Ish bosqichlari va vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
Ta’lim beruvchi
|
Ta’lim oluvchi
|
1- bosqich
Tayyorgarlik qismi
(10 daqiqa)
|
O’quvchilarni saflantiraman, Navbatchi davomatini qabul qilaman,O’quvchilar bilan salomlashaman, Uyga berilgan vazifani so’rayman, Yangi mavzu bilan tanishtiraman, Turgan joyda burilishlar (o’nga , chapga ,ortga ) To’g’riga yurish, sekin yugurish , harakatda mavzuga mos maxsus mashiqlar bajartiraman . Har xel tezlikda yugurishlar , asta – sekin yurishga o’tib nafasni rostlash uchun yengil mashqlar bajartiraman . Bir qatordan to’rt qatorga saflantirib . Umumiy rivojlantiruvchi mashqlarni bajartiraman. Dars mavzusiga qarab maxsus mashqlar bajartiraman.
|
O’quvchilar safga bo’yma-bo’y turadilar, Navbatchi davomat topshiradi, Yangi mavzu bilan tanishadilar,
Burilish vaqtida oyoq harakatlariga e’tibor berish, To’rt qatorga saflanib URM bajaradilar
|
2-bosqich
Asosiy qism
(30 daqiqa)
|
Mavzu: Nazariy: Futbol o`yinining taktikasi.
Amaliy:Futbol To`pni ikki qo`llab bosh ustidan o`yinga kiritish. To`pni uzatish, chalg`itish usullari.
T o’pni tashlash - maydon o’yinchilari qo’lda bajaradigan yagona usul. To’p tashlash harakatining tuzilmasi ko’p jihatdan futbol qoidalarining talabiga qarab belgilanadi va unchalik murakkab hisoblanmaydi. Biroq to’pni uzoqroq masofaga yetkazib tashlash uchun maxsus ko’nikma hosil qilingan bo’lishi va qorin, yelka kamari hamda qo’ldagi mushak gumhlariga muayyan darajada kuch berilishi kerak. To’pni tashlashda keng yozilgan barmoqlar uni yon tomonidan (o’yinchiga qaragan tomoniga yaqinroq) qamrab turadigan qilib, bosh barmoqlami qariyb bir-biriga tekkizgan holatda ushlash kerak
T o’pni tashlash rasmda ko’rsatilgan. Qo’lni yuqoridan orqaga tortish tayyorlov bosqichi hisoblanadi. Dastlabki holat - oyoqlami kerib
yoki qadam tashlagan holatda turish. To’pni tutgan qo’llar tirsakdan sal bukiladi va yuqori ko’tarilib, boshdan orqaga o’tkaziladi. Gavda orqaga egiladi, oyoqlar tizzasi bukilib, gavdaning og’irligi orqadagi oyoqqa tushadi. Ishchi bosqich - oyoqlar, gavda, qo`llami keskin rostlashdan boshlangan to’pni tashlash harakati uloqtirish tomonga barmoqlar yordamida kuch berish bilan tugallanadi.
Yakunlash bosqichini bajarish tashlash vaqtida futbolchining ikkala oyog’i yerga tegib turishi lozimligi to’g’risidagi qoida talablariga muvofiq bo’lishi kerak. Shunga binoan yakunlovchi bosqichni bajarishning bir qancha variantlari bor. Birinchi holda o’yinchi qo’llari frontal tekislikdan o’tayotganda to’pni qo’yib yuboradi va gavdaning olg’a tomon harakati darhol tormozlanadi. Ba’zan uloqtirish paytida orqadagi oyoq oldingi oyoq bilan juftlanadi. Nihoyat, yakunlovchi bosqichda ataylab yiqilish mumkin. Bunda gavda frontal tekislikdan o’tganidan keyin, to’p tashlab yuborilgan zahoti oldga-pastga tomon harakat davom etadi. Qo’llar gavdadan ilgarilab ketib, yerga tushadi-da, yiqilishni amortizasiyalaydi.
Tashlash uzoqligini oshirish uchun ba’zan yugurib kelib uloqtiriladi. Yugurib kelish to’pni tashlashda qatnashdigan a’zolarning tezligini oshirishga yordamlashadi.
Oyoqni to`p ustidan o`tkazib "qochish". Bu fint ko’pincha raqib orqadan hujum qilganda qoMlaniladi (41-rasm). To’pni egallab turgan o`yinchi tayyorlov harakatlarida o’zini yon tomonga ketmoqchiday ko’rsatadi. Gavdasini chap tomonga buradi, o’ng oyog’ini chalishtirib to’p ustidan o’tkazadi-da, chap tomonga tashlanadi. Orqadan hujum qilayotgan raqib to’pni ko’rmaydi. O`yin-chiga ergashib u ham chapga
tashlanadi. Shu paytda tp’pni egallab turgan o’yinchi tezlik bilan o’ngga aylanib, to’pni oyoq yuzining tashqi qismi bilan o1g’a yo’naltiradi-da, keyin o’yindagi vaziyatga qarab harakatini davom ettiradi.
|
O`yin oldidan darvoza tanlash va to`pni o`yinga kiritish yuzasidan qur’a tashlanadi. To`p maydon markaziga qo`yiladi va hakamning ishorasi bilan u o`yinga kiritiladi. To`pni dastlab o`yinga kiritishda, ikkala jamoa o`yinchilari o`z maydonlarida bo`ladilar. Gol kiritilgandan keyin, to`p o`tkazib yuborgan jamoa o`yinni markazdan boshlaydi. Tanaffusdan keyin jamoalar o`rin almashadilar. O`yinni avval boshlamagan jamoaboshlaydi.
„Tortishuvli“ to`p. Bunda hakam qoidalarda ko`zda tutilmagan sabab bilan o`yinni to`xtatadi. So`ngra to`pni ikki o`yinchi orasida tepaga otadi.
O`yindan tashqari holat. Bunda raqib jamoaning hujumchisi to`pdan avval darvoza oldida paydo bo`ladi. Buning uchun jarima sifatida erkin to`p belgilanadi.
Raqibni ta’qib qilish. Bunda o`yinchi jo`rttaga raqib va to`p orasiga kirib oladi, gavdasi bilan unga xalaqit beradi, shu bilan sherigiga to`pni egallashiga imkon beradi. Jazo—o`sha joydan to`ptepishdir.
Jarima yoki erkin to`p tepish. Agar o`yinchi raqibni tepsa, yiqitsa, chalib yiqitsa, unga sakrasa, turtsa, qo`li bilan ursa yoki urmoqchi bo`lsa, orqadan itarsa, ushlasa yoki to`pni qo`l bilan o`ynasa, jarima to`pi belgilanadi. Agar o`yinchi bunday holatni o`z jarima maydonida sodir etsa, 11 metrli jarima belgilanadi, boshqa paytda erkin to`p tepiladi.
11 metrli zarb. U darvozadan 11 metr naridan tepiladi. Darvozabon va to`p tepuvchidan tashqari barcha o`yinchilar chetda turadilar (9 metr narida). Zarb berilmaguncha darvozabon o`rnidan jilmaydi. Zarb berayotgan o`yinchi to`pni faqat darvozaga tepadi. To`p darvozabondan qaytadigan bo`lsa, to`p tepgan o`yinchi uni takror tepmaydi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |