Misollar
1. Tomonlar uzunligi a,b,c ga teng bo’lgan uchburchakka ichki chizilgan aylana radiusi r ga teng. r ni hisoblash dasturini tuzing.
#include
#include
using namespace std;
int main(int argc, char *argv[]){
float a,b,c,p,r,s;
cout<<"uchburchak tomonlarini kiriting";
cin>>a>>b>>c;
p=(a+b+c)/2;
s=sqrt((p-a)*(p-b)*(p-c)*p);
r=2*s/(a+b+c);
cout<<"r="<return 0;
}
2. Tomonlar uzunligi a,b,c,d ga teng bo’lgan to’rtburchakka tashqi chizilgan aylana radiusini hisoblash dasturini tuzing.
#include
#include
using namespace std;
int main(int argc, char *argv[]){
int a,b,c,d;
float p,S,R;
cout<<"To'rtburchak tomonlarini kiriting";
cin>>a>>b>>c>>d;
p=(a+b+c+d)/2;
S=sqrt((p-a)*(p-b)*(p-c)*(p-d));
R=sqrt((a*b+c*d)*(a*c+b*d)*(a*d+b*c))/(4*S);
cout<<"To'rtburchakka tashqi chizilgan aylana
radiusi"<<"R="<return 0;
}
9.6. Taqmoqlanuvchi hisoblash jarayonini dasturlash.
operatori
Odatda dastur satrma–satr tartib bilan bajariladi. If operatori shartni tekshirish (masalan, ikki o’zgaruvchi tengmi) va uning natijasiga bog’liq ravishda dasturni bajarilish tartibini o’zgartirish imkonini beradi. If operatorining oddiy shakli quyidagi ko’rinishdadir:
if (shart)
ifoda;
Qavs ichidagi shart ixtiyoriy ifoda bo’lishi mumkin. Agarda bu ifoda false qiymatini qaytarsa undan keyingi ifoda yoki blok tushirib qoldiriladi. Agarda shart true qiymat qaytarsa navbatdagi ifoda bajariladi. Quyidagi misolni qaraymiz:
If (kattaSon>kichikSon)
KattaSon=kichikSon;
Bu yerda kattaSon va kichikSon o’zgaruvchilari taqqoslanayapti. Agarda kattaSon o’zgaruvchisi qiymati katta bo’lsa, bu navbatdagi qatorda unga qiymat sifatida kichikSon o’zgaruvchisining qiymati o’zlashtiriladi.
if operatorida figurali qavs ichiga olingan ifodalar blokini ham ishlatish mumkin.
If (shart)
{
- ifoda
- ifoda
- ifoda
}
Quyida ifodalar blokining qo’llanilishiga oid misol keltirilgan
if(kattaSon>kichikSon)
{ kattaSon=kichikSon
cout<<”kattaSon:”<
cout<<”kichikSon:”<
}
Bu holda kattaSon o’zgaruvchisiga nafaqat kichikSon o’zgaruvchisi o’zlashtirilayapti, balki ekranga bu haqida axborot ham chiqarilayapti.
Munosabat operatorining qo’llanilishi orqali tarmoqlanishga misol
// 4.3. – listingda munosabat operatori
// bilan birgalikda if instruktsiyasining
// ko’llanilishi namoyish etilgan
# include
int main( )
{
int BuxoroGol, PaxtakorGol;
cout<<“Buxoro komandasi kiritgan to`plar”
<< “sonini yozing:”;
cin >> BuxoroGol;
cout<<“Paxtakor komandasi kiritgan”
<< “to`plar sonini yozing:”;
cin >> PaxtakorGol;
cout << “\n”;
if ( BuxoroGol>PaxtakorGol)
cout << “Yashasin Buxoro!\n”
if (BuxoroGol < PaxtakorGol)
{
cout << “Yashasin PaxtakorGol \n”
cout << “Bugun Toshkentda bayram!\n”;
}
if (BuxoroGol==PaxtakorGol)
{
cout << “Durrangmi? Yo-oq? Bo`lishi”<<
“ mumkin emas \n”;
cout <<“Paxtakorning kiritgan to`plari”
<< “haqida ma`lumotni qaytadan yozing\n”
cin >> PaxtakorGol;
if (BuxoroGol>PaxtakorGol)
{
cout<<“Buxoro yutishini oldindan bilgan”
<<“ edim! Shuning uchun qayta so`radim\n”;
cout<< “Yashasin Buxoro!”;
if (BuxoroGol
{
cout<<“Paxtakor yutishini oldindan bilgan”
<<“ edim! Shuning uchun qayta so`radim\n”;
cout<< “Yashasin Paxtakor!”;
cout << “Bugun Toshkentda bayram!\n”;
if (BuxoroGol==PaxtakorGol)
cout<<“Qoyil! Haqiqatan ham during ekan\n”;
}
cout<<“\n Ma`lumotingiz uchun rahmat\n”;
return 0;
}
NATIJA:
Buxoro komandasi kiritgan to`plar sonini yozing:3
Paxtakor komandasi kiritgan to`plar sonini yozing:3
Durrangmi? Yo-oq? Bo`lishi mumkin emas
Paxtakorning kiritgan to`plari haqida ma`lumotni qaytadan yozing: 2
Buxoro yutishini oldindan bilgan edim! Shuning uchun qayta so`radim
Yashasin Buxoro!
Dasturlarda ko’p hollarda biror bir shartning bajarilishiga (ya’ni bu shart true qiymat qaytarsa) bog’liq ravishda bir blok, uning bajarilmasligiga asosan esa (ya’ni bu shart false qiymat qaytarsa) boshqa bir blokning bajarilishi talab qilinadi. 4.3. – listingda birinchi tekshirish (BuxoroGol>PaxtakorGol) true qiymat qaytarsa ekranda bir xabar, false qiymatida esa boshqa bir xabar chiqariladi.
Bunday masalalarni yuqorida ko’rsatilgan usul, ya’ni qator shartlarni tekshirish uchun bir nechta if operatorini qo’llash orqali hal qilish mumkin, lekin bu tushunish uchun biroz murakkabroqdir. Dasturning soddaligini ta’minlash uchun else kalitli so’zidan foydalanish mumkin.
If (shart)
Ifoda;
Else
Ifoda;
Do'stlaringiz bilan baham: |