9-bob Xususiy kapital hisobi


  Xususiy  kapital,  uning  tarkibi,  ustav  kapitalini  tashkil



Download 21,37 Kb.
bet3/6
Sana29.12.2021
Hajmi21,37 Kb.
#85422
1   2   3   4   5   6
9.2.  Xususiy  kapital,  uning  tarkibi,  ustav  kapitalini  tashkil 
qilish  manbalari  va  uning  harakatining  hisobi
0 ‘zbekiston  Respublikasi  «Buxgalteriya  hisobi  to ‘g ‘risida»gi 
Q onunning  19-m oddasiga  binoan  korxona  kapitali  quyidagi 
tarkibga  ega:
1.  Ustav  kapitali.
2.  Q o‘shilgan  kapital.
3.  Zaxira  kapitali.
4.  Taqsimlanmagan  foyda.
Ustav  kapitali  —  ta ’sis  hujjatlarida  belgilangan  hissa  shaklida 
qo ‘shiladigan moddiy va  nom oddiy aktivlar ta ’sischilar kelishuviga 
yoki  yuridik  shaxs  ijroiya  organining  qaroriga  ko‘ra  baholanadi 
va  hisobga  olinadi.
Hozirgi  vaqtda  respublikamizda  turli  mulkchilik  shakllaridagi 
korxonalar  faoliyat  k o ‘rsatm oqda  va  u lar  ustav  kapitalining 
shakllanishi  bo ‘yicha  m a’lum   xususiyatlarga  ega.  Jum ladan, 
Davlat korxonasining  ustav kapitali davlat tom onidan korxonaning 
doimiy  tasarrufiga  tekinga  berilgan  moddiy  va  pul  mablag‘lari 
yig‘indisidir.  Ustav kapitali hisobidan asosiy va aylanma mablag‘lar 
shakllanadi.
Davlat korxonasi uchun yuqori turli tashkilotlam ing korxonani 
tashkil  etish  va  uning  balansiga  ustav  kapitalini  o ‘tkazish  to ‘g‘ri- 
sidagi  buyrug'i  ta ’sis  hujjati  hisoblanadi.
Aksiyadorlik  jam iyati  ustav  kapitali  aksiyalarining  nom inal 
qiymatidan  iborat.  Ustav kapitalini  ko‘paytirish qo‘shimcha aksiya- 
lami  joylashtirish  yo‘li  bilan  amalga  oshadi.
Jamiyat tom onidan qo ‘shimcha aksiyalar faqat jamiyat ustavida 
belgilangan  e ’lon  qilingan  aksiyalar  miqdori  darajasida  joylash- 
tirilishi  mumkin.  Aksiyadorlik jamiyatining  ustav  kapitali  400000 
AQSH  dollaridan  kam  b o ‘lmasligi  kerak.
Ustav  kapitali  m iqdorining  kamayishi  aksiyalar  umumiy  soni- 
ning  qisqarishi  bilan  bog‘liq  b o ‘ladi.  Ustav  kapitalining  kamayishi 
muassislaming  jamiyat  tarkibidan  chiqishi  bilan  ham   bog‘liq.
M a ’sulyati  ch ek lan g an   ja m iy a tn in g   ustav  kap itali  faqat 
muassislaming hissalari  hisobiga tashkil  topadi  va uning ko'payishi
159

yoki  kamayishi  barcha  muassislaming  roziligi  bilan  hissa  qo‘shuv- 


chilarning  ko‘payishi  yoki  kamayishi  bilan  yuz  beradi.  M CHJ 
ning  ustav  kapitali  eng  kam   ish  haqining  40  barobaridan  kam 
bo ‘lmasligi  lozim.
Q o'shm a korxonaning  ustav  kapitali  mamlakat  va  xorij  korxo- 
nalari  hissalari  asosida  tashkil  topadi.  Q o‘shma  korxona  ustav 
kapitaliga  hissa  tarkibida tabiiy  resurslardan,  intellektual  mulkdan 
foydalanish  huquqi,  nou-xau,  m oddiy  va  pul  vositalari,  shu 
jum ladan,  chet  el  valyutasi  berilishi  mumkin.
«Xususiy  korxona  to ‘g‘risida»gi  Q onunning  12,  13-modda- 
lariga  ko‘ra  xususiy  korxonaning  ustav  fondi  b o ‘linm asdir  va 
uni  m ulkdom ing  o ‘zi  belgilaydi.  Xususiy  korxona  ustav  fondini 
ko‘paytirish  va  kamaytirish  mulkdorning  qaroriga  ko‘ra  ustavga 
o ‘zgartirishlar  kiritish  yo‘li  bilan  amalga  oshiriladi.
«Ferm er xo‘jaligi  to ‘g‘risida»gi  Qonunning  18-moddasiga ko‘ra 
ferm er  x o ‘ja lig in in g   ustav  fondi  ferm er  x o ‘jalig i  b o sh lig ‘i 
tom onidan  belgilanadi.
Ferm er  xo‘jaligining  ustav  fondini  ko‘paytirish  va  kamaytirish 
ferm er  x o ‘jaligi  boshlig‘ining  qaroriga  k o ‘ra  ferm er  xo ‘jaligi 
ustaviga  o ‘zgartirishlar  kiritish  yo‘li  bilan  amalga  oshiriladi.
X o‘jaliklarda  ustav  kapitali  va  uning  harakati  hisobiga  8300
—  «Ustav  kapitalini  hisobga  oluvchi  hisobvaraqlar»  hisobvarag‘i 
m o ‘ljallangan.  U shbu  hisobvaraqda  ustav  kapitali  quyidagi 
hisobvaraqlar  b o ‘yicha  olib  boriladi:
8310  —  oddiy  aksiyalar;
8320  —  imtiyozli  aksiyalar;
8330  —  pay  va  ulushlar.
Ushbu  hisobvaraqlar  passiv  bo ‘lib,  ulaming  hisobot  davr  bo ­
shiga  qoldig‘i  va  ko‘payishi  kredit  tom onida,  kamayishi  debet 
tom onida  aks  etadi.
Yuqoridagi  hisobvaraqlarga  tegishli  m uomalalarning  hisobva- 
raqlarda  aks  ettirilishi  yo‘riqnomaga  ko‘ra  quyidagicha:
1.  T a’sis  hujjatlari  asosida  ustav  kapitali  shakllantirilganda  — 
D T  4610  KT  8310-8330.
2.  T a’sisehilar tom onidan  ustav  kapitaliga  ulush  sifatida  asosiy 
vosita  va  boshqa  moddiy  qiymatliklar  qabul  qilinganda  —  D T
160

0110-0190,  0610,  0710-0720,  0810,  1010,  510-5530,  5810  КТ 


4610  va  boshqalar.
3.  T aqsim lanm agan  foydaning  bir  qismi  ustav  kapiyalini 
shakllantirish  uchun  yo‘naltirilganda  —  D T  8710  KT  8310- 
8330.
4.  Ustav  kapitali  uning  to ‘langan  qismiga  kamaytirilganda  — 
DT  8310-8330 
KT  6620.
5.  Foydalanilm agan  dividend  sum m alari  ustav  kapitalini 
ko'paytirish  uchun  qo‘shilganda  —  DT  6610  KT  8310-8330.
6.  Aksiyalar  nominal  qiymatda  sotilganda  —  D T  5010,  5110 
KT  4610.
7.  Aksiyalarning  nominal  qiymatdan  yuqori  bahodagi  qismiga
-   DT  5010,  5110  KT  8410.
8. Aksiyalar nominal  qiymatdan  past baholarda sotib olinganda
—  oddiy  aksiya  —  DT  8310  KT  8610,  imtiyozli  aksiya  —  DT 
8320  KT  8620.
9.  Aksiyalar nominal  qiymatdan  yuqori  bahoga sotib olinganda 
oddiy  aksiya  —  DT  8310  KT  8610,  imtiyozli  aksiya  —  DT  8320 
KT  8620.
10.  Qimmatli  qog‘ozlami  nominal  qiymatidan  past  baholarda 
sotib  olish  natijasida  olingan  daromad  summasi  —  DT  9590  KT 
9910  va  boshqalar.
Buxgalteriya  hisobi  hisobvaraqlar  rejasida  sotib  olingan  oddiy 
va  imtiyozli  xususiy  aksiyalar  hisobiga  8600  —  «Sotib  olingan 
xususiy  aksiyalarni  hisobga  oluvchi  hisobvaraqlar»  hisobvarag‘i 
m o‘ljallangan.
Ushbu  hisobvaraq  8300  —  «Ustav  kapitalini  hisobga  oluvchi 
hisobvaraqlar»  hisobvarag‘iga  nisbatan  kontrpassiv  hisobvaraq 
hisoblanadi  va  u  hissadorlik jamiyati  ustav kapitalining kamayishini 
ko‘rsatadi.
8600 — hisobvaraq  sotib olingan  xususiy aksiyalarning  (kelajak- 
da qayta sotish  yoki bekor qilishga)  mavjudligi  va harakatini  hisob­
ga  olishga  m o‘ljallangan  va  u  quyidagi  hisobvaraqlar  bo‘yicha 
olib  boriladi:
8610  —  sotib  olingan  xususiy  aksiyalar  —  oddiy;
8620  —  sotib  olingan  xususiy  aksiyalar  —  imtiyozli.
161

8610,  8620  hisobvaraqlarning  boshqa  hisobvaraqlar bilan  o ‘za- 


ro  bog‘lanishi  bo ‘yicha  muomalalarning  asosiylariga  quyidagilar 
kiradi:
1.  Aksiyadorlik  jam iyatlaridan  kelishilgan  baholarda  xususiy 
aksiyalar  sotib  olinganda  -   D T  8610,  8620  KT  5110-5530.
2.  Korxonada  sotib  olingan  aksiyalarni  sotib  olish  baholaridan 
yuqori  baholarda  qayta  sotilishiga:
a)  sotib  olingan  baholarga  -   D T  5010,  5020  KT  8610,  8620.
b)  sotib  olish  qiymatidan  yuqori  qismiga  -   D T  5010,  5020 
KT  9590.
c)  sotib  olish  baholaridan  past  baholarda  sotilgan  qismiga  — 
D T  9690  KT  8610,  8620.
3.  Nominal  qiymatidan  past  baholarda  sotib  olingan  xususiy 
aksiyalar  bekor  qilinganda:
a)  sotib  olingan  qiymatiga  -   D T  8310,  8320  KT  8610,  8620.
b)  nominal  qiymatdan  past  farq  summasiga  —  D T  8310,  8320 
KT  9590.
4.  N om inal  qiymatida  xususiy  aksiyalar  bekor  qilinganda:
a)  nominal  qiymatiga  -   DT  8310,  8320  KT  8610,  8620.
b)  nominal  qiymatidan  yuqori  qismiga  —  D T  9690  KT  8610, 
8620.

Download 21,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish