9.1-jadval
Qishloq xo`jaligi mahsulotlari asosiy turlarining ishlab chiqarilishi
Mahsulot turi
|
O`lchov birligi
|
2019 yil
|
2020 yil
|
O`sish sur`ati,
% da
|
Sabzavotlar
|
ming tonna
|
8669,9
|
9217,4
|
111,7
|
Kartoshka
|
ming tonna
|
1188,1
|
1398,7
|
117,7
|
Poliz mahsulotlari
|
ming tonna
|
840,0
|
981,2
|
116,8
|
Mevalar
|
ming tonna
|
1269,1
|
1402,8
|
110,5
|
Uzum
|
ming tonna
|
880,3
|
791,0
|
89,9
|
Go`sht
|
ming tonna
|
1208,6
|
1287,9
|
106,6
|
Sut
|
ming tonna
|
5097,4
|
5426,3
|
106,5
|
Tuxum
|
mln. dona
|
2214,7
|
2429,0
|
109,7
|
O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlari.
Jadvaldan ko`rinadiki, 2020 yilda qishloq xo`jaligi mahsulotlari tarkibida kartoshka (117,7 %), poliz mahsulotlari (116,8 %), sabzavotlar (111,7 %) yetishtirish nisbatan ahamiyatli darajada o`sgan bo`lsa, faqat uzum o`tgan yilga taqqoslaganda 89,9 % darajasida yetishtirilgan.
O`zbekistonda yer davlat mulki hamda umummilliy boylik bo`lganligi sababli yerga bo`lgan mulkchilik, yerga egalik qilish va yerdan foydalanish masalalari alohida ajratib tahlil qilinishi lozim.
Yerga egalik jismoniy va huquqiy shaxslarning ma`lum yer uchastkasiga tarixan tarkib topgan asoslardagi yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi egalik huquqini tan olishini bildiradi. Yerga egalik deganda avvalo yerga bo`lgan mulkchilik huquqi va uni iqtisodiy jihatdan realizatsiya qilish ko`zda tutiladi. Yerga egalikni yeri bo`lgan mulkdor (bizda davlat) amalga oshiradi. O`zbekiston Respublikasining Yer kodeksida ta`kidlanganidek «Yer uchastkalari yuridik va jismoniy shaxslarga doimiy va muddatli egalik qilish hamda ulardan foydalanish uchun berilishi mumkin»1.
Yerdan foydalanish huquqi – bu o`rnatilgan urf-odatlar yoki qonuniy tartibda undan foydalanishni bildiradi. Yerdan foydalanuvchi yer egasi bo`lishi shart emas. Real xo`jalik hayotida yerga egalik qilish va yerdan foydalanishni ko`pincha har xil jismoniy va huquqiy shaxslar, xususan hozir bizda asosan dehqon va fermer xo`jaliklari amalga oshiradi. Xulosa qilib aytganda, qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishida ham to`rt omil – yer, kapital, tadbirkorlik qobiliyati va ishchi kuchi qatnashib, bunda yer muhim ishlab chiqarish vositasi sifatida ishtirok etadi. Ammo biz avval aytganimizdek, ishlab chiqarish jarayonida hamma ishlab chiqarish vositalarini, jumladan, yerni harakatga keltirib, undan unumli foydalanadigan, uning iqtisodiy unumdorligini oshiradigan omil – ishchi kuchidir. Agrar munosabatlarni o`rganishda ham ishchi kuchining, jonli mehnatning faol rol o`ynashini, uning hamma moddiy vositalarga jon ato etib, harakatga keltiruvchi rolini tushunmaslik go`yo kapital foyda yoki foiz, yer esa renta yaratadi, degan ko`pgina xato fikr-mulohazalarga, yolg’on tasavvurlarga olib keladi. Bu masalalarni to`g’ri tushunishda renta munosabatlarini o`rganish muhim rol o`ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |