87. Budjet nazorati va uni o’tkazish usullari Nazorat va muhokama uchun savollar


  Davlat  byudjeti  ijrosini  amalga  oshirishda  byudjet



Download 52,58 Kb.
bet16/25
Sana30.12.2021
Hajmi52,58 Kb.
#96900
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25
Bog'liq
kurs ishi cernovek

2.  Davlat  byudjeti  ijrosini  amalga  oshirishda  byudjet 

nazoratining o’rni va axamiyati. 

 

     Davlat  moliyaviy  nazorati  byudjet  to’g’risidagi  qonun  hujjatlarining 

moliyaviy nazorat ob’ektlari tomonidan buzilishi hollarini aniqlash, bartaraf 

etish va unga yo’l qo’ymaslik maqsadida davlat moliyaviy nazorat organlari 

tomonidan amalga oshiriladi.  

     Davlat moliyaviy nazorati:  

     Respublika  darajasida  —  O’zbekiston  Respublikasi  respublika 

byudjetining, davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining va respublika 

byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari byudjetdan tashqari 

jamg’armalarining shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan; 

     Mahalliy  darajada  —  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  byudjetining, 

viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining, Qoraqalpog’iston 

Respublikasi  byudjetidan,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  mahalliy 

byudjetlaridan  moliyalashtiriladigan  byudjet  tashkilotlari  byudjetdan 

tashqari  jamg’armalarining  shakllantirilishi  hamda  ijro  etilishi  ustidan 

amalga oshiriladi.  

     Davlat  moliyaviy  nazorat  organlari  davlat  moliyaviy  nazoratini  davlat 

moliyaviy nazorat organlari yoki vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadigan 

nazorat qilish yillik rejalariga muvofiq amalga oshiradi. 

     Ayrim  hollarda  rejadan  tashqari  davlat  moliyaviy  nazoratini  amalga 

oshirishga: 

     O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O’zbekiston Respublikasi 

Vazirlar Mahkamasining;  

     davlat moliyaviy nazorat organiga byudjet to’g’risidagi qonun hujjatlari 

buzilganligi faktlari to’g’risida ma’lumotlar kelib tushgan hollarda davlat 

moliyaviy nazorat organlari rahbarlarining qarorlari asosida yo’l qo’yiladi. 

     Davlat  moliyaviy  nazorat  organlari:  O’zbekiston  Respublikasi  Hisob 

palatasi, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning tasarrufidagi 

vakolatli organlar davlat moliyaviy nazorat organlaridir. 

     Davlat  byudjetining  va  davlat  maqsadli  jamg’armalari  byudjetlarining 

daromadlari qismi  bo’yicha davlat  moliyaviy nazorati berilgan vakolatlar 

doirasida davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.  

     Davlat  moliyaviy  nazorati  printsiplari.  Davlat  moliyaviy  nazoratini 

o’tkazishning  qonuniyligi  va  mustaqilligi,  shuningdek  davlat  moliyaviy 

nazorati  natijalarining  ishonchliligi  va  xolisligi  davlat  moliyaviy 

nazoratining printsiplaridir.  

     Budjet ijrosi jarayoni xaqida axborotlar budjet hisobini tashkil qilish va 

yuritish orqali shakllantiriladi. Bunda, belgilangan budjet tasnifi bo’yicha 

budjet  daromadlari  shakllantiriladi  va  xarajatlar  amalga  oshiriladi.  Budjet 

hisobini alohida xususiyatlaridan biri – budjet ijrosini to’g’ri tashkil etish, 

moliya  budjet  intizomiga  rioya  qilish  va  nazorat  funksiyasini  amalga 

oshirilishidir.  

     Nazorat  funksiyasi  orqali  budjet  mablag’laridan  maqsadli  foydalanish, 

mulklarni  saqlanishi  va  tayinlanishi  bo’yicha  sarflanishi  tizimi  yo’lga 

qo’yiladi.  

     Budjet  hisobida  ham  yuqorida  qayd  etilganidek,  nazoratning  uch  turi 

qo’llaniladi:  

- dastlabki nazorat;  

- joriy nazorat;  

- keyingi nazorat.  

     Dastlabki nazorat – smetalarni tuzish va tasdiqlash jarayonida amalga 

oshiriladi. Unda budjet intizomiga rioya qilinishi, shuningdek, qonunchilik 

talablari buzilishi oldi olinadi.  

     Joriy nazorat – budjet ijrosi jarayonida amalga oshirilib, sodir bo’lgan 

muomalalarni  qonuniyligi,  pul  mablag’larini  oqilona  sarflanishi,  mulkiy 

qiymatliklar  bo’yicha  hisob  ma’lumotlarini  xaqiqiy  holatga  mosligi, 

hisoblashuvlar holati va boshqalar nazorati amalga oshiriladi.  


Download 52,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish