9-mavzu: din madaniyat fenomeni


-§. Vijdon erkinligi va diniy e’tiqod xaqida qonun qabul qilinishining ijtimoiy madaniy ahamiyati



Download 101,87 Kb.
bet8/13
Sana26.05.2023
Hajmi101,87 Kb.
#944211
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
11-Din madaniyat fenomeni

4-§. Vijdon erkinligi va diniy e’tiqod xaqida qonun qabul qilinishining ijtimoiy madaniy ahamiyati

Vijdon erkinligi insonning biror dinga e’tiqod qilish yoki hech qanday dinga e’tiqod qilmaslik huquqini o‘zida ifodalaydi. Vijdon erkinligi insonning ruhiy olamiga, uning sog‘lomligi va barkamolligiga ta’sir ko‘rsatadi. 1948 yilda qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga muvofiq har bir inson fikrlash, vijdon va din erkinligi huquqiga egadir. Vijdon erkinligi huquqi insonga o‘z dini va e’tiqodini o‘zgartirish erkinligini, o‘z dini yoki e’tiqodiga o‘zicha, shuningdek boshqalar bilan birgalikda amal qilish kafolatini, ibodat qilishda va diniy marosimlarda yakka tartibda va odamlar orasida birga qatnashish erkinligini o‘z ichiga oladi.


1. O‘zbekiston fuqarolarining vijdon erkinligi huquqi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan himoya qilinib, Konstitutsiyaning 31-moddasida “Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi” deyilgan. Qonun boshidan oxirigacha vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar faoliyatini amalga oshirishni respublikada tinchlik, osoyishtalik, hamjihatlikni ta’minlash bilan, jamoat xavfsizligini, fuqarolarning huquq va manfaatlarini doimo muhofaza qilish bilan birga olib borishni ko‘zda tutadi. Diniy tashkilotlar O‘zbekistonda tinchlik-totuvlik, xamkorlik, xamjihatlik va barqaror taraqqiyotga o‘zlarining hissalarini qo‘shib kelmoqda.
2. O‘zbekistonda din va e’tiqod erkinligi huquqining ta’minlanishi natijasida din fuqarolarning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirishga xizmat qilmoqda. O‘zbekistonda davlatning dinga yangicha munosabati “inson e’tiqodsiz yashay olmaydi” degan aniq ishonch asosida belgilanib amalga oshirilmoqda. Ota-bobolarimizning muqaddas e’tiqodi bo‘lgan islom dini ham yuksak insoniy fazilatlarning shakllanishiga xizmat qilib, u tufayli xalqimiz ming yillar mobaynida boy ma’naviyati va merosi, o‘zligini omon saqlab kelgan. O‘zbek xalqining ilg‘or madaniy va ma’naviy merosini tiklash va yangi sharoitda yanada rivojlantirish, bu hududdagi ilk zamondan hozirgacha mavjud dinlarning tarixi, hayotiy tajribasi, tadrijiy taraqqiyotini o‘rganish, vatan tarixini chuqurroq tushunib yetish, uni sevish va u bilan faxrlanish his-tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qilib kelmoqda. Har qanday din, birinchi o‘rinda ma’naviy-axloqiy jihatni o‘z ichiga olib, davlat dinni xalq ma’naviyatining uzviy qismi sifatida tan oladi. Bundan kelib chiqib, uning rivoji uchun tegishli shart-sharoit yaratishga harakat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida bu masalalar o‘z yechimini topgan va u dunyodagi rivojlangan mamlakatlardagi huquqiy-me’yoriy talablarga to‘la javob beradi.
3. Dunyoviy davlatning dinga bo‘lgan munosabatini ifodalaydigan asosiy tamoyillar, dindorlarning diniy tuyg‘ularini hurmat qilish, diniy e’tiqodlarni fuqarolarning yoki ular uyushmalarining xususiy ishi deb tan olish, diniy qarashlarga amal qiluvchi fuqarolarning ham, ularga amal qilmaydigan fuqarolarning ham huquqlarini teng kafolatlash hamda ularni ta’qib qilishga yo‘l qo‘ymaslik,ma’naviy tiklanish, umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni qaror toptirish ishida turli diniy uyushmalarning imkoniyatlaridan foydalanish uchun ular bilan muloqot qilish yo‘llarini izlash zarurati hamda dindan buzg‘unchilik maqsadlarida foydalanishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini e’tirof etishdan iboratdir.
O‘zbekistonning dunyoviylik, diniy bag‘rikenglik, barcha dinlarga bir xilda munosabat, jamiyat taraqqiyotida din bilan hamkorlik qilish xususiyatlari ushbu tamoyillar asosida amalga oshiriladi. Chunki, konstitutsiyaviy dunyoviy-ma’rifiy davlatda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunga asosan diniy e’tiqodi va dunyoqarashidan qat’i nazar, siyosiy xohishlarini bildirishda barcha fuqarolarning teng ishtiroki tamoyiliga rioya qiladi.
Mamlakatimizda barpo etilayotgan demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining tamal toshi “vijdon erkinligi” tushunchasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Fuqaroviy erkinliklar ichida insonning ichki ma’naviy dunyosiga va uning ruhiyatiga bevosita aloqador bo‘lgan vijdon erkinligi demokratik dunyo bo‘ylab umume’tirof etilgan inson huquqlarining eng asosiylaridan biridir.
4. Fuqarolik jamiyati kishilar o‘rtasidagi munosabatlarning yuksak madaniy saviya va teran ma’naviy zaminga asoslangani bilan ajralib turadi. Bunday jamiyatning ijtimoiy-ma’naviy hayotida umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi, ularning mo‘tabar va hatto, muqaddas sanalishi barqaror bo‘ladi. Muayyan insonning qadr-qimmati, odamlar orasidagi mehr-oqibat, samimiylik, axloqiy poklik, insofu adolat va insonparvarlik kabi eng ezgu umuminsoniy qadriyatlar fuqarolik jamiyati hayotining haqiqiy mezonlaridir. Shuning uchun ham, O‘zbekistonda kechayotgan davlat va jamiyat qurilishi jarayonida tom ma’nodagi vijdon erkinligini ta’minlashga alohida urg‘u berilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab qo‘yilgan davlat va jamiyat qurilishining bosh maqsadlardan biri – inson farovonligi ta’minlangan, ijtimoiy adolat va qonuniylik ustuvorlik qiladigan, barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lgan, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengligiga asoslangan jamiyatni barpo etishdir. Bu, eng avvalo, yuksak ma’naviyat va hurfikrlilikka asoslangan, vijdon erkinligi amalda barqaror bo‘lgan jamiyatni barpo etish demakdir. Bunday jamiyatni qurish esa, birinchi navbatda, keng ma’nodagi vijdon erkinligi, jumladan, diniy e’tiqod erkinligini ta’minlashni taqozo etadi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ushbu hayotiy masalaga umume’tirof etilgan demokratik tamoyillardan kelib chiqib yondashilgan.
5. Huquqiy kategoriya sifatida – vijdon erkinligi, bir tomondan, e’tiqod erkinligini, ikkinchi tomondan esa, hech bir dinga e’tiqod qilmaslik huquqini ifoda etadi. Axloqiy nuqtai nazardan vijdon erkinligi – bu muayyan insonning fikrlash tarzi va shaxsiy ma’naviy e’tiqodiga mos xatti-harakat qilish huquqidir.
O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonuni 1991 yilda qabul qilingan bo‘lib, 1993 yilda kiritilgan ba’zi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar bilan 1998 yilga qadar amalda bo‘lib keldi. Davr talablari asosida “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunni tubdan o‘zgartirish zarurati tug‘ildi va u 1998 yil 1 may kuni yangi tahrirda qabul qilindi. O‘zbekiston xalqiga azaldan xos bo‘lgan xislat – bag‘rikenglik biz uchun an’anaviydir. O‘zbekiston hududi azaldan turli urf-odat, madaniyat, til, turmush tarziga ega bo‘lgan, xilma-xil dinlarga e’tiqod qiluvchi bir-biriga o‘xshash bo‘lmagan bir necha xalqlar yashagan o‘lkadir. O‘zbekistonning jo‘g‘rofiy nuqtai nazardan muhim savdo yo‘llari chorrahasida joylashgani, ko‘plab davlatlar bilan iqtisodiy, madaniy aloqalar qilgani yerlik xalqning diniy va madaniy hayotiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Millati va diniy qarashidan qat’i nazar insonni ardoqlash va o‘zgalarni qadrlash, kattalarga hurmat va boshqalarni izzat qilish kabi tuyg‘ular Markaziy Osiyo xalqlarining yuksak sifatlaridir. Aynan shu omillar xalqimizning nafaqat ma’naviy-ma’rifiy, balki dinlararo muloqotining ma’naviy asosini tashkil qiladi.

Download 101,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish