Eratosfenning ―Geografiya‖ nomli 3 qismdan iborat kitobida o‘sha davr uchun juda zarur bo‘lgan geografik va kartografik ma‘lumotlar berilgan. Eratosfenning ―Geografiya‖ nomli 3 qismdan iborat kitobida o‘sha davr uchun juda zarur bo‘lgan geografik va kartografik ma‘lumotlar berilgan. Lekin uning kitobi saqlanmagan. Uning kitoblari to‘g‘risidagi ma‘lumot mashhur olim Strabon tomonidan yozib qoldirilgan. Birinchi kitobida qadimgi davrdan o‘sha vaqtgacha ma‘lum bo‘lgan joylarning geografik tasvirlari berilgan. Anaksimandr va Gekateylar tomonidan tuzilgan dastlabki geografik karta to‘g‘risida ma‘lumot keltirilgan. Ikkinchi kitobida yerning sharsimonligi va uni o‘lchash usullari to‘g‘risida, uchinchi kitobida o‘sha davrda ma‘lum bo‘lgan hududlarning kartalari va ularni geografik tasviri bayon etilgan ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |