O `rgatish ketma-ketligi
1. Tayanib yotib qoilami navbatlashtirib qo‘yib, oldinga, orqaga, chapga, o‘ngga harakatlanish.
2. Biroz bukchayib yotib tayanish, keyin yelkalarga “osilish” va yelka bo‘g‘imlarida oldinga keskin harakat qilib D.h. qaytish.
3. Tayanib yotish holatidan oyoqlar bilan depsinib oyoqlami ochib bukilib tayanib turish va tezda tik turib, qoilar oldinga holatini egallash.
4. Tayanib yotish holatidan bir vaqtning o‘zida q o i va oyoqlar bilan itarilib o‘tirish, yarim o‘tirib oyoqlami ochib turish, qoilar oldinga.
5. Тayanib yotish holatidan oyoqlar bilan depsinib ulami ochish va oyoqlami ochib bukilib tayanib turish holatini egallash, to‘g‘rilanib yuqoriga sakrashni bajarish va qo‘nish.
6. Asbob oldida tayanib turishdan, oyoqlami ochib, tos-son bo‘g‘imidan bukilib va yozilib sakrashlar. To‘liq ochilish paytida tos yelka darajasigacha ko‘tarilishiga e’tibomi qaratish lozim.
7. Gimnastik o‘rindig‘idan tanani bukib va yozib, oyoqlamiochib sakrash.
8. Ko‘ndalang otdan ehtiyotlash bilan oyoqlami ochib sakrash.
Ko‘ndalang otdan oyoqlarni bukib tayanib sakrash Bajarish texnikasi. Ko‘prikdan oyoqlar bilan depsinib qo‘llami asbobga qo‘yish va tos-son bo‘g‘imlarida hamda tizza
bo‘g‘imida bukilish boshlanib, tizzalar ko‘krakka tortiladi. Qo‘llar itarilish yakunida yelka, qo‘l ko‘tarilishi va oyoqlar pastga-orqaga uzatilishi hisobiga tana tez yoziladi. Qo‘nishdan oldin, qo‘nishni yumshoqlashtirish maqsadida tos-son bo‘g‘imlari biroz bukiladi rasmda.
0 ‘rgatish ketma-ketligi
1. Polga tayanib yotish holatidan oyoqlarda depsinib tayanib o‘tirish va yana yotib tayanish.
2. Polga tayanib yotish holatidan oyoqlarda depsinib tayanib o‘tirish va yoyilib yuqoriga-oldinga sakrash.
3. Matlar bilan o‘ralgan gimnastika o‘rindig‘iga tayanib yotish, oyoqlar polda, oyoqlar bilan depsinib tayanib o‘tirish va kerilib sakrash.
4. Oldingi sakrashlarni takrorlash - otga sakrab chiqib tayanib o‘tirish va kerilib sakrab tushish.
5. 110-115 sm balandlikdagi ko‘ndalang otdan oyoqlarni bukib sakrash.
Birinchi tibbiy yordamning ahamiyati va qoidalari
Tinchlik sharoitida eng ko'p uchraydigan baxtsiz hodisalarga: mexanik jarohat, kuyish, issiq va oftob urish, sovuq urish va umumiy muzlash, cho'kish va yer bosib qolishi tufayli bo'g'ilish, is gazidan zaharlanish, elektrdan jarohatlanish va chaqmoqdan shikastlanish kiradi. Bu holatlarda birinchi tibbiy yordamning asosiy vazifalari shikastlanganlar hayotini eng zarur chora-tadbirlar bilan saqlab qolish, ularning azoblanishini kamaytirish, kelib chiqishi mumkin bo'lgan asoratlarning oldini olish hamda kasallik va jarohat kechuvini yengillashtirishdan iborat.
Birinchi tibbiy yordamni voqea sodir bo'lgan joyda shikastlanganning o'zi (o'z-o'ziga yordam) yoki boshqa kishi (o'zaro yordam) hamda maxsus o'rgatilgan shaxslar ko'rsatadi.
Birinchi tibbiy yordam ko'rsatishda tezlik bilan shikastlovchi manba (faktor)ni aniqlash, uni yo'qotish, har bir jarohatda tavsiya qilinadigan tibbiy yordam choralarini qo'llash, vrachni chaqirish yoki jarohatlanganni yaqin tibbiyot muassasasiga olib borish kerak. Ba'zi hollar (kuchli qon ketishb, og'ir suyak sinishlari, hushini yo'qotish, nafas olish va yurak faoliyatining to'xtashi va boshqalar)da shikastlanganlarga shu joyning o'zida tezlik bilan shoshilinch tibbiy yordam ko'rsatmay turib, ularni tashish (transportirovka qilish) mutlaqo mumkin emas..
|
3-bosqich
Yakuniy qism
(5 daqiqa)
|
O`quvchilarni bir qatorga saflantirib nafasni rostlash va organizimni dastlabki holatiga keltirish uchun harakatda yengil mashqlarni bajartiraman Safni to`xtatib o`quvchilarni baholayman Uyga vazifani berish. O`quvchilar bilan xayirlashaman.
|
Harakatda yengil mashqlar bajaradilar Uyga vazifani oladilar.
|
O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari: M.Dadajonov
Jismoniy tarbiya o`qituvchisi: N.Angurov
Do'stlaringiz bilan baham: |