8-sinfda Alisher Navoiyning «Kelmadi» radifli g‘azalini o‘ganish. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-sinf «Adabiyot»



Download 80 Kb.
bet2/5
Sana10.04.2022
Hajmi80 Kb.
#540731
1   2   3   4   5
Bog'liq
8-sinfda-Alisher-Navoiyning-Kelmadi

«G‘azalxon» guruhi:
Kecha kelgumdir debon ul sarvi gulro‘ kelmadi,
Ko‘zlarimga kecha tong otguncha uyqu kelmadi.
«Tadqiqotchi» guruhi: G‘azalning aksariyat so‘zlari o‘zbek tilida bo‘lgani uchun ham mazmuni barchaga tushunarli. Ya’ni matla’da lirik qahramon kecha (kechasi) yor («Sarvi gulro‘») kelaman deb, kelmadi, shuning uchun tong otgunga qadar ko‘zlariga uyqu kelmaganini ma’lum qilyapti. Lirik qahramonning bu holati baytning dunyoviy mazmuni desak, uning ilohiy mazmuni haqida shuni aytish
mumkinki, oshiq tuni bilan uxlamay Allohning jamoliga yetish maqsadida zikr qildi. Unga hamd-u sano aytdi. Islom ta’limotiga ko‘ra tasavvufda inson qalbidan tashqari yana ikkita qalb zikr qilinadi. Biri Qur’onning qalbi - «Yosin» surasi bo‘lsa, ikkinchisi kechaning qalbi tundir. Tasavvufda uch qalb birlashganda qilingan tilak va duolar ijobat bo‘ladi, degan qarash bor. Zero, «Yosin» surasining 40-oyatida: «Nа quyosh oyga yetishi mumkin va na kecha kunduzdan o‘zuvchidir». (Quyosh, oy va yulduzlarning) har biri (bir) falakda suzuvchidir, - deb zikr qilinadi.
«Tilshunos» guruhi:
Baytning qofiya so‘zlari: Gulro‘ - (fors-tojikcha) gulyuz. Uyqu - o‘zbekcha. Zid ma’noli so‘zlari: kecha - tong. «Sarv» (fors) tik o‘sadigan daraxtning nomi.


«G‘azalxon» guruhi:
Lahza-lahza chiqdim-u, chekdim yo‘lida intizor,
Keldi jon og‘zimg‘a-yu, ul shoxi badxo‘ kelmadi.


«Tadqiqotchi» guruhi: Betoqat oshiq har zamon- har zamon chiqib, ma’shuqa yo‘liga intizor bo‘ldi, hatto joni uning og‘ziga keldi-yu, lekin u sho‘x go‘zal kelmadi. Baytning ilohiy mazmuni: lirik qahramon Allohga munojot qilishda davom etyapti. «Keldi jon og‘zimg‘a» iborasi «Jondan kechmasang, jonona qayda» naqlining ma’nosiga yaqin turadi. Zero, Alloh vasliga yetishish insondan cheksiz mashaqqatni talab qiladi, go‘yo Farhod yor vasliga yetishish uchun metindek toshlarni kesib, tog‘ning narigi yog‘idagi suvni chiqargani yoki Majnunning o‘z huzur-halovatidan kechib cho‘l-u sahrolarda sarson kezgani kabi.



Download 80 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish