8-sinfda Alisher Navoiyning «Kelmadi»
radifli g‘azalini o‘ganish.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-sinf «Adabiyot» darsligida Alisher Navoiyning to‘rtta g‘azali va ikkita qit’asi o‘rganish uchun taqdim etilgan bo‘lib, dasturda bunga olti soat rejalashtirilgan. «Kecha kelgumdir debon...» g‘azalini o‘rganishga bir soat ajratish mmkin.
Darsning ta’limiy maqsadi:
har bir baytning dunyoviy va ilohiy mazmunini tadqiq etish;
g‘azaidagi umummilliy, umumbashariy g‘oyalar va shoir badiiy dahosi haqida ma’lumot berish;
g‘azal haqida nazariy ma’lumot berishdan iborat.
Tarbiyaviy maqsadi : o‘quvchilarning ko‘ngillarini go‘-
zallikka oshno etish bilan ularni ezgulikka da’vat qilish, yovuzlikdan va qabohatdan qaytarisn ;
Rivojlantiruvchi maqsadi :
o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini o‘stirish;
so‘zning qudratini his etishga ko‘maklashish;
asarning badiiy tahlili asosida o‘quvchilarni ma’naviy kamolot sari yo‘naltirish ;
Darsda aqliy hujum, klaster, ifodali o‘qish, badiiy tahlil, munozara, muhokama kabi usullardan foydalanildi.
Navoiy portreti, «Navoiy va uning izdoshlari» bukleti, «So‘z gulshani» kompozitsiyasi (g‘azaldagi ismga mos keluvchi so‘zlar gul shaklida peshonabog‘da aks ettirilgan), magnitofon, kompyuterdan dars jihozi sifatida foydalaniladi. Mazkur darsda o‘quvchilar DTS talablari asosida o‘zlashtirishlari lozim bo‘lgan BKMIar quyidagilar:
Ijodkor va uning mahorati haqidagi bilimlar (B);
G‘azal haqidagi nazariy ma’lumot (B);
She’riy vazn va qofiya haqidagi bilim (B);
G‘azalning umumiy mazmuni (B;K);
G‘azal turlarini ajrata olish (B;K);
She’riy san’atlarni ajrata olish (B;K);
lirik qahramon maqsadini anglash (K;M);
G‘azalni yoddan ifodali o‘qiy olish (K;M);
G‘azalning mazmun-mohiyatini hayotga tatbiq eta olish (K;M).
Avval o‘quvchilar uch guruhga taqsimlanadi, guruhlar «G‘azalxon», «Tadqiqotchi» va «Tilshunos» deb nomlanadi. Guruh a’zolari Sarvi, Gulro‘, Sho‘xibadxo‘, Oydin, Parivash, Hariddin, Devona, Tolib, Sodiq, Avvalqadam, Xurram ismli peshonabog‘larni taqishadi.
So‘ngra o‘tiladigan mavzu - «Kecha kelgumdir debon...» g‘azalini o‘qituvchi yoddan ifodali o‘qib beradi. O‘quvchilar bilan birgalikda g‘azalining lug‘ati ustida ish olib boriladi. Asar matni mohiyatiga kirilgach, uni yana bir marta o‘qituvchi o‘qib beradi. Snundan so‘ng o‘quvchilarga g‘azalni- kuyga solib ijro etilgan holati eshittiriladi.
«G‘azalxon» guruhining badiiy so‘zga moyilligi bor o‘quvchilaridan biri bu qo‘shiqqa yana bir buyuk zot - Abdulla Oripov ayricha «ta’rif» berganini aytib, shoirning «Munojotni tinglab» she’rini «Munojot» kuyi yangragan fonida ifodali o‘qib beradi.
Qani ayt, maqsading nimadir sening,
Nega tilkalaysan bag‘rimni, ohang,
Nechun kerak bo‘ldi senga ko‘z yoshim,
Nechun kerak, rubob, senga shuncha g‘am!
Eshilib, to‘lg‘anib ingranadi kuy,
Qaylardan kelmoqda bu oh-u faryod?
Kim и yig‘layotgan Navoiymikan,
Va yo may kuychisi Xayyommikin, dod!
Bas, yetar, cholg‘uchi bas qil sozingni,
Bas, yetar ko‘ksimga urmagil xanjar,
Nahotki dunyoda shuncha g‘am bordir...
Agar shu «Munojot» rost bo‘lsa, agar.
Agar aldamasa shu sovuq simlar,
Gar shul eshitganim bo‘lmasa ro‘yo
Sen beshik emassan, dorsan tabiat,
Sen ona emassan, jallodsan dunyo!
Eshilib, to‘lg‘anib ingranadi kuy,
Asrlar g‘amini so‘ylar «Munojot»
Kuyi shunday bo‘lsa, g‘amning o‘ziga
Qanday chiday olgan ekan odamzod!..
Shundan so‘ng yangi mavzuni o‘tilgan mavzu bilan bog‘lash maqsadida quyidagi klaster (tarmoq) usulidan foydalanib o‘quvchilardan javoblar olinadi.
Navoiy g‘azal mulkining sultoni:
14-15 yoshiga Lutfiyning lutfiga sazovor bo‘lgan
«Devoni Foniy»da 600 ta g‘azal bor.
Buyuk tasavvuf shoiri
«Xazoyin ul-maoniy»da 2600 ta g‘azali bor.
G‘azal haqida nazariy ma’lumot:
arabcha oshiqona so‘z «Ayolga xushomad ma’nosinini bildiradi»:
bayti matla’, oxirgi bayti maqta’ deyiladi. mustaqil baytlardan tuzilgan g‘azal So‘ngra o‘quvchilarni g‘azal baytlarini ketma-ketlikka amal qilgan holda sharhlashga yo‘naltiriladi. Bu ishni o‘qituvchiing rahbarligida o‘quvchilarning o‘zlari amalga oshiradilar.
O‘quvchilarga murojaat qilib, shoirning ushbu g‘azalini bizdan oldin ham buyuk olimlar, yuzlab g‘azal ixlosmandlari o‘z fikri va dunyoqarashi doirasida sharhlaganini, ta’rif-u tavsif qilgani ma’lum qilinadi. G‘azalni o‘qigan har bir o‘quvchi beixtiyor uning lirik qahramoniga aylanadi. Qalbida ishq jo‘sh uradi. Go‘yo dardiga dardkash topadi. Navoiyning baidiiylikdagi daholigi ham ayni shundadir. Shu boisdan ham Navoiy bashariyat qalbini zabt eta olgan shoir hisoblanadi.
Shundan song «G‘azalxon» guruhi g‘azalni baytma- bayt ifodali o‘qib borishi, «Tadqiqotchi» guruhi ularni sharhlash, «Tilshunos» guruhi a’zolari esa baytlarni til nuqtayi nazaridan tahlil etishlari ma’lum qilinadi. Guruhlardagi yangi ism olgan o‘quvchilar o‘z ismlarini sharhlab berishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |