9- mavzu. To’qimalar klassifikatsiyasi. Bir va ko’p qavatli epiteliylar Tayanch iboralar



Download 1,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana18.01.2022
Hajmi1,12 Mb.
#386952
1   2   3   4   5
Bog'liq
9-ma'ruza (1)

Ko‘p qavatli va bezli epiteley 

Kо‘p qavatli epiteliy asosan himoya funksiyasini bajaradi, shuning uchun ham  

u tananing kо‘proq tashqi ta’sirotlarga uchraydigan joylarini qoplaydi. U terining 

yuzasini,  og‘iz  bо‘shlig‘ini,  qizilо‘ngach,  kо‘zning  muguz  pardasini,  buyrakiing 

kosachasi, siydik pufagi, siydik chiqaruv yо‘li va qinni qoplaydi. Kо‘p qavatli yassi 

epiteliy  qavatma-qavat  joylashgan  hujayralardan  tuzilgan,  uning  faqat  bazal 

qavatidagi  hujayralari  bazal  membranada  yotadi.  Kо‘p  qavatli  epiteliy  3  turga 

bо‘linadi: 1) kо‘p qavatli yassi muguzlanmaydigan epiteliy; 2) kо‘p qavatli yassi 

muguzlanadigan epiteliy; 3) о‘zgaruvchan epiteliy. 

Kо‘p  qavatli  yassi  muguzlanmaydigan  epiteliy.  Bu  epiteliy  og‘iz 

bо‘shlig‘ining  ichki  yuzasini,  qizilо‘ngachning  shilliq  kavatini  va  kо‘z  muguz 

pardasini qoplaydi (51-rasm). U quyidagicha tuzilishga ega. Bazal membrana ustida 

silindrsimon shakldagi bazal qavat hujayralari yotadi. Uning ustida bir necha qavat 

joylashgan kо‘p qirrali hujayralarni kо‘ramiz. Bu  

 

51- rasm. Kо‘p qavatli yassi 



muguzlanmaydigln epiteliy.

 

1– yassi 



hujayralar qavati; 2 – tikanaksimon 

hujayralar qavati; 3– bazal hujayralar 

qavati; 4–bazal membrana; 5–

biriktiruvchi tо‘qima.

 

 

qavat  tikanaksimon  hujayralar 



qavati 

deb 


yuritiladi. 

Tikanaksimon  hujayralar  orasida 

hujayralararo 

kо‘prikchalar 

mavjud. 

Elektron 

mikroskop 

orqali tekshirilganda bu kо‘prikchalar sitoplazmatik о‘simtalardan tashkil topganligi 

aniqlangan.  Bu  о‘simtalar  bir-biriga  zich  tegib  turadi  va  bu  yerda  desmosomalar 

uchraydi. Desmosomalar hujayralarni о‘simtalar orqali о‘zaro bog‘lab turadi. Bazal 

va tikanaksimon hujayralarning sitoplazmasida maxsus organoidlar– tonofibrillalar 

joylashgan 

Tonofibrillalar  ingichka  (5–6  nm)  tonofilamentlardan  tashkil  topgan  bо‘lib, 

oqsil  tabiatiga  ega. U  bazal  hujayralarda  epiteliy  yuzasiga  perpendikulyar,  yuqori 

qavat hujayralarida hujayra yuzasiga parallel yotadi va ularda tayanch funksiyasini 

bajaradi.  Epiteliyning  eng  yuza  qavatida  yassilashgan  hujayralar  joylashgan.  Bu 

hujayralar о‘zining hayot siklini tugatib muguzlanmay tushib ketadi, shuning uchun 

ham  bu muguzlanmaydigan epiteliy deyiladi.

 

Kо‘p  qavatli  yassi  muguzlanuvchi  epiteliy.  Bu  epiteliy  terining  epidermis 



qavatini  tashkil  qiladi.  U  bir  necha  qavat  joylashgan  hujayralardan  tuzilgan. 

Morfofunksional  xususiyatlariga  qarab  5  ta  qavat  tafovut  qilinadi:  bazal  qavat, 

tikanaksimon hujayralar qavati, donador, yaltiroq va muguz qavatlar (52-rasm). 



52-rasm. Kо‘p qavatli yassi 

muguzlanuvchi epiteliy. 

1- muguz qavat; 2–yaltiroq 

qavat; 3 – donador hujayralar qavati; 4 

– tikanaksimon hujayralar qavati; 5–

bazal qavat; 6 – bazal membrana; 7 – 

ter bezining chiqaruv yо‘li;   8–

biriktiruvchi tо‘qima. 

 

Bazal 


va 

tikanaksimon 

hujayralar  qavati  kо‘p  qavatli 

yassi 


muguzlanmaydigan 

epiteliydagi  birinchi  va  ikkinchi 

qavatlarning 

tuzilishiga 

о‘xshaydi. 

Donador 


qavat 

sitoplazmasi 

keratogialin 

donachalarini 

tutuvchi 

yassi 


hujayralardan 

tashkil 


topgan. 

Keratogialin 

fibrillyar 

oqsil 


bо‘lib,  u  keyinchalik  keratinga 

aylansa kerak. 

Yaltiroq  qavat  asosan  kaft  va  tovon  terisida  uchraydi.  Bu  qavat  yadro 

tutmagan,  sitoplazmasi  oqsil  modda  –  eleidin  bilan  tо‘lgan  3–4  qavat  yassi 

hujayralardan  iborat.  Eleidin  yaxshi  bо‘yalmaydi,  lekin  kuchli  nur  sindirish 

xususiyatiga ega. Shuning uchun hujayralar chegarasi aniq bilinmaydi va bu qavat 

preparatda rangsiz yaltiroq tasma holida kо‘rinadi. Yaltiroq qavat hujayralari muguz 

tangachalar hosil bо‘lishidagi bir holatdir. 

Muguz  qavat  yassi  muguz  tangachalardan  iborat.  Ularning  tarkibida  havo 

pufakchalari 

va 

muguz 


modda-keratin 

bо‘ladi. 

Hujayralarning  muguz 

tangachalariga aylanishi ularning nobud bо‘lishi bilan boradi. Yadro va sitoplazma 

organoidlari parchalanadi, yaltiroq qavat bor joyda eleidindan, boshqa qismlarda esa 

tonofibrilla  materialidan  keratin  hosil  bо‘ladi.  Yassi  muguz  tangachalar  doimo 

tushib,  uning  о‘rniga  pastki  qavatdagi  hujayralar  siljib  keladi.  Buning  hisobiga 

epiteliy doimo tiklanib turadi. Bazal va tikanaksimon hujayralar bо‘linib, kо‘payib 

differensiallashadi hamda muguzlanish jarayoniga uchraydi va tushib ketadi, uning 

о‘rnini boshqa hujayralar tо‘ldiradi. Bu jarayon fiziologik regeneratsiya deyiladi. 




Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish