Ikki va undan ko‘p detallarni biriktirishda tarkibiga bolt, gayka, shayba va bo‘ylama teshik ochilgan biriktiriluvchi detallarni o‘z ichiga olgan boltli birikmalar qo‘llaniladi (4.29-shakl).
4.29-shakl. Boltli, vintli, shpilkali va quvur birikmalarga misollar
Boltli birikma - gayka va bolt kallagi uchun joyi bo‘lgan, unchalik qalin bo‘lmagan ikki va undan ortiq detallarni biriktirishda qo‘llaniladigan, yig‘iladigan va qismlarga ajraladigan birikmadir. Boltli birikma yordamida biriktiriladigan detallarda boltning sterjeni bemalol o‘tadigan bo‘ylama teshik ochilgan bo‘ladi. Detallar bir tarafidan bolt kallagi, ikkinchi tarafidan esa bolt bilan bir xil rezba parametrlari (nominal diametr va qadam) ga ega gayka va shayba bilan qisiladi. Birikma tasvirida bolt, gayka, shayba va biriktiriladigan detallar ko‘rsatiladi (4.30-shakl).
Biriktiruvchi detallar va ularning birikmalarining konstruktiv, soddalashtirilgan va shartli tasvirlari bo‘ladi.
Konstruktiv tasvirlarda (o‘quv chizmalarini bajarishda) biriktiruvchi detallarning shakli va o‘lchamlari standartlar bo‘yicha aniq bajariladi.
SHuning uchun ham boltli birikma konstruktiv chizmasining asosini mos standartlarda keltirilgan bolt, gayka va shaybaning standart tasvirlari va boltning nominal diametri d bo‘yicha tanlanadigan o‘lchamlar tashkil qiladi.
Birikmaning konstruksiyasini chizmadagi bosh ko‘rinish o‘rniga joylashtirilgan, shu birikma o‘qi orqali o‘tadigan tekislik bilan kesilishidan hosil bo‘lgan bo‘ylama qirqim va shu o‘qqa perpendikulyar tekislikdagi ko‘rinish ochib beradi. Qirqimda yaxlit detal sifatida, shayba va gaykalar esa kesilmasdan tasvirlanadi. Teshik devori va bolt
sterjeni orasidagi tirqish
qirqimda shartli ravishda
kattalashtirib tasvirlanadi. Bolt sterjeni va kallagining birlashish joyidagi dumaloqlash
ko‘rsatilmaydi.
Chizmalarda (ish
chizmalaridan tashqari) boltli birikma tasviri sterjendagi rezba diametri d ga bog‘liq shartli o‘lchamlar bo‘yicha quriladi (4.30-shakl).
Boltning uzunligi l
biriktiriladigan detallarning
qalinliklari bi va b2, shaybaning qalinligi b, gaykaning
balandligi H, boltning gaykadan chiqib turgan o‘lchami
(0,25...0,5)d ga teng deb qabul qilinadigan K larning yig‘indisi sifatida aniqlanadi.
Shunday qilib, boltning uzunligi lp quyidagi formuladan hisoblab topilishi mumkin: lp = bi + b2 + b + H + K.
Eslatma:
prujinali shayba uchun Dsh= 1,5d, b = 0,25d. 4.30-shakl. Boltli birikmaning
taxminiy o‘lchamlari bo‘yicha tasvirlanishi
Borltning uzunligi l uning hisoblab topilgan uzunligi lp dan katta bo‘ladi va u standartlardan (DST 7798-70) uzunliklarning eng yaqin kattaligi sifatida tanlab olinadi.
Uzunligi 150 mm gacha bo‘lgan boltlar uchun sterjenning rezba kesilgan qismining uzunligi lo quyidagicha aniqlanadi: I0 = 2d +6 mm, l > 150 bo‘lganda esa I0 = 2d + 12 mm deb qabul qilinadi.
Boltli birikma chizmasida uning kamida ikkita proeksiyasi - bolt o‘qiga parallel proeksiyalar tekisligidagi va uning o‘qiga gayka tomonidan perpendikulyar proeksiyalar tekisligidagi (4.30-shakl) ko‘rinishlari tasvirlanadi.
Qirqimda standart rezbali biriktirish detallari kesilmasdan tasvirlanadi.
Teshik devori va bolt sterjeni orasidagi tirqish shartli ravishda kattalashtirib tasvirlanadi.
Yig‘ish va umumiy ko‘rinish chizmalarida DST 2.315-68 ga asosan boltli birikmalar soddalashtirib yoki shartli (masshtabni hisobga olgan holda) tasvirlanadi. Soddalashtirilgan tasvirda faska va tirqish tasvirlanmaydi; qirqimda rezba sterjenning oxirigacha o‘tkaziladi, ustdan ko‘rinishda esa tasvirlanmaydi. Sterjenlarining diametrlari 2 mm yoki undan kichik bo‘lgan biriktirish detallari chizmada shartli tasvirlanadi (4.3-jadvalga qarang).
Biriktiriladigan detallarning biridan bo‘ylama teshik ochish imkoni bo‘lmaganda yoki bolt kallagi uchun joy bo‘lmagan hollarda detallar shpilka yordamida biriktiriladi. Shpilkali birikma tarkibiga shpilka, gayka, shayba va biriktiriladigan detallar kiradi (4.31-shakl). Detallardan birida shpilkaning rezbali uchi burab kirgiziladigan rezba ochilgan berk teshik - shpilka uyasi, biriktiriladigan boshqa detallarda esa shpilka o‘tadigan teshik bo‘ladi. Shpilkaning bo‘sh tomoniga detal o‘rnatiladi, undan keyin shayba joylashtirilib, gayka burab mahkamlanadi.
Shpilka uyasini tayyorlashda oldin teshik ochilib (metrik rezba kesish uchun teshiklarning diametrlari DST 9150-81 bo‘yicha olinadi), keyin rezba kesiladi (6.32-shakl). Teshikning chuqurligi I2 shpilkaning burab kirgiziladigan uchi li va to‘liq kesilmay qoladigan qism kattaligiga
bog‘liq bo‘ladi. to‘liq kesilmaydigan qismlarning o‘lchamlari DST 10549-80 tomonidan belgilangan va va u rezba qadami P ga bog‘liq
(taxminan 4P ga teng) bo‘ladi.
6.3-jadval
Ajraladigan birikmalarning soddalashtirilgan va
shartli tasvirianishi