ADO.NET – ActiveX Data Objects texnologii NET (NET texnologiyasi ActiveX ma`lumotlar ob`ekti)
JDBC – Java Database Connectivity (Java da MBga ulanish)
ODBC (Microsoft) – relyatsion MB bilan o`zaro ta`sir mexanizmi. MBga kirishni ta`minlash uchun MBBTning mijoz qismi talab qilinadi1. Ushbu MBBTga kirish uchun ODBC drayveri va uni kompyuterga mos ODBC sozlash (odatda drayver, foydalanuvchi, MB nomi, paroli va ba`zi drayverlar) zarur. Drayver ilova bajarilganda ilova bajariluvchi manzilli muhitga yuklanadi va MBga kirish uchun ishlatiladi. Har bir MB o`zining ODBC drayveridan foydalanadi. ODBC API standartlashtirilgan.
OLE DB (Microsoft) - SOM-interfeysi asosida turli xil ma`lumot manbalari bilan ishlash mexanizmi (ODBC faqat relyatsion MB bilan ishlaydi). OLE DB SOM-interfeyslar (Component Object Model) to`plamini belgilaydi, jumladan, turli xizmatlarning turli xil ma`lumotlarga (norelyatsiln MB kabi elektron pochta tizimi papkalari yoki oddiy fayllar) bir turdagi kirishlarni, ierarxik yozuvlar to`plami va ma`lumotlar to`plami bilan ishlashni qo`llab-quvvatlashni va tarmoqqa beqaror ulanishni ta`minlaydi. MBga kirishda MBBT uchun OLE DB provayderini o`rnatish talab etiladi (ilova bajarilayotgan manzilli muhitga MBBT DLL yuklanadi). Bundan tashqari firma MBBTning mijoz qismi API orqali emas, balki ODBC API interfeysi orqali ishlaydigan maxsus provayder (Microsoft OLE DB Provider for ODBC Drivers) ishlab chiqqan.
ADO (Microsoft) - OLE DB ning takomillashtirilgani (OLE DB kutubxonasidan foydalanadi), ma`lumotlarga kirish interfeysni amalga oshiruvchi COM-ob`ektlarini qamrab oluvchi qo`shimcha kutubxonalar to`plami. Bu kutubxona to`plami dastlab Microsoft ning ikki ob`ektli texnologiyasni o`z ichiga oladi: Data Access Objects (DAO) va Remote Data Objects (RDO), ya`ni mos ravishda MBga lokal va uzoqdan kirish mexanizmi. Yagona texnologiyani yaratish talabidan kelib chiqib, MB bilan ishlashning yagona yondoshuvini hamda ma`lumotlarga lokal va uzoqdan kirishning yagona interfeysi ta`minlash maqsadida ADO texnologiyasi paydo bo`lgan. Shuningdek, OLE DB texnologiyasi asosida ADO har tomonlama qo`llab-quvvatlovchi va har qanday MB bilan ishlashga imkon beradi.
BDE (Borland) – ma`lumotlarga kirishning universal mexanizmi bo`lib, u ikkita drayver-kutubxona guruhiga asoslangan: SQL Links – MBBT serveri uchun hamda ODBS Links – serverli va avtonom MBBT uchun). Bu kutubxonalar dBase, Access, FoxPro, ODBC-manbalari, shuningdek, ko`pchilik MBBT serverlaridan ma`lumotlarga kirish uchun standart funksiyalar to`plamidan foydalanishgan imkon beradi. BDE vizual muhitning komponentalar darajasida
ADO.NET (Microsoft) - three-tier (ko`pyarusli arxitektura) MB bilan ishlash texnologiyasi. Bunda MBga ulanish MB bilan ishlash davrida amalga oshiriladi. Bu texnologiyaning paydo bo`lishi Internet server MB kabi MBga kirishlar sonining ortishi vako`p hajmdagi faol kirishlarning qo`llab-quvvatlanmaslik muammolaridan kelib chiqqan. ADO.NET texnologiyasi shu kabi muammolarni hal qilish hamda dasturlashning soddaligi va qulayligini ta`minlashga qaratilgan.
JDBC – Java dasturini MB bilan bog`lash uchun foydalaniladigan drayver. JDBC Driver platformaga bog`liq bo`lmagan, turli MB bilan bog`lanish imkonini beradigan, JavaSE da java.sql paketi tarkibiga kiritilgan standart drayver hisoblanadi.