Ish bosqichlari va vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
Ta`lim beruvchi
|
Ta`lim oluvchi
|
1- bosqich
Tayyorgarlik qismi
(10 daqiqa)
|
O`quvchilarni saflantiraman, Navbatchi davomatini qabul qilaman,O`quvchilar bilan salomlashaman, Uyga berilgan vazifani so`rayman, Yangi mavzu bilan tanishtiraman, Turgan joyda burilishlar (o`nga , chapga ,ortga ) To`g`riga yurish , sekin yugurish , harakatda mavzuga mos maxsus mashiqlar bajartiraman . Har xel tezlikda yugurishlar , asta – sekin yurishga o`tib nafasni rostlash uchun yengil mashqlar bajartiraman . Bir qatordan to`rt qatorga saflantirib . Umumiy rivojlantiruvchi mashqlarni bajartiraman. Dars mavzusiga qarab maxsus mashqlar bajartiraman.
|
O`quvchilar safga bo`yma-bo`y turadilar,Navbatchi davomat topshiradi, Yangi mavzu bilan tanishadilar,
Burilish vaqtida oyoq harakatlariga e`tibor berish,To`rt qatorga saflanib URM bajaradilar
|
2-bosqich
Asosiy qism
(30 daqiqa)
|
Mavzu: Nazariy: Basketbol o`yini qoida buzilishlarida qo`llaniladigan jazolar (ishoralar).
Amaliy:Basketbol. To`pni yerga urib sakratgan holda kim tez yugurish (yugurish yo`lakchasi bo`ylab). basketbol elementlari yordamida ikki tomonlama o`quv-mashq o`yini.
To`pni olib yurish ta’qib qilayotgan raqibdan qochishga, to`p uchun muvaffaqiyatli kurashdan so`ng to`p bilan halqa ostidan chiqishga va tez jadal qarshi hujumni tashkil etishga, sherikka to`siq qo`yishga yoki nihoyat, sherigiga hujum uchun to`pni uzatish va uni to`sayotgan raqibni biroz chalg`itishga imkon beradi.
Boshqa barcha holatlarda, qarshi hujum tezligini pasaytirmaslik va o`yin jarayonini buzmaslik uchun to`pni olib yurishdan bekordan bekor foydalanmaslik kerak. Olib yurish to`pni bir qo`l bilan yengil ketma-ket pastga-oldinga urish bilan amalga oshiriladi yoki galma- gal o`ng va chap qo`l bilan, oyoqlardan biroz yonda va oldinga
yo`naltiriladi. Asosiy harakatlarni tirsak va bilak bo`g`inlari bajaradi. Muvozanat holatini saqlash va harakat yo`nalishini tez o`zgartirish uchun oyoqlarni bukish kerak. Gavda biroz oldinga buriladi, to`pga tegmayotgan qo`l va yelka raqibni to`pga yaqinlashtirmasligi kerak (lekin uni itarib yubormaslik lozim). Qadam tashlash va to`pni harakatlantirayotgan qo`l sinxronligi to`pni olib yurish uchun xarakterlidir. O`yinchi shu tarzda oldinga harakat qilib, shu vaqtning o`zida sheriklari, raqiblari joylashishini kuzatishi va halqa tomon yo`lini aniqlashi lozim. Vaqti-vaqti bilan nazoratni to`pdan maydonga va qayta to`pga qaratishi maqsadga muvofiq.
Tezlikni o`zgartirish bilan aldab o`tish. Himoyachidan qutulish uchun to`p olib yurish tezligining kutilmagan o`zgartirishlaridan foydalaniladi. To`pni olib yurish tezligi, avvalo, to`pni qay burchak ostida maydonga yuborilayotganligi va sakrash balandligiga bog`liq. To`p bilan oldinga harakat qilish tezligi, avvalo, to`pning sakrash balandligiga va uning sapchish burchagiga bog`liq. To`p tikkaga, yaqin va past sakratilsa yurish sekinlashadi va butunlay bir joyda bajarish mumkin.
Yo`nalishni o`zgartirish bilan aldab o`tish. Asosan bu hara- katdan raqibini aldab o`tish va hujum uchun, halqa tomon o`tish uchun foydalaniladi. Yo`nalishni quyidagicha qilib o`zgartiradi: to`pni yoki kerakli yo`nalishga qo`lni to`g`rilaydi. Shuningdek, sapchish balandligini o`zgartirib, burilishlar va to`pni u yoqdan bu yoqqa o`tkazib ham aldab o`tish mumkin. Shuningdek, to`pni bir qo`ldan boshqasiga o`tkazish bilan yashirincha, orqadan yoki to`pni oyoq ostidan o`tkazish bilan ham raqibni aldab o`tish usulidan keng foydalaniladi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |