b) Ikki bosqichli sanoat korxonasini gazlashtirish (markaziy GTPli chizma): 1-sanoat korxonasining tarmoq quyidagi zulfin; 2-sexlararo gaz quvuri; 3-korxonaning markaziy GTPsi; 4-sexga kirishdagi zulfin; 5-sex GTQsi; 6-sex ichidagi gaz quvuri; 7-agregat oldidagi asosiy zulfin; 8-chiqarib tashlash quvuridagi jo‘mrak; 9-chiqarib tashlash quvuri; 10-gaz namunasini olish uchun jo‘mrak va shtutser. Bu GTP da bosim sex №2ning va №4 ning agregatlari uchun zarur bo‘lgan o‘rtacha bosimgacha pasaytiriladi. Sex №1 va №3 larning agregatlari past bosimda ishlaydi. Shuning uchun bu sexlarda GTKlar o‘rnatilgan bo‘lib, bularda kerak bo‘lgan past bosimgacha gaz bosimi tushiriladi.
Markaziy gaz sarfini o‘lchash punkti zavodning markaziy GTPsida joylashgan. Bunday sanoat gazlashtirish tizimi sexlari bir-biriga yaqin, hududi juda katta bo‘lmagan va agregatlarning gaz ishlatish tartibi bir tekis bo‘lgan sanoat korxonalari uchun maqbuldir.
Ikkinchi variant (9.1-d rasm). Bunday tizimda sanoat korxonasi shahar o‘rtacha bosim
gaz quvuri ulangan. Bu gaz quvuri har bir sexga kiritiladi va har bir sexda o‘zining GTQsi o‘rnatilgan bo‘lib, bu GTQda gaz bosimi shu sex agregatlari uchun zarur bo‘lgan bosimgacha pasaytiriladi. Gaz sarfi zavodning markaziy gaz sarfini o‘lchash punktida (GSO‘P) va har bir sexda o‘lchanadi.
Sex ichidagi gaz quvurlari asosan boshi berk tizim tarzida loyihalashtiriladi. Halqasimon sex ichidagi gazlashtirish tizimlari faqat mas’uliyati katta bo‘lgan sexlarda qo‘llanadi. Gaz quvurining sexga kirish joyida zulfin va manometr o‘rnatiladi. Sex ichidagi gaz quvurining oxirida chiqarib tashlash quvuri o‘rnatiladi. Sexdagi gaz sarfini o‘lchash uchun o‘lchov asbobi o‘rnatiladi. Agar sexda GTQ bo‘lsa, gaz sarfini o‘lchash punkti shu GTQ tarkibida bo‘lishi mumkin. Gazning sarfi parallel o‘rnatilgan ikkita gaz o‘lchash asbobi bilan o‘lchanadi. Isitish qozonxonalarini gazlashtirish Isitish qozonxonalarini qattiq yoqilg‘idan gaz bilan ishlashga o‘tkazish uchun qozonxonaga gaz quvuri o‘tkazish va uni shahar tarmog‘iga ulash, avomatik boshqarish jihozlari va gorelkalaro‘rnatish kerak. Gazlashtirilgan qozonxonalar qo‘shni xonalardan yonmaydigan devor bilan ajratilish yoki xonadon va boshqa xonalarga bog‘liq bo‘lmagan eshigi bo‘lishi kerak. Bunday qozonxonalarda bo‘limli cho‘yan qozonlardan foydalaniladi. Qozonni qattiq yoqilg‘idan gaz bilan ishlashga o‘tkazish uchun pastki eshigi olib tashlanadi va o‘rniga gorelka mahkamlanadigan plita o‘rnatiladi. Gaz bilan ishlaydigan qozonlarda quyidagi avtomatika jihozlari va nazorat o‘lchash jihozlari bo‘lishi lozim: har bir qozon yoki agregatdagi va lozim bo‘lsa, gorelka oldidagi gaz bosimini o‘lchaydigan jihoz; gorelkalar va ventilyator havo yo‘lidagi havo bosimini o‘lchaydigan jihoz; o‘txona yoki borov shiberigacha siyrapklanishni o‘lchaydigan jihoz. Avtomatika jihozlari gaz bosimi normaldan og‘ganda, asosiy gorelkalarning alangasi o‘chib qolganda, dudburon yaxshi tortmaganda, shuningdek, havo majburan yuboriladigan gorelkalar bilan jihozlangan qozonlarga havo berish to‘xtaganda gaz berilishini o‘z-o‘zidan to‘xtatadi.