Ma`lumki, hozirgi kunda ko`pgina axborot tizimlar, platformalar, shuningdek, veb saytlar veb dasturlashtir va texnologiyalar bilanishlab chiqiladi va Internet tarmog`iga qo`yiladi. Odatda veb dasturchilar Internetga veb axborot tizimlarini joylashtirishdan oldin, uni loyihasini, MB tuzilmalarini va saxifalovchi kodlarini lokal serverida ishlab, testlan o`tkazib olishadi.
Lokal serverni o`rnatish uchun albatta server texnologiyalari: Apache, PHP, MySQL kerak bo`ladi. Ularni alohida olib o`rnatib chiqish mumkin, lekin bu dasturchi uchun ortiqcha qiyinchilik va vaqtni oladi. Bularning tayyor yechimlari orasida eng ommalashgan bopi DENWER hisoblanadi. Lekin, DENWER zamonaviy talablarga uncha mos kelmaydi. Shuning uchun Open Serverdan foydalanish tavsiya etiladi. Open Serverda veb texnologiyalarning eng so`nggi versiyalari o`rnatilgan bo`ladi va unda tashqari qo`shimcha imkoniyatlar, kengaytirilgan sozlamalar, qo`shimcha modullar ham mavjud.
Shuni esda tutish lozimki, har qanday veb axborot tizimida MB bilan ishlash uchun oldindan veb senariy (PHP tilida) ishlab chiqiladi. Bunda veb sahifadagi havola bosilganda mijoz brauzeri veb serverga so`rov yuboradi. So`rov yuborish POST yoki GET metodlaridan birortasi orqali amalga oshiriladi. Mizojdan yuborilgan so`rovni server tomonida qayta ishlab, yana mijozga qaytarish qo`p bosqichli
Umumiy holda veb sahifalarning veb serverlar orqali MBga murojaat qilishi bo`yicha namunaviy tuzilmasi quyida keltirilgan:
Brauzer adres qatoriga veb sahifa manzilini kiritish.
Brauzer manzilni ajratadi va sahifa nomini veb serverga jo`natadi
Xostdagi veb server index.php sahifasini so`rov uchun qabul qiladi
Veb-server xostning qattiq diskidan index.php faylini o`qiydi
Veb-server uni oddiy HTML fayl emas, balki PHP stsenariy ekanligini aniqlaydi va uni boshqa jarayon – PHP interpretatorga qayta ishlash uchun jo`natadi
PHP interpretator veb server jarayonidan qabul qilingan matnda topilgan PHP-kodni bajaradi. Bu kod MySQL MBga murojaatni o`z ichiga oladi.
PHP interpretatori MySQL MBga so`rov yuboradi
MySQL MB so`rov natijasini qaytaradi.
PHP interpretator PHP-kodni bajarishni yakunlaydi, MBdan qabul qilingan ma`lumotni qo`shadi va natijani veb server jarayoniga qaytaradi.
Veb-server brauzerga natijani HTML matn ko`rinishida qaytaradi.
Veb-brauzer kompyuteringiz ekranida veb sahifaning tashqi ko`rinishini qabul qilingan HTML matnga mos ravishda shakllantiradi
Quyida PHP interpretatori MySQL MB bilan ishlash buyruqlari batafsil keltiriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |