9.2. Neftni turg`unlashtirish
Neftni gazsizlantirish deganda normal sharoitda gaz holatida bo`lgan neft
tarkibidagi yengil uglevodorodlarni ajratib olish va ularni neft –
kimyo sanoatiga
ishlatish uchun abyuborish tushuniladi. Neft tarkibidagi yengil uglevodorodlarni
ajratish (separatsiya) va rektifikatsiya usullari yordamida amalga oshiriladi. Ajratish
usulida neft aralashmalarini bir yoki bir necha bor bug`latish
va bosimini
kamaytirish natijasida undan yengil uglevodorodlarni va ular bilan birga boshqa
gazlarni ajratiladi.
Rektifikatsiya usulida neftni bir yoki bir necha
bor qizdirish va sovutish
(kondensatsiyalash) natijasida undan aniq uglevodorod fraktsiyasi olinadi. Kon
maydonida neftni turg`unlashtirish ajratish usulida amalga oshiriladi.
Yuqori bosimdagi neft oqimi ajratgichga tushganda, uning bosimi kamayadi.
Natijada yuqori bosimda suyuq holatda bo`lgan yengil uglevodorodlar gaz holatiga
o`tib, suyuq neftdan ajraladi.
9.3.Neftni qatlam suvi va mineral bug`lardan tozalash.
Neft va suv aralashmasi emulsiya ko`rinishida bo`ladi. Ularning
aralashmadagi hajm miqdoriga ko`ra neftning suvdagi emulsiyasi (n/s) yoki suvning
neftdagi (s/n) emulsiyasi hosil bo`lishi mumkin. Asosan amaliyotda (0,5x) suvning
neftdagi (s/n) emulsiyasi hosil bo`ladi.
Hosil bo`lgan neft – suv emulsiyasi turg`un holatda bo`lib, ularni turg`unligini
buzush va ajratish uchun emulsiya tarkibiga deemulgatorlar (emulsiyani
parchalovchi kimyoviy moddalar) qo`shiladi.
Hosil bo`lgan va hosil bo`layotgan emulsiyani buzishda diemulgator sifatida
emulgatorlarga nisbatan aktiv bo`lgan SFM (sirt faol modda) lardan foydalaniladi.
Emulsiyani buzish uchun qo`llaniladigan demulgatorlarni
ikki guruhga
ajratamiz. Ionagen va ionagen bo`lmagan moddalar.
3
Birinchi guruhga kam samarali deemulgatorlar, NCHK (neytralizovanny
cherny kontakt) va NKG (neytralizovanny kisly gudron) bular hozirgi kunda ishlab
chiqarilmaydi.
Ionagen bo`lmagan deemulgatorlarga diproksamin – 157, proksamin – 385,
dissolvan – 4411, siparol, poliakrilamidlar kiradi.
Neftni suvsizlantirish mexanik, termik, kimyoviy, filtrlash, issiqlik kimyoviy
emulsiyani parchalash, elektrik usullari yordamida amalga oshiriladi.
Mexanik usul: bu tindirishga asoslangan bo`lib,
u tindiruvchi qurilmalarda
olib boriladi. Neft – suv aralashmasi tindiruvchi qurilmaga yig`iladi va u yerda
ajralish sodir bo`ladi, ya‘ni neft suvdan yengil bo`lganligi uchun aralashma yuziga
ajralib chiqib neft qatlami hosil bo`ladi. Hosil bo`lgan neft va suv qatlamlari alohida
ajratib olinadi.Issiqlik usulda – tindirishgacha bo`lgan davrda, aralashma qizdiriladi
yoki issiqlik bilan ishlanadi. Bunda suv zarrachalarining yuza ta‘sirining
mahkamligi kamayib, neftning qovushqoqligi pasayadi.
Natijada suv zarrachalari
kattalashib, cho`kish tezligi oshadi.
Kimyoviy usuli asosiy usullardan bo`lib, bunda tindirish jarayonigacha neft –
suv aralashmasining tarkibiga deemulgatorlar qo`shiladi. Qo`shilgan deemulgatorlar
turg`un neft – suv emulsiyasini parchalaydi. Natijada tindirish qurilmalarida neft va
suvning ajralishi uchun sharoit yaratiladi. Issiqlik kimyoviy deemulsiya usulida neft
– suv aralashmasi tarkibiga deemulgatorlar qo`shish bilan birga, ular issiqlik bilan
ham ishlanadi. Bunda suv tomchilarining sirt yuza ta‘siri kuchlari kamayib,
emulsiya turg`unlari buziladi. Bu o`z navbatida tindirish jarayonida suv va neftning
ajralish jarayonini yuqori darajada sodir bo`lishiga olib keladi.
Nazorat savollari:
1. Neftni kompleks tayyorlash qurilmasida qanday ishlar amalga oshiriladi?
2. Neftni turg`unlashtirish deganda nimani tushunasiz?
3. Rektifikatsiya jarayonini izohlab bering.
4. Neftni suvsizlantirish qanday usullarda amalga oshiriladi?
5. Issiqlik va mexanik usulda neftni tozalash.
6.
Neft va gazni konlarda tayyorlash uchun qanday asbob-uskunalardan
foydalaniladi va bu asbob – uskunalar nima vazifalarni bajaradi?