8. Modul; Elektr zanjirlarda o‘tkinchi jarayonlar



Download 151,56 Kb.
bet2/3
Sana13.12.2022
Hajmi151,56 Kb.
#885131
1   2   3
Bog'liq
10 Маъруза.

Umumiy tushunchalar
Elektr zanjirlarning bita turg’unlashgan rejimdan boshqasiga o’tishini xarakterlovchi jarayonlar o’tkinchi jarayonlar deb ataladi.
Elektr zanjirning ish rejimini o’zgarishiga olib keluvchi barcha sabablar oddiy ravishda kommutatsiya yoki kommutatsion jarayonlar natijasida vujudga keladi.
Agar zanjir faqat aktiv qarshilikdan iborat bo’lsa, zanjirdagi xisobiy rejim kommutatsiya sodir bo’lgan ondan keyin boshlanadi.
Agar zanjirda bita bo’lsa xam energiya to’plovchi element (sig’im yoki induktivlik) bo’lsa, bu zanjirni bir turg’unlashgan rejimdan boshqasiga o’tishi, bu elementlarning magnit va elektr maydonlarida to’plangan elektromagnit energiyasining miqdor jixatidan o’zgarishiga bog’liq bo’ladi.
Energiyani son jixatidan chekli miqdorga o’zgarishi bir zumda sodir bo’la olmasligi tufayli, zanjirning bir turg’unlashgan rejimdan boshqasiga o’tishi ma`lum vaqtni talab etadi.
Kommutatsiya qonunlari
KOMMUTATSIYaning birinchi qonuni: Xar qanday induktivlikka ega tarmoqdagi tok va magnit oqimi kommutatsiya paytida o’zini kommutatsiyaga qadar bo’lgan qiymatini saqlaydi iva bundan so’ng anna shu qiymatlaridan boshlab o’zgaradi.
yoki
Buni induktiv g’altakni o’zgarmas kuchlanish manbaiga ulash misolida ko’rish mumkin. Agar kommutatsiyaga qadar g’altakdan tok o’tmagan bo’lsa, kommutatsiya paytida g’altakdan o’tayotgan tok va xosil bo’lgan magnit oqimi nolga teng, ya`ni:
bo’lsa bo’ladi.
Bu miqdorlarning 0 dan to barqaror miqdorlarigacha birdaniga oshib ketishi nazariy jixatdan mumkin emas, chunki buning uchun tok va magnit oqimining o’zgarish tezligi cheksiz katta bo’lishi kerak, ya`ni: bo’lishi kerak.
KOMMUTATSIYaning ikkinchi qonuni: Xar qanday tarmoqda sig’imdagi kuchlanish va zaryad miqdori kommutatsiya paytida o’zining kommutatsiyaga qadar bo’lgan qiymatini saqlaydi va bundan so’ng ana shu qiymatlaridan boshlab o’zgaradi.
yoki
Kondensatordagi kuchlanish va zaryadning t0 paytda birdaniga o’zgarishi mumkin emas, chunki bu xolda zanjirdan o’tayotgan tok cheksiz katta bo’lishi kerak, lekin bu xol Kirxgof qonunlariga zid bo’ladi.
Kommutatsiya paytida elektromagnit energiyaning oniy miqdorlari kommutatsiyaga qadar bo’lgan va undan keyingi turg’unlashgan rejimlarda o’zaro teng emas, demak zanjirda ana shu energiya farqini kompensatsiyalovchi kuch mavjud bo’lishi kerak.
Masalan, r va L elementlari ketma-ket ulangan zanjirni o’zgarmas kuchlanish manbaiga ulashda t0 paytda bir-biriga teng bo’lmagan ikkita turg’unlashgan tok o’zaro tutashuvi kerak, ya`ni:
va bo’lsa, bo’ladi, yoki
Rasm-18.1 da berilgan zanjirning elektr muvozanat tenglamasi Kirxgofning 2-qonuniga asosan quyidagicha bo’ladi:

Bu yerda: -tokning t0 paytdan to t gacha bo’lgan vaqtdagi oniy qiymati.
Zanjirda o’tkinchi jarayon tugashi bilan manba kuchlanishining o’zgarish qonuniga bo’ysunadigan turg’unlashgan majburiy rejim boshlanadi. Demek zanjirning muvozanat tenglamasini quyidagicha yozish mumkin:
O’tkinchi tok majburiy, turg’unlashgan va erkin tokdan iborat, ya`ni: bo’lsa, bo’ladi.
Zanjir elementlaridagi o’tkinchi kuchlanishni xuddi tok kabi, turg’unlashgan va erkin tashkil etuvchilardan iborat, ya`ni:




Download 151,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish