1. Afrikaning sharqidagi Misr, Arabiston va Hindiston bilan savdo aloqalari ta’sirida qaysi davlatlar tashkil topgan?
Nubiya va Aksum
2. Aksum hozirgi qaysi davlat hududida boolgan?
Efiopiya
3. Arab savdogarlari VII asrdan Sudan yerlariga, O`rta dengiz sohillaridan Afrikaga yuksak qadrlanuvchi nima keltirganlar?
tuz
4. O`rta asrlarda Niger va Senagal daryolari havzasida qaysi davlatlar tashkil topadi?
Gana, Mali, Songai
5. Niger va Senagal daryolari havzasidagi davlatlarning dastlabkisi G`arbiy Sudandagi qaysi davlat bo`lgan?
Gana
6. Gana davlati qachon vujudga kelgan?
VIII asrda
7. Gana davlati nechanchi asrda o`z taraqqiyotining cho`qqisiga erishadi?
X asrda
8. Gana va Malining shimoli-sharqida songai qabilalari qaysi shahar atrofida yashagan?
Gao
9. Ma’lumki, Gana davlatining daromad manbalaridan biri bu – savdodan keladigan boj to`lovlari edi.Ushbu bojning asosiy qismini qayerlik savdogarlar to`laganlar?
Arablar, barbarlar va yahudiylar
10. O’rta asrlarda Gana podshosi va zodagonlari qanday mahsulotlar savdosidan katta foyda olganlar?
oltin va tuz
11. O’rta asrlarda Marokash sultoni qachon katta qo`shin bilan Ganani istilo qilib, uni talagan?
1076 yilda
12. O’rta asrlarda qaysi Marokash sultoni katta qo`shin bilan Ganani istilo qilib, uni talagan?
Abu Bakr
13. Qachon Gana xalqi marokashliklar zulmiga qarshi qo`zg`olon ko`taradilar?
1087 yilda
14. Mali davlat sifatida nechanchi asrlarda vujudga kelgan?
VIII-IX asrlarda
15. Qachon Mali aholisi islom dinini qabul qiladi?
XI asrda
16. Mali davlati qachon o`z taraqqiyotining cho`qqisiga erishadi?
XIII asrda
17. 1230-1255 yillarda Mali davlatida kim hukmdor bo`lgan?
Sundiata Keyt
18. Mali davlatining qaysi hukmdori qadimgi Gana yerlarini bosib olgan?
Sundiata Keyt
19. Mali davlatining qaysi hukmdori Makkaga haj safari uyushtiradi?
Muso I
20. Mali davlatining hukmdori Makkaga qachon haj safari uyushtiradi?
1324 yilda
21. Mali davlatini qaysi hukmdorining Makkaga haj safarida bo’lgani uzoq yillar davomida arab dunyosida oltinning narxi pasayishiga sabab bo’lgan?
Muso I
22. Mali davlatining poytaxti qaysi shahar bo’lgan?
Niara
23. O’rta asrlarda qaysi davlat hukmdorlari o`z yaqinlarining toj-u taxtga tajovuzidan qo`rqib, ko`pincha saroy amaldorlarini, lashkarboshilarni va hatto jangchilarni ham qo`shni qabilalar vakillaridan olishgan?
Mali
24. O’rta asrlarda Afrikadagi qaysi davlat hukmdorining shaxsiy gvardiyasi qullardan tuzilgan?
Mali
25. Feodal tarqoqlik, sulolaviy nizolar nechanchi asrda Malining zaiflashuviga olib kelgan?
XIV asr ohirida
26. Mali davlati nechanchi asrda butunlay inqirozga uchrab, parchalanib ketadi?
XV asrda
27. O’rta asrlarda Afrikadagi Gao shahri qaysi davlatning poytaxti bo`lgan?
Songai
28. Songailiklarning qaysi hukmdori XIV asr oxirida Malini yengib, mustaqil davlat tuzadi?
Almi
29. O’rta asrlarda Songai davlati qaysi daryo havzasida o`z hukmronligini to`liq o`rnatgan?
Niger daryosi
30. O’rta asrlarda Afrikadagi qaysi davlatning asosiy daromad manbai tranzit savdosi va oltin konlari edi?
Songai
31. O’rta asrlarda Afrikadagi qaysi davlatning gullab-yashnashi IV-V asrlarga to`g`ri keladi?
Aksum
32. O’rta asrlarda Afrikadagi qaysi davlat Rim imperiyasi, keyinchalik Vizantiya bilan yaqin iqtisodiy va madaniy aloqda bo`ladi?
Aksum
33. O’rta asrlarda Afrikadagi qaysi davlat hukmdori va uning a’yonlari xristian dinini qabul qiladilar?
Aksum
34. Aksumda nechanchi asrda hokimiyat yangi sulola qo`liga o`tadi?
X asrda
35. Efioplarning xristian davlati nechanchi asrda qayta tiklangan?
XII asrda
36. Efiopiyada Solomon sulolasi qachon taxtga kelgan?
XIII asrda
37. Solomonlar sulolasi Efiopiyada qachongacha imperator bo`lib qoladi?
1974 yilgacha
38. Aksumning birinchi hukmdori kim bo`lgan?
Manelik
39. Kim podsho Sulaymonnning Arabiston malikasidan tug`ilgan o`g`li bo`lgan?
Manelik
40. Shoh Lalibeli ibodatxonasi qaysi davlatda joylashgan?
Aksum
41. Arablarning Sharqiy Afrikadagi dastlabki savdo qo`rg`onlari nechanchi asrlarda shakllangan?
VIII-IX asrlarda
42. Aksumda nechanchi asrda mahalliy yozuv islohoti o`tkaziladi?
IV asrda
43. Afrikaning qaysi davlatida qadimgi alifbo hozirgi kunga qadar saqlanib qolgan?
Aksum
44. O’rta asrlarda qaysi davlatda qurilgan saroylar, xristian ibodatxonalari va yerosti dahmalari bugungi kungacha saqlanib qolgan?
Aksum
45. O’rta asrlasda qaysi davlatda shoh saroyida jezdan ishlangan jangchi nog`orasi, podsho va a’yonlari bo`rtma rasmlari topilgan?
Aksum