Birinchi guruhga barabanli (vertikal,
gorizontal, qiya) har xil konstruksiyali
aralashtirgichlar kiradi.
Ikkinchi guruhga aralashtirgichlari (meshalka) bor aralashtirgichlar kiradi. Ishchi
organlari konstruksiyalari bo‘yicha aralashtirgichlar;
- to‘kiluvchan ozuqalar uchun - shnekli, parrakli va tasmali,
- sochma ho‘l (poyali tozuqalar) ozuqalar uchun - shnekli va parrakli turlariga
bo‘linadi.
Aralashtirgichlar parraklari aylanishlar soniga qarab
sekin aylanuvchan va tez
aylanuvchan aralashtirgichlarga bo‘linadi. Parrakli aralashtirgichlar bir va ikki valli
bo‘ladi.
Poyali va boshqa ozuqalardan aralashma tayyorlashda so‘nggi paytlargacha sekin
harakatlanadigan bir yoki ikki gorizotal valli davriy ishlaydigan aralashtirgichlardan
foydalanib kelinar edi. Hozirgi kunda ishlab chiqarish unifitsirlashgan davriy
ishlaydigan uch tipli o‘lchamdagi bir xil texnologik
sxemada va konstruktiv
o‘lchamlarida kelishilgan S-12, APS-6, S-2 markali aralashtirgichlarni ishlab
chiqmoqda. Aralashtirgich S-12 asosiy (bazaviy) model hisoblanadi, u hom va
bug‘langan ozuqa aralashmalarini tayyorlashga mo‘ljallan-gan.
Aralashtirgichning
asosiy ishchi qismi aralashtirgich hisoblanadi. Aralashtir-gichlar 8 parrakdan tuzilgan
bo‘lib, valga vintli chiziq bo‘yicha 45
0
dan keyin joylashtirilgan bo‘lib har xil tomonga
aylanadi: o‘ng tomondagisi (harakatlan-tiruvchi tomondan qarasak) - soat otrelkasi
bo‘yicha, u ozuqani harakat beruvchi uzatma tomon haydaydi. Chap aralashtirgich soat
strelkasiga teskari aylanib ozuqa-ni to‘kish bo‘giziga qarab yo‘naltiradi. Bir vaqtda
ozuqa o‘qli harakatlantirish natijasida parraklar kesimida aylanma harakat oladi va
intensiv aralashadi.
Ikki aralashtirgich ham bir elektrodvigateldan reduktor va shesternya yordamida
harakat oladi. Asos pastki qismida to‘kuvchi shnek joylashgan bo‘lib faqat to‘kuvchi
bo‘g‘iz ochilganda ishlaydi. Ozuqalarni bug‘lashda bug‘
asos pastki tomonlarida
joylashgan quvurlar yordamida uzatiladi.
Asos har ikki tomonidan bug‘ tarqatuvchi quvurlarda beshta muftali kranlar
qo‘yilgan, ular bir vaqtda shtanga yordamida boshqariladi.
Kranlardan aralashtirgich ichiga ozuqalarga bug‘ uzatish uchun bug‘ uzatish
teshikchalari bilan quvurchalar o‘rnatilgan.
Asos ustki qismida suv, sut qoldiqlari, melassa-karbamid aralashmalari va boshqa
suyuq qo‘shimcha ozuqalarning aralashtirgichlar yordamida intensiv aralashish qismiga
uzatiladi.
3 - rasm. Aralashtirgich S-12.
Aralashtirgich ustidan to‘qqizta yogoch qopqoqlar bilan berkitiladi,
ularning
bittasida yuklash lyuki shiberli to‘sig‘i bilan o‘rnatilgan.
S-12 aralashtirgich (3-rasm) ishchi hajmi -12m
3
, elektrodvigatel quvvatiga qarab
(bug‘lab yoki bug‘lamasdan) -5...10m
3
/soatni tashkil qiladi.
Somonlarni yuklashda va ishlov berishda aralashtirgichlar to‘xtamasdan ishlab
turishi kerak, aralashtirgichni to‘ldirishda uning 0,25-0,3 %dan ishlab turishi kerak, 0,5
geometrik hajmida to‘lganda 100 kg qirqilgan somonga 100 l miqdorda suv qo‘yilishi
kerak.
Suv miqdori suv o‘lchagich (vodomer) yordamida o‘lchanadi.Aralashtirgichga
kerakli somonni yuklab, suv bilan namlangandan so‘ng uning qopqog‘i mahkam
yopiladi va kameraga bug‘ uzatiladi. Bug‘lash davomiyligi ishlov berilayotgan somon
sifatiga bog‘liq. Yaxshi sifatli somon 1 soat davomida 10m
3
ishchi hajmiga 500-600
kg/soat uzatilish tezligida 10kPa bosimli bug‘da yaxshi bug‘laniladi. Yomon somon 30
min uzoqroq bug‘laniladi.
Somon bug‘lanib bo‘lgandan so‘ng
aralashtirgichga omuxta yem, ildizmevali
ozuqalar yoki silos, mineral qo‘shimchalar qo‘shiladi. Oxirgi komponent yuklanib
bo‘lishi bilan 15 min davomida
yaxshilab aralashtiriladi, undan so‘ng ozuqa
tarqatgichga to‘kiladi. Aralashtirish vaqtida kameralarga ortiqcha kuch tushmasligi
uchun ozuqalarni aralashtirgichni 0,7 geometrik hajmidan ko‘p yuklamaslik kerak.
Takomillashtirilgan uzluksiz ishlaydigan aralashtirish qurilmalaridan ikki valli
kurakli aralashtirgichlar hozirgi kunda ko‘proq ishlatila boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: