1. Baqtriya yozuvi asosida shakllangan yozuvni aniqlang.
A) toxar
B) xorazm
C) runiy
D) sug’d
2. Sug’d va xorazm yozuvlari qadimgi qaysi yozuv asosida vujudga kelgan?
A) elam
B) runiy
C) bobil
D) oromiy
3. Ilk o'rta asrlarda xat, hujjat va ayrim axborotlar asosan nimalarga yozilgan?
A) charm, yog'och va sopol
B) qog'oz, yog'och va charm
C) ipak, yog'och va sopol
D) devor, yog'och va sopol
4. Qal’ayi Mug’, Turfan va Afrosiyobdan topilgan yozuvlar qaysi alifboda yozilgan?
A) xorazm
B) sug’d
C) runiy
D) toxar
5. Turfan shahri qayerda joylashgan edi?
A) Panjikent yaqinida
B) Sharqiy Turkiston
C) Baqtriyada
D) Farg'onada
6. Sug'dda o'g'il bolalar necha yoshga kirgandan keyin yozuv va hisobga o'rgatilar edi?
A) 6 yosh
B) 4 yosh
C) 5 yosh
D) 7 yosh
7. Sug’dda o'g'il bolalar necha yoshga yetgandan keyin karvonlarga qo'shilib, savdo ishlari bilan uzoq yurtlarga ketganlar?
A) 18 yoshda
B) 15 yoshda
C) 14 yoshda
D) 20 yoshda
8. Turkiy runik yozuv nechta harfdan iborat bo'lgan?
A) 36-38 ta harf
B) 25-30 ta harf
C) 38-40 ta harf
D) 35-37 ta harf
9. Ilk o’rta asrlarda aholining asosiy ko’pchiligi qaysi dinga e’tiqod qilgan?
A) moniylik
B) xristianlik
C) buddaviylik
D) zardushtiylik
10. Samarqand viloyatining Urgut tumani qaysi dinning Orta Osiyodagi markazi hisoblangan?
A) moniylik
B) zardushtiylik
C) nestorianlik
D) buddaviylik
11. Moniy dinining arkonlarini aniqlang.
A) moniylikda arkonlar bo’lmagan
B) ibodat, ro’za va sadaqa berish
C) ibodat, namoz va ro’za
D) ro’za tutish va olovga sig’inish
12. Turkiylarning qam e’tiqodiga ko’ra koinotni yoqlikdan bor qilgan xudo..
A) Azarxurra
B) Xubbi
C) Buyuk Shaman
D) Ko’k tangri
13. Turklarning qam e'tiqodiga ko'ra Ko'ktangriga nima qurbonlik qilingan?
A) boboq xo'roz
B) oq qashqa ho'kiz
C) oq kaptar
D) qora qashqa ot
14. Qo’rg’ontepa yaqinidagi Ajinatepadan topilgan budda xaykali balandligi qanchaga yetadi?
A) 20 metr
B) 12 metr
C) 8 metr
D) 10 metr
15. Xitoy ayyonlari ilk o’rta asrlarda qaysi hududning raqsiga tan berishgan?
A) Farg’ona
B) Xorazm
C) Sug’d
D) Choch
16. O'zining qiziqchilari bilan mashhur bo'lgan hududni ayting.
A) Buxoro
B) Choch
C) Samarqand
D) Farg'ona
17. Ilk o’rta asrning ganchkorlik namunalarining nodir yodgorliklari qayerdan topib o’rganilgan?
A) Quva
B) Ayritom
C) Afrosiyob
D) Varaxsha