9-ma’ruza: Transport vositalrida qo`llaniladigan maxsus suyuqliklar O´quv moduli birliklari



Download 39,27 Kb.
bet4/9
Sana07.04.2022
Hajmi39,27 Kb.
#534403
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
9-MAVZU(1)

Suvga magnit bilan ishlov berish. Suvni yumshatishda magnit bilan ishlov berish usulidan keng foydalaniladi. Bunda magnitli filtrlardan. Magnitli filtrlar doimiy va elektrik magnitdan iborat bo`lib, qattiq suv magnit qutblar orasidan o`tkaziladi. Magnit kuch chiziqlari kesishganda quyqa hosil qiluvchi tuzlar parchalanadi va cho`kadi. Suv bu cho`kindilardan filtrlash yo`li bilan osongina tozalanadi.
Korroziya va cho`kindi hosil bo`lishiga qarshi qo`shilmalardan foydalanish. Sharoit qattiq suvdan foydalanishni taqazo etsa, shuningdek suvning antikorrozion xususiyatini oshirish uchun sovitish tizimiga quyqalarni eritib yuborish yoki zarralarni yuzalarga o`tirishini oldini oluvchi qo`shilmalar kiritiladi. Bunday moddalar jumlasiga geksametafosfat (5-6 mg/l), trinatriyfosfat (0,2-0,3 mg/l) va xrompik (10-12 mg/l) kiradi.
Quyqalarni tozalash. Quyqani mavsumiy texnik xizmat ko`rsatish vaqtida tozalab turish zarur. Barcha tipdagi dvigatellar uchun bu maqsadda sut kislota (60 g/l), xrompikdan (20 g/l), kaltsinatsialangan soda (100 g/l) va xrompik (2-3 g/l) aralashmasidan foydalanish mumkin. Ishlov berishdan oldin dvigateldan termostat chiqarib olinib, unga eritma quyiladi va 6-8 soat davomida ishlatiladi. So`ng, eritma quyib olinadi va tizim toza suv bilan yaxshilab yuviladi. TSilindrlar bloki cho`yan kallakka ega bo`lgan dvigatellar uchun texnik xlorid kislotaning kuchsiz (3-5 foizli) eritmasidan ham foydalanish mumkin. Eritmani quyishdan oldin termostat olib qo`yiladi. Taxminan 1 soat vaqt o`tgandan so`ng dvigatel 5 minut davomida ishlatiladi, undagi eritma bo`shatib olinadi va sovitish tizimi suv bilan yaxshilab yuviladi.
4. Past haroratda muzlaydigan suyuqliklar
Yilning sovuq mavsumida muzlash harorati past bo`lgan suyuqliklar- antifrizlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Bu suyuqliklar etilenglikol (C2N4(ON)2) bilan tarkibida korroziyalanishga hamda ko`pik hosil bo`lishiga qarshi qo`shilmalar bo`lgan suv aralashmasidan iborat. Etilenglikol qovushoqligi 25 mm2/s bo`lgan rangsiz yoki sarg`ish rangdagi suyuqlik bo`lib, uni 200C haroratdagi zichligi 1,11 g/sm3, qaynash harorati 197,50C va muzlash harorati minus 11,50C. U suv, atseton, turli spirtlar bilan yaxshi aralashadi va neft mahsulotlarida erimaydi. Etilenglikol suv bilan aralashtirilganda hosil bo`lgan aralashmaning muzlash harorati har ikkala tashkil etuvchinikidan (etilenglikol va suv) past bo`ladi.
Etilenglikolning suvdagi eritmasini, eritma tarkibidagi suv miqdoriga bog`liq. Suvdagi eritmasini eng past muzlash harorati minus 750C ga to`g`ri keladi. Bu aralashmaning 33,3 foizi suv va 66,7 foizi etilenglikoldan iborat bo`ladi. Suv va etilenglikolning har qanday boshqa nisbatlarida aralashmaning muzlash harorati bundan yuqori bo`ladi. Diagrammadan foydalanib ma`lum ish sharoiti uchun aralashma tarkibini qanday nisbatda bo`lishi lozimligini aniqlab olish mumkin.
Sovitish tizimida past haroratda muzlaydigan sovituvchi suyuqliklar(antifrizlar)dan foydalanishning quyidagi afzalliklari mavjud: muzlash harorati past, qaynash harorati yuqori, qovushoqlik xossalari yaxshi, yonmaydi, issiqlik sig`imi va issiqlik o`tkazuv-chanligi ancha yuqori, muzlaganda hajmi kattalash-maydi.
Etilenglikolning suvdagi eritmalari po`lat, mis, alyuminiy va ularning qotishmalarini kuchli korroziyalash xususiyatiga ega. Shuning uchun 1 l antifriz tarkibiga 2,5-3,5 g dinatriyfosfat (Na2HPO4) va 1 g dekstrin qo`shiladi. Dinatriyfosfat po`lat va cho`yanni korroziyalanishini kamaytiradi, dekstrin, mis, alyuminiy va ularni qotishmalaridan tayyorlangan detallar yuzasida esa parda hosil qilib, ularni korroziyalanishdan himoyalaydi. Ruxdan tayyorlangan detallarni qo`shimcha himoyalash talab etiladi, buning uchun antifriz tarkibiga 7,5-8 foiz miqdorida molibden oksidli natriy (Na2MoO4) qo`shiladi va antifriz markasida «m» harfi bilan ifodalanadi.
Etilenglikolli suyuqliklarni hajmiy kengayish koeffitsientini ancha kattaligi (6-8 foizgacha) sovitish tizimiga suyuqlik kamroq (sig`imining 92-94 foiz qismigacha) quyilishini taqazo etadi.
Antifrizlarning ikki turi: tosollar (Tosol A, Tosol A-40 va Tosol A-65) va past haroratda muzlaydigan 40 va 65 markali suyuqliklar ishlab chiqariladi.

Download 39,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish