Qadimgi Gretsiyada topografik o‘lchash ishlarini rivojlanishida
dehqonchilikni roli kattadir. Eramizdan oldingi II asrlarda astranomiyani rivojlanishi munosabati bilan kartografiya sohasida ham yangi o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi. Masalan, Gipparx osmon yulduzlari kartalari uchun yangi
proeksiyalar ishlata boshladi, shu asosda doirani 360 qismga bo‘lib o‘rganishni tavsiya qiladi.
Eramizdagi II asrda Krates tomonidan Yerning dastlabki globusi yaratiladi, unda Yer shar shaklida bo‘lib, 2 ta okean tasvirlangan, biri ekvator bo‘ylab ikkinchisi meridional shaklida joylashgan.
Qadimgi dunyo geografiyasining bilimdonlaridan mashhur olim milodning II asrida yashagan iskandariyalik geograf, astronom va kartograf Klavdiy Ptolomeydir. Uning ―geografiya‖ kitobini antik davrning o‘ziga xos geografik qomusi desa bo‘ladi.
Ptolomey bu asaridan tashqari yana 27 ta kartadan iborat
dunyo atlasini yaratgan. Atlas kartalarida graduslar to‘ri tasvirlangan, kartalar o‘z davriga nisbatan ilmiy jihatdan ancha yuksak darajada bo‘lgan. Ptolomey atlasidagi 22 kartada O‘rta Osiyo 810-1470 sharqiy uzoqlik va 360-630 shimoliy kengliklar orasida tasvirlangan, unda respublikamiz hududi ham aks ettirilgan.
Shuni aytib o‘tish joizki, Ptolomey bosh meridianni Kanar orollaridan o‘tkazgan. 38 Klavdiy Ptolomey atlasidagi kartalarda O‘rta Osiyodagi davlatlar - So‘g‘diyona va boshqalarning chegaralari berilgan va shu hududda yashovchi 12 ta qabila yashagan maydonlarning chegaralari ko‘rsatilgan.
Unga qadar ―Geografiya‖ nomli dastlabki asar yunon geografi, kartografi, astronomi va matematigi Eratosfen tomonidan yozilgan. Unga qadar ―Geografiya‖ nomli dastlabki asar yunon geografi, kartografi, astronomi va matematigi Eratosfen tomonidan yozilgan. Eratosfenning dunyo kartografiyasi rivojiga qo‘shgan xissasi juda katta bo‘lib, uni rahbarligida yer yuzasidagi joylarning o‘rinlarini, kenglik va uzoqliklar orqali aniqlash va gradus o‘lchash yo‘li bilan aniq o‘lchash usullari ishlab chiqilgan. Eratosfen yer yuzidagi 10 yoy uzunligini aniqlash uchun oddiy usuldan foydalangan. Masalan, u 22 iyunda Misrdagi ikkita shahar, ya‘ni Iskandariya bilan Asuan (ilgargi Siena) shaharlarda quyosh zenitda bo‘ladigan vaqtda yarim doiraviy skafis yasab (kosaga o‘xshagan) uni 180 bo‘lakka bo‘lgan, o‘rtasiga tik tayoqcha o‘rnatgan. Bir vaqtning o‘zida 2 shaharlarning tush paytida (soat 12 larda) tik o‘rnatilgan tayoqchalardan tushgan soyalar ko‘rsatkichlarning farqi 70 12‘ ga teng bo‘lgan, bu esa yer aylanasining 1/50 qismini tashkil qilishini aniqlab bergan. Yer aylanasining uzunligi o‘sha vaqtda (250 000 stadiy - 1 misr stadiy uzunligi 158 metr) 39375 kilometr ekanligi (hozirgi o‘lchami 40 008 kilometr), yer radiusining uzunligi 6287 kilometr. 10 yoyning uzunligi taxminan 110 kilometr ekanligi aniqlangan. Hozirgi aniq ma‘lumotlarga qaraganda Iskandariya shahrining kengligi 310 11,7‘ Asvon (Siena) ning kengligi 240 5,1‘ ga teng bo‘lib, farqi 70 6,7‘. Demak, o‘sha davrda aniqlangan 10 yoy uzunligi hozirgiga nisbatan farqi juda kam bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |