamkorlikdagi harakatlar yakunini yasashga yo‘naltirish, shuningdek, muloqotning samaraliligi, uning mavzusiga ijobiy motivatsiyasi, e’tibori, qiziqishiga bog‘liq bo‘ladi. Motivatsiya muloqot jarayonining boshqaruvchisi sifatida ma’no, onglilik, ishonch va qat’iylikni talab qiladi.

Muloqotning ma’noli jihatlariga uning maqsad hamda umumiylikka erishishda o‘z individualligini ko‘rsatishi, shuningdek, muloqotning turli funksiyalaridan foydalanish – qo‘zg‘atuvchi, ekspressiv, tashkiliy, informativ, emotsiyali, dalilga asoslanganligi va boshqalarni kiritish mumkin. Shaxslararo yuzma-yuz muloqotlarda individning potensial-shaxsiy, kasbiy-ehtiyojli hamda amaliy-idrok etish jaraëni sodir bo‘ladi.



    1. 4.Jamolarda psixologik o‘zaro moslik.

    2. Guruh hayoti va undagi a’zolarning o‘zlarini yaxshi his qilishlari ko‘p jihatdan ularning hamkorlikda ishlay olishlari va bir-birlariga ijobiy munosabatda bo‘la olishlariga bog‘liq. Bu hodisani tushuntirish uchunamaliy psixologiyada psixologik moslik tushunchasi mavjud.

Psixologik moslik deganda, guruh a’zolari sifatlari va qarashlarining aynanligi emas, balki ular ayrim sifatlarining mos kelishi, qolganlarining kerak bo‘lsa, tafovut qilishi nazarda tutiladi. Moslikning mezoni sifatida N. Obozov quyidagilarni ajratadi:

a) faoliyat natijalari;

b) a’zolarning sarflagan kuch - energiyalari;

v) faoliyatdan qoniqish.



Ikki xil o‘zaro moslik farqlanadi: psixofiziologik va ijtimoiy psixologik. Birinchi holatda faoliyat jarayonida odamlarning bir xil va mos tarzda harakat qila olishlari, reaksiyalar mosligi, ish ritmi va tempidagi uyg‘unliklar nazarda tutilsa, ikkinchisida ijtimoiy xulqdagi moslik - ustanovkalar birligi, ehtiyoj va qiziqishlar, qarashlardagi monandlik, yo‘nalishlar birligi nazarda tutiladi. Birinchi xil moslik ko‘proq konveer usulida ishlanadigan sanoat korxonalari xodimlarida samarali bo‘lsa, bu oliygoh o‘qituvchilari, ijodiy kasb egalarida iloji yo‘q va bo‘lishi mumkin emas, ularda ko‘proq ijtimoiy psixologik moslikning ahamiyati kattadir.

Har bir insonning ijtimoiy tajribasi, uning insoniy qiyofasi, fazilatlari, hatto nuqsonlari ham muloqot jarayonining mahsulidir. Har qanday muloqotning eng sodda vazifasi-suhbatdoshlarning o‘zaro bir-birlarini tushunishlarini ta’minlashdir. Bu o‘zbeklarda samimiy salom-alik, suhbatdoshni ochiq yuz bilan kutib olishdan boshlanadi. Bu jihat milliy o‘ziga xoslikka ega. Yana bir muhim vazifasi ijtimoiy tajribaga asos solish, bo‘lib, odam bolasi faqat odamlar orasida ijtimoiylashadi, o‘ziga zarur insoniy xususiyatlarni shakllantiradi.



Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish