Belgili tizimlar. Bu tizimlarda har bir belgining oʻrtacha tasviri n-oʻlchovli belgilar fazosidagi obyekt sifatida aks ettiriladi. Bu yerda kiruvchi tasvirni anglashda qiymati hisoblanadigan belgilar alifbosi tanlanadi. Hosil qilingan n-oʻlchovli vektor etalon bilan taqqoslanadi va tasvir ularning ichidan koʻproq mos keladiganiga tegishli boʻladi. Belgili tizimlar yaxlitlik tamoyiliga javob bermaydi. Obyektlar sinfini tavsiflashni yaxlitligining zarur, ammo yetarli boʻlmagan sharti shundan iboratki, berilgan sinfdagi barcha obyektlar tavsifni qanoatlantirishi kerak. Modomiki, belgilarni hisoblashda axborotning ma’lum qismi yoʻqolar ekan, faqat berilgan sinfga qarashli obyektlarni kiritishga kafolat berish qiyin.
9.2.3. Strukturali - dogʻli etalon
«Fontanli almashtirish» shablonli va strukturali tizimlarning afzalliklarini oʻzida birlashtiradi va bizning fikrimizcha, ularning har biriga alohida xos boʻlgan kamchiliklardan qutulishga imkon beradi. Bu texnologiyaning asosida strukturali - dogʻli etalonni qoʻllash yotadi. U tasvirni belgining strukturasini beradigan bir - biri bilan n-ar munosabatlar orqali bogʻlangan dogʻlar toʻplami koʻrinishida tasvirlashga imkon beradi. Bu munosabatlar(ya’ni dogʻlarning bir - biriga nisbatan joylashishi) belgilarni tashkil etadigan strukturali elementlarni yuzaga keltiradi. Masalan kesma dogʻlar orasidagi n-ar munosabatlarning bir turi. Ellips - boshqasi, yoy - uchinchisi. Boshqa munosabatlar belgini tashkil etuvchi elementlarning fazoviy joylashishini beradi [11-15].
Etalonda quyidagilar beriladi:
nom;
majburiy, taqiqlangan va majburiy boʻlmagan strukturali elementlar;
strukturali elementlar orasidagi munosabatlar;
strukturali elementlarni belgini tavsiflaydigan toʻrtburchak bilan bogʻlaydigan munosabat;
strukturali elementlarni ajratishda ishlatiladigan xususiyatlar;
elementlar orasidagi munosabatlarni tekshirishda ishlatiladigan atributlar;
elementlar va munosabatlarning sifatini baholashda ishlatiladigan atributlar;
elementni ajratish boshlanadigan vaziyat;
Tasvirlar sinfi uchun ajratiladigan strukturali elementlar dastlabki va qoʻshma boʻlishi mumkin. Dastlabki strukturali elementlar - bu dogʻlar, qoʻshmalari - kesma, yoy, halqa, nuqta. Qoʻshma strukturali elemenlar sifatida etalonda tavsiflangan ixtiyoriy obyektlar olinishi mumkin. Bundan tashqari ular dastlabki struktulari elementlar orqali ham boshqa qoʻshma strukturali elementlar orqali ham tavsiflanishi mumkin.
Masalan koreyscha iyerogliflarni anglashda (boʻgʻinli xat) boʻgʻinni tavsiflash uchun qoʻshma element alohida harflarning tavsiflari hisoblanadi. Qoʻshma strukturali elementlarni qoʻllash taniladigan obyektlar sinflarining iyerarxik tavsiflarini qurishga imkon beradi.
Munosabatlar sifatida strukturali elementlar orasidagi bogʻlanishlar ishlatiladi. Bu bogʻlanishlar yoki elementlarning metrik xarakteristikalari(masalan, ) orqali aniqlanadi yoki tavsirda ularning oʻzaro joylashishiga(masalan, , ) qarab aniqlanadi.
Strukturali elementlar va munosabatlarni berishda muayyan sinf etalonida bu elementni ishlatganda strukturali element yoki munosabatni aniqlashga imkon beradigan aniqlashtiruvchi parametrlar qoʻllaniladi. Strukturali elementlar uchun aniqlashtiruvchilar sifatida masalan kesmaning mumkin boʻlgan yoʻnalishini beradigan diapazon parametrlari boʻlishi mumkin. Munosabatlar uchun esa xarakterli nuqtalar orasidagi mumkin boʻlgan chegaraviy masofani beradigan parametr boʻlishi mumkin.
Muayyanlashtiruvchi parametrlar tasvirdagi muayyan strukturali elementining va berilgan munosabatning bajarilish hisoblashda ham ishlatiladi.
Taniladigan obyektlar sinflari uchun strukturali-dogʻli etalonlarni qurish va sinash murakkab va ogʻir jarayon hisoblanadi. Tavsiflarni sozlash uchun ishlatiladigan tasvirlar bazasi har bir grafema uchun yaxshi va yomon namunalarga ega boʻlishi kerak. Bazadagi tasvirlar oʻrgatuvchi va nazorat qiluvchi toʻplarga ajratiladi.
Tavsifni yaratuvchi strukturali elementlar va ular orasidagi munosabatlarni oldindan beradi. Tasvirlar bazasi asosida oʻrgatuvchi tizim avtomatik ravishda elementlar va munosabatlarning parametrlarini hisoblaydi. Hosil qilingan etalon berilgan grafemalarning tasvirlarini nazorat tanlovi asosida tekshiriladi va toʻgʻirlanadi. Nazorat tanlov asosida anglash natijalari tekshiriladi, ya’ni gopotezani tasdiqlash sifati baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |