9-mavzu: din madaniyat fenomeni


Xudojo‘ylik tushunchasining mazmuni va mohiyati



Download 101,87 Kb.
bet5/13
Sana26.05.2023
Hajmi101,87 Kb.
#944211
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
11-Din madaniyat fenomeni

8. Xudojo‘ylik tushunchasining mazmuni va mohiyati. Xudo va din yo‘lidan chiqmaydigan va Xudoga ishonadigan kishi xudojo‘y deyiladi. Xudojo‘ylik va dindorlik inson zimmasiga dinga e’tiqod natijasida muhokama yuritmasdan bajarilishi lozim bo‘lgan ibodat, diniy talab va vazifalarni yuklaydi. Shuning uchun xudojo‘ylik din yo‘lidan chiqmasdan uning asosiy talablarini bajarishni o‘zida ifodalaydi. Ulamolarning fikriga ko‘ra din Alloh tomonidan o‘z payg‘ambarlari orqali bashariyat olamiga joriy etilishi zarur bo‘lgan ilohiy qonunlar bo‘lib, har bir diniy ta’limotda dindorlar bajarishi zarur bo‘lgan talablar ishlab chiqilgandir. Agar islom diniga e’tiqod qiladigan xudojo‘y dindorlar amal qilishi kerak bo‘lgan asosiy talablar ko‘rib o‘tilsa, islom ta’limotining asosini imon, islom va ehson talablari tashkil etadi. Islom dinidagi imon talablari 7 aqidaga asoslanib, bular Allohga, farishtalarga, payg‘ambarlarga, muqaddas kitoblarga, oxirat kuniga, taqdirning ilohiyligiga va o‘lgandan keyin tirilishga ishonishni tashkil qiladi. Islom dinida har bir dindor-xudojo‘y 5 ta diniy marosim talablari, islomning ustuni bo‘lib hisoblangan Kalimai shahodatni bilishi, namoz o‘qishi, ro‘za tutishi, zakot berishi va haj qilishi zarurligi belgilangan. Ehson talablari esa har bir dindor-xudojo‘y musulmondan imon va islom talablarini sidqidildan bajarishni talab qiladi. Huddi shunday diniy ta’limotlar buddaviylik, xristianlik va boshqa dinlarda ham mavjuddir.
Insonda diniy e’tiqodning shakllanishi diniy tarbiyaning olib borilishi, uning mazmuni va ta’sirchanligiga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. Diniy talablar har bir shaxsdan qat’iylik, irodalilik, sabr-toqatlilik, chidamlilik va haqiqiy fidoyilikni, dindorga xos bo‘lgan e’tiqodga amal qilishni taqozo etadi. Dunyodagi barcha dinlardagi talab va ko‘rsatmalarning mohiyati insonni savobli ishlarga da’vat etadi, uni o‘zini-o‘zi nazorat qilishga, yaxshi ishlar, savobli amallarni amalga oshirishga da’vat etadi. Din eng avvalo islom dini o‘zining qadriyatlari, qonunlari va talablari bilan insonparvarlik g‘oyalarini ilgari suradi. Dindagi taqvodorlik inson uchun yomonliklardan, gunoh ishlardan saqlanishni bildiradi. Dindagi savob tushunchasi atrofdagilarga, jamiyatga yaxshilik qilishni o‘zida ifodalaydi. Din insonni halol mehnatga da’vat etadi, odamlarni bir-biriga mehr-shafqat, sahovat, madad, xayr-ehson, mehr-muruvvatli bo‘lishga chaqiradi.
Shunday qilib, din jamiyat xayotida umuminsoniy axloq me’yorlarini o‘ziga singdirib olib, ularni hamma uchun majburiy hulq–atvor qoidalariga aylantirish, odamlarning bahamjihat yashashiga ko‘maklashish, odamlarda ishonch hissini mustahkamlash, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlarni saqlab qolish hamda avloddan–avlodga yetkazishga yordam berish, madaniyat rivojiga katta ta’sir ko‘rsatish masalasida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Jamiyat hayotida dindorlik o‘z dunyoqarashida, iymon-e’tiqodida, psixologiyasida, turmush tarzida, ahloq-odobida, kundalik hayot kechirishida, oilada, mehnat jamoalarida, jamoatchilik orasida, maishiy turmushda, o‘zining barcha xatti-harakatlarida to‘la ravishda diniy talablar, tartib-qoidalarga amal qilishni anglatadi.

Download 101,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish