Energetika va xom ashyo resurslari
. Yana bir global muammo –
insoniyatni energetika va xom
ashyo resurslari bilan ta’minlash xalqaro maydonda ko‘p sonli ziddiyatlar, shu jumladan harbiy
mojarolar manbaiga aylandi
. Bu resurslar moddiy ishlab chiqarishning negizi hisoblanadi va ishlab
chiqarish kuchlarining rivojlanishiga qarab inson hayotida tobora muhimroq rol o„ynaydi.
Mazkur resurslar tiklanadigan, ya‟ni tabiiy yoki sun‟iy yo„l bilan tiklash mumkin bo„lgan
resurslarga (gidroenergiya, yog„och, quyosh energiyasi va sh.k.) va miqdori mavjud tabiiy zahiralar bilan
chegaralangan tiklanmaydigan resurslarga (neft, ko„mir, tabiiy gaz, har xil rudalar va minerallar)
bo„linadi.
Hozirgi iste‟mol sur‟atlari saqlangan taqdirda tiklanmaydigan resurslarning aksariyati insoniyatga
bir necha o„n yillardan bir necha yuz yillargacha bo„lgan muddat bilan o„lchanadigan yaqin kelajakda
foydalanishgagina etishi hisoblab chiqildi. Shuningdek mavjud zaxiralarning anchagina qismi murakkab
sharoitda joylashgan konlarda jamlangan yoki nisbatan qashshoq rudalardan iborat.
Urush va tinchlik muammosi
. Harbiy soha jamiyat hayotining eng isrofgar sohasi hisoblanadi.
Ayni shu
sababli jamiyat hayotidan urushni bartaraf etish va Erda mustahkam tinchlikni ta’minlash
butun dunyoda mavjud barcha global muammolar orasida eng muhimi deb e’tirof etiladi
. Uning
keskinligi barcha zamonlarda hech qachon pasaymagan bo„lsa-da, XX asrda u nafaqat ayrim kishilar,
xalqlar, balki butun insoniyat oldiga «o„lish yo qolish?» degan mudhish savolni qo„yib, alohida, fojeaviy
mazmun va ahamiyat kasb etdi.
Bu hol ilgari mavjud bo„lmagan imkoniyat – Erdagi hayotni yo„q qilish imkoniyatini yaratgan
yadro quroli paydo bo„lishi bilan izohlanadi. Yadro quroli 1945 yil avgustda (Xirosima va Nagasaki) ilk
bor qo„llanilgan paytdan e‟tiboran mutlaqo yangi davr – inson hayotining barcha jabhalari: siyosat,
iqtisod, tafakkurda, jahon maydonidagi kuchlar nisbatida tub o„zgarishlar yasagan yadro davri boshlandi.
Muhokama qilinayotgan muammoning boshqa bir o„ziga xos xususiyati shundaki, u mohiyati va
hozirgi holati «Tabiat falsafasi»mavzusida ko„rib chiqilgan ekologiya bilan uzviy bog„liq. Biz fan-texnika
taraqqiyoti darajasi ekologik tanglikni bartaraf etish borasidagi imkoniyatlarni belgilashini qayd etgan
edik, ammo qurol-yarog„larning vayronkor imkoniyatlari, ularning shakllari, qo„llash metodlari va
usullarining rang-barangligi ham ayni shu darajaga bog„liq bo„ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |