9- mavzu. Nanostrukturalar spektroskopiyasi asoslari. Nanostrukturalar spektroskopiyasining o’ziga xos tomonlari. Magnitaviy rezonans reja



Download 0,5 Mb.
bet1/3
Sana24.06.2022
Hajmi0,5 Mb.
#698367
  1   2   3
Bog'liq
9-mavzu ZFvaA.


9- mavzu. NANOSTRUKTURALAR SPEKTROSKOPIYASI ASOSLARI. NANOSTRUKTURALAR SPEKTROSKOPIYASINING O’ZIGA XOS TOMONLARI. MAGNITAVIY REZONANS


Reja

  1. . Nanosturkturalarda yorug’lik yutilishi va sochilishining uziga xos xususiyatlari.

  2. . Nanozarrachalar spektroskopiyasi.



Tayanch iboralar: Nanozarrachalar, dispers muxit, kolloid eritmasi, dispers tuzilish, metal pardalar, optik hossalar, rezonans yutilishi


Nanosturkturalarda yorug’lik yutilishi va sochilishining uziga xos xususiyatlari

Nanozarrachalarda yorug’likni yutilishi va sochilishi yirik namunalarga nisbatan o’ziga xos hususiyatlarga ega. Bu hususiyatlar ko’p sonli zarrachalarni o’rganishda yaqqolroq namoyon bo’ladi. Masalan, kolloid erimalar va donalangan pardalar nanozarrachalarning maxsus xossalari tufayli tezkor ravishda bo’yalishi mumkin. Dispers muhit optik xossalarini o’rganishning eng yaxshi namunasi oltindir. O’z vaqtida Faradey oltinning kolloid eritmasi va yupqa pardasi ranglari o’xshash ekanligiga e’tibor berdi va oltinning dispers tuzilishga ega ekanligi haqida fikr bildirgan.


Yorug’likning nozikdonadorlik metal pardalarida yutilishida spektrning ko’rinadigan qismida yirik namunalarda uchramaydigan yutilish chiziqlari (cho’qqilari) paydo bo’ladi1. Masalan, Ag zarralarinig donadorlik 4 nm diametrli pardalari yorug’likning λ=560-600 nm sohasida yaqqol namoyon bo’ladigan yutilish maksimumiga ega. Shunga o’xshash Ag, Cu, Mg, Li, K, Na, K nanozarralari ham optik diapazonda eng ko’p yutilishni ko’rsatadi.
Donalangan pardalarni yana alohida hususiyatlaridan biri yorug’lik spektrining ko’rinish sohasidan infraqizil sohaga o’tganda yutilishning kamayishidir. Tutash metal pardalarda esa, bundan farqli ravishda, yorug’lik to’lqin uzunligi ortishi bilan yutilish ham ortib boradi.
Optik hossalarning o’lchamlik effektlari o’lchamlari yorug’lik to’lqin uzunliklaridan sezilarli darajada kichik bo’lgan va 10-15 nm dan katta bo’lmagan nanozarralar uchun muhim rol o’ynaydi.
Nanozarrachalar va yirik metallar yutilish spektrlaridagi farqlar ularning dielektrik singdiruvchanliklari farqi tufayli yuz beradi ε= ε12. Diskret energetik spektrli nanozarrachalarning dielektrik singdiruvchanligi zarrachalar o’lchamlariga va nurlanish chastotalariga bog’liq. Dielektrik singdiruvchanlik nurlanish chastotasiga monoton emas, balki elektronlar holatlari orasidagi o’tishlar tufayli tez o’zgarib turuvchi holda bog’langan.
Tajribalarda optik xossalarni o’lchash uchun zarrachalarning soni 1010 dan kam bo’lmasligi kerak. Bunday miqdordagi bir xil o’lcham va shakldagi zarrachalarni hosil qilish amalda mumkin bo’lmagani uchun real sharoitlarda zarrachalar to’plami uchun tebranishlar tekislanib ko’rinadi.
Shunga qaramasdan ε ning o’rtacha qiymati yirik namuna ε sidan farq qiladi. Dielektrik singdiruvchanlikning mavhum qismi zarracha radiusi r ga teskari proporsionalligini ko’rish mumkin:
 ,
bunda ε∞,2( ) – yirik kristal dielektrik singdiruvchanligining mavhum qismi, A( )-chastotaga bog’liq funktsiya. Tajribalarda r=0,9-3,0 nm li oltin zarrachalari uchun λ=510 nm li o’zgarmas to’lqin uzunlikli nurlanishda ε2≈1G’r ekanligi tasdiqlangan. Zarrachalar o’lchamiga yutilish sohasi kengligi va uning past chastotali tomoni shakli ham bog’liq. Au va Ag nanozarrachalarini kichiklanganda yorug’likni yutilish sohasi kengayishi tajribalarda kuzatilgan.
Yana bir o’lchamlik effekti - yorug’likning rezonans yutilishi cho’qqisining siljishidir. Diametri yirik metaldagi elektronlarning erkin yugurish yo’li dan kichik zarralardagi elektronlarning erkin yugurish yo’li zarra radiusi r ga teng. Bu holda yorug’lik yutilishidagi effektiv relaksatsiya vaqtini

ko’rinishida ifodalash mumkin. Bunda τqλG’ - yirik metal namunasidagi relaksatsiya vaqti; – elektronlarning Fermi sathidagi tezligi. Zonalararo o’tishlarni hisobga olmasdan va faqat erkin elektronlar harakatini hisobga olgan holda

deb yozish mumkin. Bunda q4πNe2G’m*- plazma chastotasi, N, e, m*-erkin elektronlar zichligi, zaryadi va effektiv massasi.
Mi nazariyasida yorug’lik yutilishining eng katta qiymatiga εm=-ε1( ) sharoitida erishiladi. Buni hisobga olgan, juda mayda zarrchalar uchun  bo’lgan holda (2.56) dan rezonans chastota

ko’rinishga keladi. Bunga asosan, zarracha o’lchami kichiklashganda rezonans chastota ham kamayadi, ya’ni yutilish sohasi past chastotalar tomonga siljishi kerak. Lekin, kvantmexanik hisoblar zarracha o’lchamlari kichiklashganda rezonans yutilish cho’qqisi yuqori chastotalar tomoniga siljishini ko’rsatadi. Mana shunday qarama-qarshi natijalar tajribalarda ham ko’rinadi. Bunday siljishlar uchun elektron bulutining zarracha sirtida juda oz miqdorda o’zgarishi ham kifoya ekanligi tahmin qilinadi. Shunga asosan, yorug’lik yutilish sohasi kengligi zarrachalar o’lchamining murakkab funktsiyasi bo’lib, u D 1,1nm atrofida eng katta qiymatga erishadi.



Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish