9-1 turs-21 guruh talabasi mustafoyev behruzning restoran biznesi fanidan tayyorlagan mustaqil ishi



Download 3,75 Mb.
Sana27.06.2023
Hajmi3,75 Mb.
#953418
Bog'liq
RESTORAN BIZNESII

9-1 TURS-21 GURUH TALABASI MUSTAFOYEV BEHRUZNING RESTORAN BIZNESI FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI

Restoranning joylashuvi ko‘p hollarda uning kelajakdagi mijozlar oqimini belgilab beradi. Shahar ichida joylashgan restoran mijozlari shahar tashqarisida joylashgan restoranlar mijozlaridan u yerga piyoda yoki transportda borish imkoniyati mavjudligi bilan ham farq qiladi. Restoran ma’muriyati bu omillarni xisobga olgan holda, uning intereri, xizmat ko‘rsatish sifati va darajasi, oshxonasi, taomnomasi va taomlarini mijozlarga mos tashkil qilishlari zarur bo‘ladi

Restoran dizayni, bino hajmi va shakli, devor va shiftlar rangi, jihozlari restoran mijozlari va taomnomasiga ham mos kelishi kerak. Psixologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, agar restoran devorlari qizil - jigar rangga bo‘yalgan bo‘lsa, taom ko‘p iste’mol qilinar ekan.

Restoranlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, ularni jihozlash turlari shunchalik ko‘p bo‘ladi. Masalan, restoranda o‘z - o‘ziga xizmat ko‘rsatish usuli bo‘lsa, u yerda katta yorqin xona va qattiq jihozlar bo‘ladi. Agar yuqori darajali restoran bo‘lsa, u yerda nim qorong‘ulik, alohida xonalar, yumshoq jihozlar, gullar va devorda rasmlar bo‘ladi. Yana bir omil sifatida «muhit» ya’ni «atmosfera» bo‘lib, u nafaqat dezayn va bezak, balki stollarning joylashuvi, ofitsiantlarning kiyimi, xizmat ko‘rsatish turlari, musiqa, mijozlar kiyimi, shovqin darajasi, bino harorati, tozalik va boshqa omillar yordamida yaratiladi. Bunday masalalarni tashkil etishda bachkanalikka yo‘l qo‘ymaslik lozim, ya’ni restoran juda ham tinch yoki shovqin, yorqin yoki qorong‘u, keng yoki tor bo‘lmasligi kerak.

Restoranlar va ovqatlantirish korxonalari reklamasi qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bu eng avvalo restoran, kafe, barlarning joylashgan joyi, ko‘rsatiladigan xizmat turlari, ularga bo‘lgan munosabatini aniqlash va axborot berish bilan belgilanadi.

Reklamaning maqsadi restoranga tashrif buyuruvchilarda korxona haqida ijobiy fikr uyg‘otishga erishishdir. Restoran va uning ko‘rsatadigan xizmatlarini reklama qilish uchun turli vositalardan foydalaniladi: lavhalar, vitrina, plakatlar, transparantlar, panno, gazeta, radio, televideniye va b.

Doimiy mijozlarni ko‘paytirish uchun reklama xizmati muhim o‘ringa ega. Restoran uchun reklama tashkilotning vazifasi, ish uslubi, uning muhiti xisobga olinishi shart. Restoranning toifasi qancha yuqori bo‘lsa, reklama uchun shuncha ko‘p mablag‘ sarflanadi.

Restoranlar va ovqatlantirish korxonalarining barcha turlari uchun bir xil ko‘rinishdagi reklama yaratish mumkin emas, lekin har bir restoran yoki kafe haqidagi reklama tashqi reklamadan boshlanadi. Tashqi reklama axborot berishdan tashqari atrofdagi arxitektura binolari bilan garmonik uyg‘unlashishi va uni to‘ldirishi shart.

Ko‘cha reklamasining eng ko‘p tarqalgan usuli bu lavhalardir. Ular iste’molchilarga restoranlar va ovqatlantirish korxonalari turlari va xususiyatlari bilan tanishtiradi. Lavha - eng avvalo, restoranning tashrif kartochkasidir, tashqi reklamaning muhim qismi bo‘lib xizmat qilishi va ko‘cha bezagi bilan uzviy bog‘lanishi kerak. Lavha restoranning yuzi bo‘lib, uzoqdan ko‘zga tashlanadigan chiroyli, yorqin, kechki paytlarda xilma - xil chiroqlari bilan kishini o‘ziga jalb qiladigan, restoran ko‘rinishini tanishtiradigan reklama vositalaridan biri. Lavha ikki tilda ya’ni davlat tilida va chet tilida bo‘lsa maqsadga muvofiqdir. Chunki mamlakat bo‘ylab sayohat qiladigan har qanday turist restoran haqida birlamchi ma’lumotga ega bo‘lishi kerak. Lavha original va unda esda qoluvchi nomlar bilan yoziladigan bo‘lsa, uning reklama xususiyati yanada ta’sirli bo‘ladi.

Restoranning nomi ko‘pincha mamlakat, shahar, hududning tarixiy muhim sana nomlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Hozirgi kunda respublikamizning hamma viloyatlarida restoranga hudud ahamiyatiga ega bo‘lgan nomlar qo‘yilgan. Masalan: «O‘zbekiston», «Samarqand», «Bahor» va shu kabilar.

Binoning arxitektura xususiyatini xisobga olgan holda tashqi ko‘rinishiga moslab lavhalar osiladi. Bunda har ikki tomondan o‘qiladigan lavhalar bo‘ladi. Rangli lavhalar, ayniqsa kechalari shahar husniga husn qo‘shadi. Chiroqlar o‘chib - yonuvchi, go‘yo harakat qiluvchi tarzda o‘rnatiladi. Agar restoran binolar ichida joylashgan bo‘lsa, unda restoran reklama bezagi bilan ajralib turishi kerak

Neon lampasidan foydalangan lavhalar yaratish qimmat bo‘lishi bilan birga manzarali va chiroyli ko‘rinadi. Did bilan ishlangan lavha ko‘p yillar xizmat qiladi. Neon lampasidan vitrina va binoning old tomonida foydalaniladi, u qor, yomg‘ir kunlarida, hatto kunduz kunlari ham yaxshi yorug‘lik beradi.

Vitrina - restoranning o‘ziga xos xususiyati, taomlar assortimenti, orkestr repertuari va boshqalar haqida axborotning muhim manbalaridan biri. Oyna vitrinasi - lavha reklamasini to‘ldiradi va u bilan uzviy bog‘langan holda bo‘ladi. Reklama shunday joylashishi kerakki, vitrina yonidan o‘tuvchilar diqqatini o‘ziga jalb qilishi, restoranga kirish ishtiyoqini uyg‘otishi lozim. Vitrina jihozi restoran old tomoni ifodasini bildirishi, taomlar assortimenti, qandolat mahsulotlari qaysi yo‘nalishda ekanligini anglatishi kerak. Vitrina romlariga reklama pannolaridan foydalaniladi.

Luks va oliy toifadagi restoranlarda odatda yopiq vitrinalar bo‘ladi. Bu ham chiroyli ko‘rinishga ega. Unda tavsiya etilayotgan xizmatlar haqida axborot berilib, qisqa yozuvlarda taomlarning sifati aytiladi. Oynalarga tutiladigan pardalar ham restoranning umumiy ko‘rinishiga mos bo‘lishi, chiroy qo‘shishi kerak.

Hozirgi zamonaviy restoranlarda vitrina oynalari bir butun ishlanmoqda, natijada restoranning butun old tomoni yaxlit vitrinaga aylanadi. Yaxlit oyna qo‘yilganda restoran ichidagi bufet, bar, stol - o’rindiqlar va boshqa bezaklar reklama vazifasini o‘taydi. Ba’zi restoranlarning oyna devorlari tepasiga chiroyli matolardan pardalar osiladi. Ular ostiga restoran xizmati haqida axborot beriladi. Ba’zi restoranlarda oynaga parda tutilmaydi, oyna turli manzarali ranglar bilan bezatiladi.


Download 3,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish