1. Yaponiyada mulkchilik munosabatlari nechanchi asrlarda uzil-kesil shakllangan?
XI-XII asrlarda
2. Yaponiyada qanday yerlar merosiy bo`lib barcha soliqlardan ozod etilgan?
Syoen
3. Yaponiyada yirik yer egalarining eng nufuzlilari qanday atalgan?
Xanke
4. Yaponiyada yirik yer egalarining eng nufuzlilarining vassallari kimlar bo`lgan?
Ryoka
5. Yaponiyada harbiy bo`linmalar jangchilari qanday nomlangan?
Samuray
6. Yaponiyani nechanchi asrdan boshlab imperator boshqargan?
XII asrdan
7. Yaponiyada imperator qanday ataladi?
Mikado
8. Yaponiyada dastlab syogunlik XII asrning oxiridan kim tomonidan o`rnatiladi?
Minamoto
9. Yaponiyada imperator poytaxti qaysi shahar bo`lgan?
Kioto
10. Minomoto davlatni o`zining qayerdagi qal’a-saroyidan turib boshqargan?
Kamakura
11. Nechanchi asrlarda yapon qishloqlarida ocharchiliklar tez-tez takrorlanib turgan?
XIV-XV asrlarda
12. Yaponiyaning yirik, aholi zich yashaydigan port shaharlar qaysilar?
Sakai, Xyogo, Xakata, Nagasaki
13. Hindistonning shimoliy hududlariga turk va afg`on qabilalarining hujumlari va joylashuvi nechanchi asrlarda ayniqsa kuchaygan?
XI-XII asrlarda
14. Dehli sultonligi qachon tashkil topgan?
1206 yilda
15. Dehli sultonligiga kim asos solgan?
Qutbiddin Oyboq
16. Dehli sultonligi nechanchi yilarda mavjud bo`lgan?
1206-1526 yillarda
17. Dehli sultonligining poytaxti qaysi shahar bolgan?
Dehli
18. Qutbiddin Oyboqning qo`shini asosini kimlardan tuzilgan suvoriylar tashkil qilgan?
turklardan
19. Nechanchi asrlar davomida Dehli sultonligining barcha hududlarida musulmonlar hokimiyati uzil-kesil o`rnatiladi?
XII-XIII asrlarda
20. Sulton Qutbiddin Oyboq vafotidan so`ng taxtga kim keladi?
Shamsiddin Eltutmish
21. 1211-1236 yillarda Dehli sultoni kim bo`lgan?
Shamsiddin Eltutmish
22. Kimning boshqaruvi davrida Panjob, Sind, Bengaliya Dehli sultonligiga bo`ysundiriladi?
Shamsiddin Eltutmish
23. Dehli sultonligida davlatga dastlab dehqonlar hosilning qancha qismini to`laganlar?
1/5
24. Dehli sultonligida XIII asr oxiridan davlatga dehqonlar hosilning qancha qismini to`laganlar?
1/4
25. Dehli sultonligida yer egaligining asosiy turi nima hisoblangan?
iqto
26. Kim Dehli shahrining atrofidagi qishloqlarni o`z shaxsiy gvrdiyasining 2000 suvoriysiga iqto’ qilib bo`lib bergan?
Shamsiddin Eltutmish
27. Hindistonda qanday yerlar davlat ixtiyoridagi yerlar bo`lib, undan olinadigan soliqlar xazinaga tushib, davlat xarajatlari va maxsus qo`shinni ta’minlash uchun ishlatilgan?
Xolisa
28. Dehli sultonligining qaysi hukmdori islohotlar o`tkazib, davlat xazinasi daromadlarini oshiradi, kuchli qo`shin tuzib, o`zboshimcha feodallarni bo`ysundiradi?
Alouddin Xiljiy
29. Dehli sultonligida kim 1325 yilda taxtga keladi?
Muhammad Tug`luq
30. Muhammad Tug`luq kimning o`g`li?
Alouddin Xiljiy
31. Kim o`z hukmdorligini otasi paytida mustaqillik yo`lini tutgan knyazliklarni bo`ysundirishdan boshlaydi?
Muhammad Tug`luq
32. Dehli sultonligining qaysi hukmdori o`zini «Iskandar Zulqarnaynning davomchisi» deb nomlagan?
Muhammad Tug`luq
33. Dehli sultonligining qaysi hukmdori davrida Hindiston yarimoroli to`liq birlashtirildi?
Muhammad Tug`luq
34. Dehli sultonligining qaysi hukmdori poytaxtni Davlatobodga ko`chirgan?
Muhammad Tug`luq
35. Davlatobod shahrining avvalgi nomi qanday atalgan?
Devagiri
36. Dehli sultonligining qaysi hukmdori davrida Hindistonda qatoriga 7 yil qurg`oqchilik davom etgan?
Muhammad Tug`luq
37. Dehli sultonligining qaysi hukmdori davrida soliqlar kamaytirilib, davlat yerlari dehqonlarga ijaraga bo`lib berilgan?
Feruzshoh Tug`luq
38. Dehli sultonligining qaysi hukmdori davrida qishloq xo`jaligi, hunarmandchilikning yuksalishi oqilona boshqaruvi sultonga xalq homiysi sifatida shuhrat keltiradi?
Feruzshoh Tug`luq
39. Dehli sultonligining qaysi hukmdori 1398-1399 yillarda Amir Temur qo`shinlariga qarshi kurashadi?
Mahmud
40. Amir Temurning Hindistonga yurishidan so`ng …?
Hindiston mayda knyazliklarga bo`linib ketdi
41. 1414-1451 yillarda Hindistonda qaysi sulola hukmronlik qilgan?
Sayidlar
42. 1451-1526 yillarda Hindistonda qaysi sulola hukmronlik qilgan?
Lo`diylar
43. Hindistonda Sayyidlar sulolasini kim taxtdan tushiradi?
Bahlul Lo`diy
44. 1451-1489 yillarda Hindistonda kim hukmronlik qilgan?
Bahlul Lo`diy
45. Kim Hindistonda Zahiriddin Boburga qarshi kurashadi?
Ibrohim Lo`diy