Quvurli birikmalar. Quvurli birikmalar isitish, ventilyatsiya
(shamollatish), suv va gaz ta’minoti, mashinalarni moylash kabi tizimlarning armaturalari (o‘rnatish qismlari) da keng tarqalgan. Truboprovodning o‘tish yuzasini, shuningdek unda harakatlanayotgan muhit (suyuqlik, gaz, bug‘) ning yo‘nalishini o‘zgartirishga xizmat qiladigan har xil qurilmalarga armatura deyiladi. O‘tish yuzasini o‘zgartirish korpusda zatvor (zulfin) ning surilib, o‘tish yo‘lini berkitishi orqali amalga oshiriladi.
Zatvorning harakatlanish xarakteriga bog‘liq holda truboprovod armaturalari quyidagi turlarga bo‘linadi:
K r a n - o‘zining o‘qi bo‘ylab aylanma harakatlanadigan tiqin (1:7 konuslikli) zatvor vazifasini bajaradi (4.34-shakl, a). Kranning vaziyati (ochiq yoki berk) tiqinning oxiridagi ko‘ndalang tarafidagi maxsus chiziqchaga qarab aniqlanadi. Yig‘ish chizmalarida kran ochiq vaziyatda tasvirlanadi;
Z a d v i j k a (surma klapan) - disk yoki o‘tish o‘qiga perpendikulyar yo‘nalishda ilgarilanma-qaytma harakatlanadigan pona (1:20 konuslikli) zatvor vazifasini bajaradi (4.34-shakl, b). Yig‘ish chizmalarida berk vaziyatda tasvirlanadi.
V e n t i l - o‘tish o‘qi bo‘ylab ilgarilanma-qaytma
harakatlanadigan zolotnik (taqsimlovchi klapan) zatvor vazifasini bajaradi (4.34-shakl, d). Yig‘ish chizmalarida berk vaziyatda tasvirlanadi.
Quvurlarning rezbali birikmalarida biriktiruvchi qismlar - fitinglar (muftalar, burchakliklar, troynik (uchtalik) lar, krestlar va h.) ko‘p qo‘llaniladi (4.35-shakl).
Suv va gaz ta’minoti tizimlarida rux bilan qoplangan yoki rux qoplanmagan uchlarida silindrik rezbali po‘lat quvurlar ko‘p qo‘llaniladi. Keyingi yillarda po‘lat quvurlar o‘rniga turli kompozitsion materiallar, jumladan plastik quvurlar ommalashib bormoqda. Bu quvurlarning armaturalarida rezbali birikmalar bilan bir qatorda payvandlash yo‘li bilan ham birikmalar tuziladi. Biz quyida po‘lat quvurli birikmalarning chizmada tasvirlanishiga doir ma’lumotlarni ko‘rib chiqamiz.
Quvur devorining qalinligiga qarab ular oddiy, kuchaytirilgan va yengil turlarga bo‘linadi.
4.34-shakl. Truboprovod armaturalarining turlari:
a) - kran; b) - zadvijka; d) - ventil
4.35-shakl. Fitinglar
Misol uchun biz DST 3262-75 bo‘yicha suv va gaz ta’minotida qo‘llaniladigan quvurlarni ko‘rib chiqamiz.
Quvurlarni belgilashda shartli o‘tish deb nomlanadigan teshik diametrining o‘lchamidan foydalanish qabul qilingan. Belgilangan tashqi diametrli shartli quvur teshigining diametriga shartli o‘tish deyiladi. Standartlarda shartli o‘tish o‘lchov birligiga ega emas deb hisoblash qabul qilingan va u taxminan quvur diametriga teng deb hisoblanadi. Quvur teshigining haqiqiy diametri uning devori qalinligiga bog‘liq bo‘ladi. tashqi diametri bir xil bo‘lgan quvurlar devorlarining qalinliklari har xilda bo‘lishi ham mumkin. DST 28338-89 bo‘yicha shartli o‘tish diametri DN bilan belgilangan, lekin ushbu standart joriy qilingunicha foydalanib kelingan Du ham belgilashlarda ishlatiladi. Masalan, 200 mm ga teng shartli o‘tish DN 200 yoki Du 200 kabi belgilanadi. Bunday belgilashlar quvurlar va shu quvurlarga mo‘ljallangan armaturalar uchun qabul qilingan bo‘lib, ularning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini ko‘rsatadi.
Quvurlarni o‘zaro biriktirishda standart biriktirish detallari - fitinglar (muftalar, burchakliklar, troynik (uchtalik) lar, krestlar) qo‘llaniladi (4.35-shaklga qarang). Birikmaning zarur bo‘lgan jipsligi silindrik quvur rezbasi yordamida ta’minlanadi, benzoprovodlarda esa - profili 600 bo‘lgan konik metrik va mayda qadamli metrik rezbalar ishlatiladi.
Fiting, quvur va sgonlarning o‘lchamlari 4.4-jadvalda keltirilgan.
Quvur va fitinglarning o‘lchamlari biriktiriladigan quvurlarning shartli o‘tish diametri - quvur ichki diametriga teng Du bilan aniqlanadi.
Mufta va uchtalikli birikmalarda kontrgaykalar ishlatilishi kerak. Bunda kontrgayka tarafidan sgon deb ataladigan kalta po‘lat quvur olinadi. Sgonlar quvurlardan DST 3262-75 bo‘yicha tayyorlanadi. Sgonning bitta uchidagi rezbaning uzunligi quvurdagi qisqa rezba uzunligiga teng bo‘ladi. Ikkinchi uchidagi rezba taxminan besh marta uzun bo‘ladi. Bu uchi bilan sgon konrgayka tarafdan fitingga burab mahkamlanadi.
Birikmaning konstruksiyasi quvur va fiting o‘qi orqali o‘tuvchi tekislikda bajarilgan qirqimda ko‘rsatiladi va birikma o‘qiga perpendikulyar kesuvchi tekislikda olingan qirqim bilan to‘ldiriladi (4.36-shakl).
Quvurli rezba belgilanishida tashqi diametrning nominal o‘lchami ko‘rsatilmasdan uning chiqarish chizig‘ining tokchasiga qo‘yiladigan faqat shartli belgilanishi ko‘rsatiladi. Bunda belgilash rezbaning diametriga emas, uning konturiga tegishli bo‘ladi.
Shartli o‘tish Du, mm
|
Rezbaning dyuymlar- dagi bel- gilanishi
|
Diametrlar, mm
|
Devorning qalinligi, mm
|
Uzunlik
L, mm
|
Uzunlik L, mm
|
Rezba uzunligi, mm
|
Qovurg‘a va bo‘rtik, mm
|
Faska c, mm
|
d
|
d1
|
d2
|
S
|
S1
|
S2
|
Burchaklik va uchtaliklar
|
Mufta
|
l
|
l1, quvurda
|
l1, sgonda
|
h
|
b
|
b1
|
b2
|
IUOS
JP|P,§jnAO^)
|
|
uzun
|
qisqa
|
Qisqa
|
Uzun
|
|
|
|
|
|
|
|
15
|
V
|
20,956
|
18,632
|
21,5
|
2,8
|
4,2
|
2,8
|
28
|
36
|
28
|
12,0
|
9,0
|
14
|
50
|
2,0
|
3,5
|
2,0
|
4,0
|
2
|
2,0
|
20
|
%
|
26,442
|
24,119
|
27,0
|
3,0
|
4,4
|
2,8
|
33
|
39
|
31
|
13,5
|
10,5
|
16
|
54
|
2,5
|
4,0
|
2,0
|
4,0
|
2
|
2,0
|
25
|
1
|
33,250
|
30,292
|
34,0
|
3,3
|
5,2
|
3,2
|
38
|
45
|
35
|
15,0
|
11,0
|
18
|
62
|
2,5
|
4,0
|
2,5
|
4,5
|
4
|
2,5
|
32
|
1 %
|
41,912
|
38,954
|
42,5
|
3,6
|
5,4
|
3,2
|
45
|
50
|
39
|
17,0
|
13,0
|
20
|
68
|
3,0
|
4,0
|
2,5
|
5,0
|
4
|
2,5
|
40
|
1 V
|
47,805
|
44,847
|
48,5
|
4,0
|
5,8
|
3,5
|
50
|
55
|
43
|
19,0
|
15,0
|
22
|
75
|
3,0
|
4,0
|
3,0
|
5,0
|
4
|
2,5
|
50
|
2
|
59,616
|
56,659
|
60,5
|
4,5
|
6,4
|
3,5
|
58
|
65
|
47
|
21,0
|
17,0
|
24
|
86
|
3,5
|
5,0
|
3,0
|
6,0
|
6
|
2,5
|
65
|
2 V
|
75,187
|
72,230
|
76,0
|
4,5
|
6,4
|
4,0
|
69
|
74
|
53
|
23,5
|
19,5
|
27
|
98
|
3,5
|
5,0
|
3,5
|
6,5
|
6
|
2,5
|
80
|
3
|
87,887
|
84,930
|
89,0
|
4,5
|
6,5
|
4,0
|
78
|
80
|
59
|
26,0
|
22,0
|
30
|
106
|
4,0
|
6,0
|
4,0
|
7,0
|
6
|
2,5
|
Qisqa mufta DST 8954 • 75
Uzun mufta DST 8955 - 75
4.36-shakl. Quvur birikmalarning chizmada tasvirlanishi
DST 3262-75 bo‘yicha quvurlarni belgilanishida shartli o‘tish Du va quvur qoplamasi haqidagi ma’lumotdan tashqari rezba mavjudligi haqida ma’lumot (R harfi), quvur devorining qalinligi va millimetrlardagi o‘lchov uzunliklari ham ko‘rsatiladi. Rux bilan qoplanish S harfi bilan belgilanadi. Uzun rezbali quvurlarda “Quvur” so‘zidan keyin R harfining o‘rniga D harfi qo‘yiladi.
Mis o l. Rux bilan qoplangan, uzunligi o‘lchanmagan, shartli o‘tishi 20 mm va rezba (qisqa) li devorining qalinligi 2,8 mm bo‘lgan oddiy quvurning shartli belgilanishi:
Quvur S-R-20x2,8 DST 3262-75
M i s o l l a r: Du = 40 mm bo‘lgan rux bilan qoplanmagan biriktiruvchi detallarning shartli belgilanishi:
Burchaklik 40 DST 8946-75
Uchtalik 40 DST 8948-75
Qisqa mufta 40 DST 8954-75
Uzun mufta 40 DST 8955-75
M i s o l l a r. Du = 40 mm bo‘lgan rux bilan qoplangan biriktiruvchi detallarning shartli belgilanishi:
Burchaklik 0-40 DST 8946-75
Uchtalik 0-40 DST 8948-75
Qisqa mufta 0-40 DST 8954-75
Uzun mufta 0-40 DST 8955-75
Misol. Rux bilan qoplangan shartli o‘tishi 25 mm bo‘lgan sgonning shartli belgilanishi:
Sgon 25-S DST 8969-754
SHLITSALI BIRIKMALAR
Val bilan birgalikda yaxlit shaklda bajarilgan ko‘p shponkali birikmalarga shlitsali birikmalar deyiladi. Bu birikmalar shponkali birikmalarga o‘xshash bo‘lib, shponka vazifasini bajaradigan chiqiqlarining soni ko‘pligi sababli vtulka va val aniq markazlanadi hamda, katta bo‘lgan burovchi momentlarni uzatishi mumkin (4.37- shakl). Shlitsali birikmalar shponkali birikmalar kabi burovchi momentni uzatishda, shuningdek, val o‘qi bo‘ylab detallarni ko‘chirishda foydalaniladi. Ular avtotraktor, aviatsiya va stanoksozlik sanoatida keng qo‘llaniladi.
4.37-shakl. Shlitsali birikma
Chiqiqlarining ko‘ndalang kesimi shakliga qarab shlitsali birikmalar to‘g‘ri yoqli profilli (4.38-shakl, a), evolventasimon profilli (4.38-shakl, b) va uchburchak profilli (4.38-shakl, d) turlarga bo‘linadi.
4.38-shakl. Shlitsali birikma profilining tasvirlari:
a) - to‘g‘ri yoqli; b) - evolventasimon; d) - uchburchak
DST 1139-80 bo‘yicha bajariladigan to‘g‘ri yoqli shlitsali birikmalar ko‘p qo‘llaniladi. Ushbu standartda birikma elementlarining o‘lchamlari, ularning chegaraviy chetga chiqishlari va shartli belgilanishlari keltirilgan.
To‘g‘ri yoqli birikmalar tishlari (shlitsalari) ning soni z, shuningdek, kichik diametri d, katta diametri D va tishning eni b ning o‘lchamlari bilan xarakterlanadi (4.39-shakl, a).
Shlitsali birikmalarni tasvirlashda qo‘llaniladigan shartliliklar DST 2.409-74 tomonidan quyidagicha belgilangan:
val (4.39-shakl, a, poz. 1) va teshik (4.39-shakl, b) larning
chiqiqlari va yasovchilari asosiy tutash chiziq bilan ko‘rsatiladi.
Б
8.3-shakl. Shlitsali birikmalarni tasvirlashdagi shartliliklar:
a) - valdagi; b) - teshikdagi; d) - detallarni biriktirishdagi
tishli vallarning tasvirlarida o‘yiqlarning sirtlari ingichka tutash chiziq bilan ko‘rsatiladi (4.39-shakl, poz.2); bo‘ylama qirqimlarda ushbu yasovchilar asosiy tutash chiziq bilan ko‘rsatiladi (4.39-shakl, poz. 2');
val va teshiklarning o‘qiga perpendikulyar ko‘rinishlar, qirqimlar va kesimlardagi o‘yiqlarning aylanalari ingichka tutash chiziq bilan ko‘rsatiladi (4.39-shakl, poz. 2);
valning tishli sirtining chegarasi (4.39-shakl, poz. 3), shuningdek, to‘liq profil tishlari va sbeg orasidagi chegara (4.39-shakl, poz.4) ingichka tutash chiziq bilan ko‘rsatiladi.
tishli val va teshikning o‘qiga perpendikulyar tasvirlarda bitta tishning profili va ikkita o‘yiq soddalashtirib, ariqcha va faskalarsiz tasvirlanadi . Bo‘ylama qirqimlarda tishlar kesilmasdan tasvirlanib, shtrixlanmaydi, shtrix chiziqlarini esa o‘yiq yoki chiqiqlarning chiziqlarigacha davom qildiriladi (4.39-shakl, d);
odatda birikmadagi tishlar va val hamda teshik o‘yiqlari orasidagi radial tirqishlar ko‘rsatilmaydi (4.39-shakl, b).
NAZORAT SAVOLLARI
Qanday birikmalarga ajraladigan birikmalar deyiladi?
Boltninguzunligi deb nimaga aytiladi?
Shpilkaning, vintning uzunligi deb nimaga aytiladi?
Shpilkaning burab kiritiladigan uchining uzunligi nimaga bog'liq bo'ladi?
Shponkalarning qanday turlari mavjud va ular qanday maqsadlarda ishlatiladi?
Vintsimon prujinalar chizmada qanday tasvirlanadi?
Tishli uzatmalar qanday hollarda qo'llaniladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |