9-Amaliy mashg`ulot
Mavzu: Istеmolchi manzillariga alohida tashish xizmatini ko‘rsatish jarayonlarini boshqarish modеllari
Reja:
1. Klark-Rayt usulida marshrutlashtirish qanday.
2. “Eng yaqin qo’shni” usulini qo’llab marshrutlar tuzish.
1. Klark- Rayt metodi asosida marshrutlashtirish
Yuqoridagi paragraflardan ma’lum bo’ladiki, eng qisqa bog’lovchi tarmoq asosida marshrutlar tuzilganda bir-biriga bog’liq bo’lgan ikki masala ketma-ket yechiladi:
1) manzillarga yuk olib borishning ratsional ketma-ketligini aniqlash;
2) avtomobil yuk ko’taruvchanligini hisobga olgan holda punktlarni marshrutlarga kiritish.
Klark-Rayt metodi bu ikki masalani birato’la yechishga imkon beradi, ya’ni har xil yuk ko’taruvchanlikka ega bo’lgan harakatlanuvchi tarkiblar uchun ratsional marshrutlar tuziladi.
Metodning mohiyati quyidagidan iborat.
Birinchi navbatda yuk tashishning dastlabki plani tuziladi. Bunda har bir oluvchiga alohida mayatnik marshrut ajratilib, tashiladigan yuk miqdoriga mos keladigan ko’taruvchanlikdagi avtomobil ajratiladi.
Keyingi iteratsiyalarda ikkita mayatnik marshrut o’zaro juftlashtiriladi va natijada tarqatish marshruti hosil qilinadi. Qolgan mayatnik marshrutlar va tarqatish marshruti o’zaro birlashtiriladi va bunda shunday variant tanlanadiki, juftlashtirish natijasida tashish xarajatlari maksimal kamaysin.
Agar keyingi har qanday juftlashtirish natijasida xarajatlarni kamaytirish mumkin bo’lmasa yoki birlashtirib topilgan marshrutdagi tashish xajmi xarakatlanuvchi tarkib yuk ko’taruvchanligidan oshib ketadigan bo’lsa, bunda yechish jarayoni to’xtatiladi va topilgan plan optimal hisoblanadi.
Misol. Bizga 8 ta yuk oluvchi berilgan bo’lib, ularga olib boriladigan yuk miqdori 1-jadvalning birinchi ustunida ko’rsatilgan. Yuk tashishni amalga oshirish uchun 4 tonnali yuk ko’taruvchanlikka ega bo’lgan avtomobillardan 10 dona, 5 tonnalikdan esa 3 dona, 6 tonnalidan 4 dona ajratilgan. Aytaylik, dastlabki planda har bir oluvchiga yuk ko’taruvchanligi 4 tonna bo’lgan avtomobillardan bir donadan ajratamiz (1-jadval).
Endi 2-jadvaldagi qiymatlarni hisoblash tartibini ko’rib chiqaylik. Birinchi ustunda yuk jo’natadigan punktdan barcha ( =1,2,…..,B) oluvchi manzillarga yuk olib borish vaqti berilgan. Bu vaqt ( ) ortish ( ) yuk bilan yurish ( ) hamda tushirish ( ) vaqtlaridan iboratdir. Keyin ustunlar ikkiga bo’lingan bo’lib, chap tomonda yurish vaqtlari, o’ngda esa ikkita mayatnik marshrutlar o’zaro birlashtirilganda yuk olib borish vaqtining kamayishi (yutuq) qiymatlari keltirilgan.
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |