9-MA’RUZA Mavzu: Sanoati va kommunal-maishiy korxonalarning gaz tizimlari Reja: 9.1. Sanoat gaz ta’minoti tizimlarining qurilmalari va ularning sinflari 9.2. Bir bosqichli sanoat gazlashtirish tizimlari 9.3. Ikki bosqichli sanoat gazlashtirish tizimlari 9.4. Istish qozonxonalarini gazlashtirish Sanoat va kommunal-maishiy korxonalar, asosan, o‘rtacha yoki yuqori bosimli gaz quvurlariga ulanadi. Bunday korxonalarning soatlik gaz iste’moli ko‘p bo‘lganligi sababli ularga past bosimda gaz berish uchun katta diametri quvurlar o‘rnatish kerak bo‘ladi. Bu esa katta mablag‘ talab qiladi. Bundan tashqari, ko‘pchilik sanoat pechlari o‘rtacha bosimda ishlovchi gaz yondirgichlar bilan jihozlangan bo‘ladi. Agar kichik korxona bo‘lsa va undagi soatlik gaz sarfi 50-1503/soatdan oshmasa, uni iqtisodiy asoslab berilsa, bunday korxonalarni past bosimda ham ulash mumkin. Bu kam uchraydigan holdir. Katta iste’molchilar: TES, GRES va kimyokombinatlar maxsus gaz quvuri yordamida magistral gaz quvuriga ulanish mumkin. Sanoat korxonalarining gaz quvurlari quyidagi qismlardan iborat bo‘ladi: 1) korxona hududiga gaz quvuri; 2) sexlararo gaz quvuri; 3) sex ichidagi gaz quvuri; 4) korxona GTPsi; 5) gaz sarfini o‘lchash punkti; 6) gaz ishlovchi agregatlarning gaz quvurlari. Shahar gaz quvuridan korxonaga tarmoq gaz quvuri orqali hamda kiritish gaz quvuri orqali gaz beriladi. Kiritish gaz quvurida korxona hududiga kirmasdan, uning devoridan 2 m kam bo‘lmagan masofa asosiy zulfin o‘rnatiladi. Sanoat korxonalari asosan boshi berk tizimlar yordamida gazlashtiriladi va ular hududiga bitta kiritish gaz quvuri orqali gaz beriladi. Faqat yirik gaz iste’moliga ega bo‘lgan va gaz berishni to‘xtatish mumkin bo‘lmagan issiqlik elektr stansiyalari (GRES) issiqlik-elektr markazlariga (TES), kimyo kombinatlariga va boshqalarga gaz bitta yoki ikkita kiritish gaz quvurlari orqali beriladi va ular hududida halqasimon gazlashtirish tizimlari qo‘llanadi chunki bunday gazlashtirish tizimlarining ishonchlilik darajasi yuqori bo‘lishi kerak. Korxona gaz quvurlarini o‘tkazish usullari ular sexlarining o‘zaro joylashishiga, korxona hududining katta-kichikligiga va bu hududda joylashgan boshqa inshootlarning turi, soni va zichligiga bog‘liqdir. Sexlararo gaz quvurlarini asosan yer usti usulida o‘tkazilib, ularni nazorat qilish oson. Agar ulardan gaz chiqa boshlasa gaz atmosferaga tarqalib, binolar ichiga xavfi kamroq bo‘ladi. Bundan tashqari, bunday gaz quvurlarida korroziya deyarli bo‘lmaydi. Sexlararo gaz quvurlarining oxirgi bo‘ladi chiqarib tashlash quvuri bilan ta’minlangan bo‘ladi. Ba’zan korxonalarda markaziy GTP quriladi va unda gaz bosimi korxona uchun kerak bo‘lgan dajagacha pasaytiriladihamda ularda markaziy gaz sarfini o‘lchash punkti (GSO‘P) ham joylashtiriladi. Har bir sexga kirish joyida gazni bekitish uskunalari (zulfin yoki jo‘mraklar) o‘rnatiladi. Sex ichidagi gaz quvurlari bino devorlari bo‘ylab yoki kolonnalardan boshi berk tizim tarzida o‘tkaziladi. Agar yuqori mas’uliyatli sexlar bo‘lsa, unda halqasimon tizimni qo‘llash mumkin. Sex ichidagi gaz quvuridan gazda ishlovchi har bir agregatga gaz berish quvurida gazni yopish uchun asosiy zulfinlar o‘rnatiladi. Sex ichidagi gaz quvurining oxirgi bo‘lagi chiqarib tashlash quvuri bilan tugallanadi. Sanoat korxonalarining gazlashtirish tizimlari bir-biridan ularga qabul qilingan sexlararo, sex ichi gaz quvurlaridagi va qo‘llanayotgan yondirgichlar oldida kerak bo‘lgan gaz bosimiga hamda GTP va GTQlarning joylashishiga qarab farq qiladi. Biror korxona uchun qandaydir sxema qabul qilish uchun korxona ulanayotgan shahar gaz quvuridagi bosim, yondirgichlar uchun kerak bo‘lgan bosim, sexlarning o‘zaro joylashishi va ulardagi gaz sarfi, tizimni ishlatishning qulayligi va iqtisodiy masalalar ko‘rib chiqilishi kerak. Sanoat korxonalarning gazlashtirish tizimlari bir bosqichli va ikki bosqichli bo‘lishi mumkin