1. Ilk o`rta asrlarda qanday xo`jalik hukm surgan?
Natural xo`jalik
2. O'rta asrlarda qaysi davlatda qirol farmoniga binoan asosiy yo`llarga tosh yotqizila boshlagan?
Fransiyada
3. G`arbiy Yevropada XIII-XV asrlarda Ispaniya, Italiya Janubiy Fransiyani dengiz orqali Vizantiya hamda Osiyo mamlakatlari bilan bog`laydigan qaysi savdo yo`li harakatda bo`lgan?
Levant yo`li
4. G`arbiy Yevropada XIII-XV asrlarda shimolda Boltiq dengizi orqali London, Bryugge, Lyubek, Novgorod shaharlarini bog`laydigan qaysi savdo yo`li harakatda bo`lgan?
Shimoliy yo`l
5. Qaysi davlatda Ganza shaharlari ittifoqi tuzilgan?
Germaniyada
6. Ganza shaharlari ittifoqiga qancha shahar kirgan?
70 ta
7. Levant yo`lida joylashgan … kuchli dengiz floti tuzib, ularning savdodagi raqobati ba’zida urushlarga ham aylangan?
Venetsiya va Genuya
8. Venetsiyalik savdogar Pololar oilasi vakillari qachon mo`g`ullar xonining Osiyoning ichkarisidagi qarorgohiga etib boradi?
XIII asrda
9. Marko Polo qayerlik savdogar edi?
Venetsiyalik
10. Marko Polo sayohati necha yil davom etgan?
25 yil
11. Marko Polo sayohatining necha yilini Xitoyni egallagan mo`g`ullar xoni saroyida xizmatda o`tkazgan?
17 yilini
12. Marko Polo sayohatini Xitoyni egallagan mo`g`ullarning qaysi xoni saroyida xizmatda o`tkazgan?
Xubilay
13. Yevropaliklardan kim birinchi bo`lib Osiyoning ichkarisidagi sirli o`lkalarni o`z kitobida tasvirlagan?
Marko Polo
14. Xristofor Kolumb qayerlik dengizchi?
Genuyalik
15. Londondagi birinchi yopiq bozor qachon qurib bitkazilgan?
1397 yilda
16. Londondagi birinchi yopiq bozor bu - ?
Blekuelxoll
17. Dastlabki banklar nechanchi asrlarda paydo bo`ladi?
XIV-XV asrlarda
18. Dastlabki banklar qayerda paydo bo`ladi?
Italiyada
19. Qaysi so`z italyan tilida banko – kursi, sarrof do`konidagi o`rindiq nomidan olingan?
Bank
20. Qaysi so`z ulgurji savdo bo`ladigan, turli mamlakat savdogarlari qatnashadigan, mol sotish va ayirboshlash joyi nomi bo`lgan?
Yarmarka
21. O`rta asrlar Yevropasining eng mashhur yarmarkasi qaysi bo`lgan?
Shampan
22. Fransiyaning shimoli-sharqidagi yarmarka?
Shampan
23. Shampan grafligi markazi qaysi shahar?
Reyms
24. Birja atamasi qaysi shahardagi «Burse» mehmonxonasi yaqinidagi savdogarlar to`planadigan joy nomidan olingan?
Bryugge
25. Bryugge birjasi qachon tashkil topgan?
1409 yilda
26. Antverpen birjasi qachon tashkil topgan?
1460 yilda
27. Lion birjasi qachon tashkil topgan?
1462 yilda
28. XI-XV asrlar Yevropada nimaning rivojlanishi bozor, banklar, birjalarni vujudga keltirdi?
Hunarmandchilik va savdo