2- Rasm.3180 modelli markazsiz- silliqlash stanogining kinematik sxemasi
doiraviy silliqlash stanogining kinematik sxemasi 3-rasmda ko`rsatilgan. Bu stanokda asosiy harakat ponasimon tasmali uzatma orqali elektr daigatel' M1 dan (N=10 kVt,
n=1460 ayl/min) olinadi.
Silliqlash babkasi 1 kesib silliqlashda uzluksiz avtomatik radial surish harakatini gidrodvigatel' G1 dan elektromagnit mufta MЭ2; chervyakli uzatma konussimon uzatma chervyakli uzatma va sirpanma vint-gaykali uzatma (t=10 mm, kirimlar soni 2) orqali oladi. Bo`ylama surish usulida silliqlashda davriy avtomatik radial surish harakati ham shu kinematik zanjir yordamida ta`minlanadi. Bu maqsadda elektromagnit mufta MЭ2 ma`lum vaqtga qo`shiladi.
Silliqlash babkasini o`rnatishda siljitish uchun gidrodvigatel' G2 dan foydalanladi. harakat bu gidrodvigateldan radial surish vintini tishli uzatma elektromagnit mufta MЭ1, konussimon uzatma va chervyakli uzatma orqali beriladi. Tez keltirish va chetlatish harakatlarini gidrotsilindr 6 bajaradi.
Silliqlab sozlashda sozlash asbobi (olmos roliklar yoki kremniy qora karbididan tayyorlangan charх toshlar) jilvir toshga qarama-qarshi yo`nalishda 2-10 m/s tezlikda majburiy aylantiriladi. Bu usul kengligi 100 mm va bundan katta kenglikdagi jilvir toshli stanoklarda qo`llaniladi.
Markazsiz doiraviy silliqlash (yoki markazsiz silliqlash) stanoklari markazlash teshiklari bo`lmagан detallardagi aylanuvchi sirtlarni silliqlash uchun mo`ljallangn. Bu stanoklar yirik seriyalab ishlaб chiqarish sharoitlarida qo`llaniladi.
Markaziy silliqlash sxemalari 7-rasmda keltirilgar. Tashqi sirtlarni markzsiz silliqlashda jilvir tosh 3 (7-rasm, a) shakl yasovchi oddiy harakat Fv(B1) - asosiy harakatni, detal' 1 esa, shakl yasovchi oddiy harakat FS(V2) ni bajaradi. SHakl yasovchi oddiy harakat FS(V2) doiraviy surish harakatidan iborat bo`lib, u etakchi jilvir tosh 4 dan olinadi. Detl' tayanch pichoq 2 ga tayanadi.
Ichki silliqlash stanoklari
3- Rasm.3A252 modelli ichki silliqlash stanogining kinematik sxemasi
Ichki silliqlash stanoklari ikkinchi toifa stanoklar guruhiga kiradi va osiq hamda yopiq teshiklarni, shuningdek ularning yon sirtlarini (toretslarini) silliqlash uchun mo`ljallangan. Tsilindrik jilvir tosh 1
Bu rasmda silliqlash jarayonida: shakl yasovchi asosiy harakat Fv(B1) ni; shakl yasovchi bo`ylama surish harakati FS(P3) ni va yo`nish harakati Vr(P4) ni bajaradi. Yo`nish harakati bo`ylama surish usulida silliqlashda uzlukli yoki ko`ndalang (radial) surish usulida silliqlashda uzlukli bo`lishi mumkin. Ikkinchи jilvir tosh 3 shakl yasovchi ikkita oddiy harakat: asosiy harakat Fv(B5) va ko`ndalang surish harakati FS(P6) qiladi. Detal' 2 esa shakl yasovchi oddiy harakat FS(V2) - doiraviy surish harakatini bajaradi.
Stanokning texnik tafsiloti.
Ikkinchi yuzalarga ishlov berishda:
silliqlash diametri, mm……………………………….......………………..5-270
silliqlash eng katta uzunligi, mm………………………….........……...…….250
buyum babkasini eng katta burish burchagi, grad…………...........…………..30
Tashqi yuzalarga ishlov berishda:
silliqlash diametri, mm…………………………………………........……10-270
silliqlash eng katta uzunligi, mm……………………………….........……..…60
buyum babkasini eng katta burish burchagi, grad……………...........………..30
Ishlov beriladigan detalning eng katta uzunlig, mm………………..........…………250
Ishlov beriladigan detalning lyunet bilan eng katta uzunligi…………..........……...600
Buyum shpindelining aylanish chastotasi, ayl/min………………….........…......0-1100
Silliqlash tosh (doira) larning aylana tezligi, m/s……………………..........…….…..45
Revol'ver kallak pozitsiyalarining soni ……………………………...........…..............4
Siljish qadami:
X koordinatasi bo`ylab, mm……………………………..........…………..0,0005
Z koordinatasi bo`ylab, mm………………………………..........……........0,001
U koordinatasi bo`ylab, mm………………………………….........……..0,0005
B koordinatasi bo`ylab, gard………………………………….........……..0,0001
Jami iste`mol etiladigan quvvat, kVt……………………………….........…….…..18,5
Yassi silliqlash stanoklari.
Ettinchi toifaga kiradigan yassi silliqlash stanoklari yassi yuzalarga silliqlash toshining cheti yoki yoни bilan ishlov berishga mo`ljallangan. Yassi silliqlashning bir necha usuli bor. Jilvir tosh 1
(Rasmda, a, b) cheti bilan silliqlaganda uchta: asosiy harakat Fv(B1); ko`ndalang surish harakati FS(P2) va yo`nish yoki vertikal surish harakati Vr(P3) - ni bajaradi. Detal' esa stol 2 da (19-rasm, a) bo`ylama surish harakati FS(P4) ni yoki burish stoli 2 da (19-ras, b) doiraviy surish harakati FS(V4) ni bajaradi. Jilvir tosh 3 yoni bilan silliqlanganda (19-rasm, v, g) ikkita: asosiy harakat Fv(B1) va yo`nish yoki o`q yo`nalishida surish harakati Vr(P2) ni bajaradi. Detal', cheti bilan silliqlash usulidagi kabi, stol 2 da (19-rasm, v) bo`ylama surish harakati FS(P3) yoki burish stoli 2 da (19-rasm, g) doiraviy surish harakati FS(V3) ni bajarishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |