9-ma’ruza: Transport vositalrida qo`llaniladigan maxsus suyuqliklar O´quv moduli birliklari



Download 39,27 Kb.
bet7/9
Sana07.04.2022
Hajmi39,27 Kb.
#534403
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
9-MAVZU(1)

GTJ-22 suyuqligi. Bu suyuqlik glikollar, suv va antikorrozion qo`shilmalarning aralashmasidan iborat. GTJ-22 suyuqligi yaxshi moylash xususiyatiga ega. Minus 500C dan 500C gacha harorat oralig`ida ishga yaroqli. 1400C haroratda qaynaydi, shuning uchun disk tormozli avtomobillarda ishlatib bo`lmaydi. Suvda yaxshi eriydi. «Neva» tormoz suyuqligi bilan aralashadi; Zaharli: yashil rangga ega. Yuqori o`tuvchanlikdagi avtomobillarda ishlatish uchun mo`ljallangan. Shimoliy hududlarda bu suyuqlikdan BSK tormoz suyuqligi o`rnida foydalanish mumkin.
«Tom » tormoz suyuqligi. «Neva» tormoz suyuqligini o`rnini bosish uchun ishlab chiqarilgan. Asosiy komponentlari to`yingan glikolli efir, poliefir, borat kislotalari va korroziyaga qarshi qo`shilmalardan iborat. yengil va yuk avtomobillari tormoz tizimlari gidroyuritmalarida ishlatiladi. «Neva» tormoz suyuqligiga nisbatan foydalanish xususiyatlari yaxshi, qaynash harorati nisbatan yuqori. «Neva» tormoz suyuqligi bilan ixtiyoriy nisbatda aralashtirish mumkin.
«Rosa» tormoz suyuqligi. Yangi turdagi avtomobillar, birinchi navbatda VAZ-2108 avtomobili uchun ishlab chiqarilgan. Asosiy komponenti borli efir bo`lib, tarkibida korroziyaga qarshi qo`shilmalar qo`shiladi. Tormoz suyuqligi qaynash harorati 2600C ni tashkil etadi. Suyuqlikni bu xususiyati ushbu suyuqlikdan og`ir ish sharoitlarida ishonchli foydalanishni ta`minlaydi va suyuqlikning ish muddatini uzaytirishga imkon beradi. «Rosa» tormoz suyuqligi «Tom » va «Neva» suyuqliklarini almashtirishi mumkin.
Tormoz suyuqliklarini bir-biridan farqlash qaynash harorati va past haroratlardagi ko`rsatkichlarga asosan belgilanadi. Qaynash harorati bo`yicha eng yaxshi tormoz suyuqligi «Rosa», eng yomon ko`rsatkichga ega bo`lgan suyuqlik esa BSK suyuqligidir. Foydalanish jarayonida glikol asosidagi suyuqliklarning qaynash harorati pasayadi va ikki yil mobaynida ishlatilgandan so`ng suyuqlikni qaynash harorati quyidagicha bo`ladi: «Neva» - 135-1400C , «Tom » - 150-1600C va «Rosa» - 160-1650C. BSK suyuqligini qaynash harorati 1100S. Shuning uchun BSK suyuqligi shoshilinch ravishda tormoz bosiladigan og`ir ish sharoitlarida tormoz tizimini ishonchli ishlashini ta`minlay olmaydi.
Tormoz tizimlarida bug` tiqinlari paydo bo`lishini oldini olish maqsadida ish sharoitidan kelib chiqqan holda tormoz suyuqliklarini almashtirish muddati quyidagicha taviya etiladi: «Neva» - 1-2 yil; «Tom » va «Rosa» - 2 yil.
BSK suyuqligining past haroratlardagi ko`rsatkichlari qoniqarsiz bo`lib, minus 15-170S haroratdayoq kanakunjut moyining kristallari hosil bo`ladi. Haroratning bundan ham pasayishi suyuqlikni tizim bo`ylab harakatlanishiga to`sqinlik qiladi. Minus 200S haroratda BSK suyuqligi yaroqsiz holga keladi. «Neva», «Tom » va «Rosa» suyuqliklaridan minus 40-450C haroratgacha foydalanish mumkin.
Sovuq iqlim sharoitida ishlatiladigan avtomobillar uchun minus 550C haroratdagi qovushoqlik 1500 mm2/s dan kam bo`lmagan maxsus suyuqlik zarur bo`ladi. Bunday suyuqlik bo`lmaganda «Neva» va «Tom » suyuqligiga 15-20 foiz miqdorida etil spirt qo`shib ishlatish mumkin. Hosil bo`lgan suyuqlik minus 600C gacha haroratda ishlatishga yaroqli bo`ladi. Lekin bu aralashma rezina manjetlarning jipsligini ta`minlay olmaydi. Shuning uchun tormoz suyuqligiga spirt aralashtirish majburiy hol hisoblanadi va qish mavsumi tugagandan so`ng aralashmani tizimdan quyib olinishi zarur.
«Neva», «Tom » va «Rosa» suyuqliklari bir-birini almashtirishi mumkin, ularni o`zaro istalgan nisbatda aralashtirish mumkin. Bu suyuqliklarni BSK suyuqligiga aralashtirish mumkin emas, chunki bunda suyuqlik o`z xususiyatlarini yo`qotadi.
«Neva» va «Tom » suyuqliklari xorij texnikalarida qo`llaniladigan halqaro tasniflardagi DOT-3 (qaynash harorati 2050C) suyuqligiga, «Rosa» suyuqligi esa DOT-4 (qaynash harorati 2300S dan yuqori) suyuqligiga mos keladi.
BSK suyuqligi xorijda zamonaviy avtomobillarda qo`llanilmaydi. Ba`zi tormoz suyuqliklarining asosiy xususiyatlari 9.1-jadvalda keltirilgan.


6. Amortizator suyuqliklari


Avtomobillarning gidravlik amortizatorlarida odatda amorizator suyuqliklaridan foydalaniladi.
Avtomobilning amortizatorlari keng ish harorat oralig`ida ishga layoqatli bo`lishi uchun ularga quyiladigan suyuqlik past haroratda (minus 400C dan yuqori emas) qotadigan bo`lishi, qovushoqligi yuqori bo`lmasligi (200C da 30-60 mm2/s; 500C da 10-16 mm2/s; 1000C da 2,5-6 mm2/s), harorat o`zgarishi bilan juda kam o`zgaradigan darajada bo`lishi kerak. Bundan tashqari amortizator suyuqliklarining moylash va korroziyaga qarshi xususiyatlari yaxshi bo`lishi lozim. Shuningdek amortizator suyuqliklarini qovushoqligi yilning sovuq davrida uchraydigan ixtiyoriy haroratlarida 2000 mm2/s dan ortmasligi lozim. Amortizatorlar uchun suyuqlik sifatida yo qovushoqligi kichik bo`lgan neft moyidan (masalan, AU-urchuq moyi) yoki ularning kremniy-organik birikmalari hamda oksidlanishga va yeyilishga qarshilik ko`rsatuvchi qo`shilmalar (masalan, AJ-12T yoki MGP-10 suyuqligi) bilan aralashmalari ishlatiladi.

Download 39,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish