1. G’arbiy Turk xoqonligining markazini aniqlang.
A) Qoshg’ar
B) Sug’diyona
C) Yettisuv
D) Oltoy
2. Sharqiy Turk xoqonligi aholisining asosiy qismini kimlardan iborat edi?
A) dashtliklar
B) ko'chmanchi chorvadorlar
C) o'troq aholi
D) hunarmand va dehqonlar
3. G’arbiy Turk xoqonligining aholisi asosan nima bilan shug’ullangan?
A) chorvachilik va ovchilik
B) chorvachilik va baliqchilik
C) dehqonchilik, savdo va hunarmandchilik
D) chorvachilik
4. G’arbiy Turk xoqonligi nihoyatda kuchaygan davrini aniqlang.
A) VII asrning 30- yillari
B) VII asrning 80-yillari
C) VII asrning birinchi choragi
D) VII asrning o’rtalari
5. VII asrning boshlarida G’arbiy Turk xoqonligining janubiy chegarasi qayerga borib taqalardi?
A) Sind daryosiga
B) G’azna shahriga
C) Qobul shahriga
D) Marv shahriga
6. VII asrning boshlarida G’arbiy Turk xoqonligining sharqiy chegarasi qayerga borib taqalardi?
A) Sind daryosiga
B) Xo'tan shahriga
C) Oltoyga
D) Marv shahriga
7. VII asr boshlarida G’arbiy Turk xoqonligida boshqaruv islohoti o’tkazgan xoqonni aniqlang.
A) Bilga xoqon
B) To'ng yabg’u
C) Tunyuquq
D) Kultegin
8. Xoqon To'ng yabg’u mahalliy hukmdor va hokimlarga qanday unvon bergan edi?
A) tegin
B) shod
C) takin
D) yabg’u
9. Xoqon To'ng yabg'u hukmronlik qilgan yillarni aniqlang.
A) 620-630 yillar
B) 612-630 yillar
C) 621-640 yillar
D) 618-630 yillar
10. VII asr boshlarida G’arbiy Turk xoqonligida o’tkazilgan islohotlarga ko’ra mahalliy hukmdorlar huzuriga yuborilgan shaxslarni aniqlang.
A) takin
B) yabg’u
C) shod
D) tudun
11. Sarrojlik bu-...
A) savdogarlik
B) sudxo’rlik
C) egar-jabduq yasash
D) namat yasash
12. Turk xoqonligi davrida qaysi hududlardan kumush, qo’rg’oshin va oltin qazib olingan?
A) Xorazm
B) Farg’ona
C) Eloq
D) Sug’d
13. VII asrning birinchi yarmida G'arbiy Turk xoqonligi bilan qaysi davlat o'rtasida iqtisodiy aloqalar faollashgan edi?
A) Eron
B) Hindiston
C) Xitoy
D) Vizantiya
14. VII asr boshlarida G’arbiy Turk xoqonligi Xitoyga necha marta savdo elchiligi jo’natgan edi?
A) 9 marta
B) 2 marta
C) 5 marta
D) 6 marta
15. Qachon Buxoro, Samarqand, Ishtixon va Ustrushonadan birlashgan juda katta karvon Xitoyga yetib borgan edi?
A) 627 yilda
B) 628 yil
C) 625 yil
D) 630 yilda
16. O’rta Osiyoning qaysi hududiga 585-586 yillar xalq qo’zg’oloni bo’lib o’tgan edi?
A) Buxoroda
B) Farg’onada
C) Poykandda
D) Marvda
17. Abruy kelib chiqishiga ko'ra qanday ijtimoiy tabaqaga mansub bo'lgan?
A) kudungar bo'lgan
B) xoqon xonadoniga mansub bo'lgan
C) sarroj bo'lgan
D) duradgor-najjor bo'lgan
18. Abruy qo'zg'olonidan vahimaga tushgan Buxoroning mulkdor dehqon va savdogarlari qayerga borib o'rnashganlar?
A) Choch va Eloq
B) Farg'ona va Qoshg'ar
C) Surxondaryo va Toxariston
D) Turkiston va Taroz
19. Abruy qo’zg’olonini bostirgan shaxsni aniqlang.
A) Sheri Kishvar
B) Gurak
C) Bilga xoqon
D) Tunyabg’u