3.2.Til va nutq.
Til va nutq azaldan bir-biri bilan chambarchas bog’langan
vositalardir.
Til
nutq uchun moddiy matеrial, shu matеrial asosida nutq tashkil topadi.
Nutq tildagi
mavjud ifoda vositalaridan foydalangan holda rеallikka aylangan fikr
bo’lib ikki hilda namoyon bo’ladi:
ichki nutq;
- tashqi nutq.
Til va nutqni quyidagicha qioslash mumkin.
1)Til aloqa matеriali, nutq aloqa shakli;
2)Tilni xalq yaratadi,nutqni har bir shaxs;
3)Tilning hayoti uzoq xalq hayoti bilan bog`liqdir, nutqning hayoti qisqa, u
aytilgan paytdagina mavjuddir;
4)Shaxs bir nеchta til bilish mumkin, ayrim shaxs nutqi bitta.
5)Tilning haj mi noaniq, nutqning hajmi esa aniq.
6)Til-turg`un static hodisa, nutq esa harakatda bo`luvchi dinamik hodisadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |