8-sinf O’zbekiston davlati va huquqi asoslari fani 9-mavzu Fuqarolik jamiyati



Download 1,52 Mb.
Sana29.06.2022
Hajmi1,52 Mb.
#718062
Bog'liq
Fuqarolik jamiyat 8- huquq


8-sinf O’zbekiston davlati va huquqi asoslari fani 9-mavzu
Fuqarolik jamiyati

Fuqaro va fuqarolik haqidagi tasavvurlar paydo bo‘lgan davrlardan boshlab fuqarolarning umumiy uyushmasi sifatida jamiyat tushunchasi yuzaga keldi.

Bu tushuncha avvalo, Sharqda, jumladan, qadimgi Bobilda “Hammurapi qonunlari”, qadimgi Turonda “Avesto” siyosiy va huquqiy axloqiy ta’limoti bilan bog‘liq otashparastlik, ya’ni zardushtiylik davrida, keyinchalik qadim Ellada va Rimda paydo bo‘ldi.


Hammurapi qonunlari

Fuqarolik jamiyatini tasavvur qilishni osonlashtirish uchun uning asosiy bеlgilarini sanab o‘tish maqsadga muvofiqdir.

Fuqarolik jamiyatining asosiy bеlgilari quyidagilardan iboratdir:

– barcha mulkchilik shakllariga bir xilda munosabatda

bo‘linishi, ya’ni mulkchilik shakllarining qonun doirasida

tеngligi;

– erkin mеhnat qilish va kasb tanlash imkoniyati;

– tadbirkorlikka kеng imkoniyatlar yaratilganligi;

– siyosiy erkinliklarning mavjudligi;

– fikrlar xilma-xilligi va axborot erkinligining mavjudligi;

– inson huquq va erkinliklarining kafolatlanganligi;

– o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining rivojlanganligi;

– adolatli huquqiy hokimiyatning mavjudligi;

– huquq ustuvorligining ta’minlanganligi.

Fuqarolik jamiyati – komil fuqarolardan, ya’ni uzviy bog‘liqlikda bo‘lgan hamda axloqiy, huquqiy va siyosiy madaniyatga ega odamlardan iborat jamiyat.

Fuqarolik jamiyati uning a’zolari bo‘lmish fuqarolarning o‘zlari tomonidan boshqarilib turiladigan va qat’iy qaror topgan jamiyat.

Fuqarolik jamiyatining xususiyatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

Iqtisodiy sohada: nodavlat notijorat tashkilotlarning, shirkatlarning, aksiyadorlik kompaniyalarining, korporatsiyalarning, firmalarning mavjudligi va ularning muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishlari uchun barcha sharoitlarning yaratilganligi.


Ijtimoiy-siyosiy sohada: fuqarolar, oilalar, siyosiy partiyalar, jamoat
tashkilotlari, ijtimoiy harakatlar, o‘zini-o‘zi boshqarish organlari,
nodavlat ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy qarama-qarshiliklarni qonun doirasida yеchish imkoniyatlari, aholi fikrini o‘rganish,
shakllantirish va ifoda etish uchun shart-sharoitlarning mavjudligi.
Ma’naviy sohada: so‘z va fi kr erkinligi, vijdon erkinligi, ijodiy
uyushmalarning mustaqilligi, ilmiy uyushmalarning mustaqilligi,
ma’naviy tahdidlardan himoyalanganlikning ta’minlanganligi.

Fuqarolik jamiyati, davlatning tazyiqisiz, qonun doirasida vujudga kelgan muayyan kishilik jamiyatining ixtiyoriy o‘zini-o‘zi boshqarishi deb tushuniladi.

O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining quyidagi belgilari mavjud:

1. Siyosiy partiyalar va ijtimoiy-siyosiy harakatlar.

2. Jamoat tuzilmalari.

3. Nodavlat notijorat tashkilotlar.

4. Ta’lim-tarbiya muassasalari.

5. Diniy tashkilotlar.

6. Milliy-madaniy markazlar.

7. Jamoatchilik fikrini o‘rganish tashkilotlari.

8. Oila hamda uning manfaatlarini aks ettiruvchi maxsus

tashkilotlar.

9. Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari.

10. Ommaviy axborot vositalari.

11. Demokratik saylov tizimi.

O‘zbekistonda fuqarolarining o‘zini-o‘zi boshqarish tuzilmalari mavjud bo‘lib, bunda mahalla alohida ahamiyatga ega.


Yashash joyidagi milliy o‘zi ni-o‘zi boshqarishning
o‘ziga xos modeli bo‘lgan mahalla, xalqimizning asriy an’analari va urf-odatlariga tayanib, muhim
tashkiliy-iqtisodiy va tarbiyaviy funksiyalarni bajaradi.

Bag‘rikenglik va hamkorlikda ish olib borish o‘zbek xalqining mentalitetiga xosdir.


Umid bildirish mumkinki, O‘zbekistonda fuqarolik
jamiyatini rivojlantirishda ayni mana shu xususiyatlar
yetakchilik qiladi.

O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining taraqqiy topishini quyidagi asosiy yo‘nalishlarda amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir:

1) Mulkni davlat tasarrufi dan chiqarish;


4) Maqbul ijtimoiy dasturlar ishlab chiqish.
3) Ishlab chiqarishni yuksaltirish;
2) Ko‘ppartiyaviylik tizimini rivojlantirish;

Fuqarolik jamiyati sharoitida davlat va shaxs huquqning teng subyektlari sifatida faoliyat yuritadilar. Bu esa, o‘z navbatida huquqiy demokratik davlat sharoitidagina yuz berishi mumkin bo‘lgan holatdir.

Savol va topshiriqlar:

1. Fuqarolik jamiyatini qanday ta'riflash mumkin?

2. Fuqarolik jamiyati qanday belgilari bilan ajralib

turadi?

3. Fuqarolik jamiyatining xususiyatlarini sanab

bering.

4. Fuqarolik jamiyati sharoitida davlatning roli

qanday bo‘ladi?

5. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining qanday

belgilari mavjud?

6. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining qanday

institutlari mavjud?

7. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish

borasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?


Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish