Virus oqsillarini sintezi
“Virus oqsili” deganda etilgan virus zarrasining tarkibiga kiruvchi oqsilni hamda virus induksiya qiladigan (virus genomida kodlantirilgan) infeksion jarayonda qatnashadigan, ammo virus tarkibiga kirmaydigan oqsillarni ko‘z oldiga keltiriladi.
Hujayra oqsillari sintezining umumiy sxemasi. Virus nuklein kislotasini sintezida aytilgan uch faktopHi kerakligini bu erda ham qo‘llaydigan bo‘lsak ancha murakkabliklarni kuzatamiz.
Hujayra oqsilini sintezi uchun substrat bo‘lib aminokislotalar xizmat qiladi. Avvalo ular ATF bilan birikib aktivlashtiriladi va aminoatsiladenilatlar hosil bo‘ladi. Aminoatsiladenilatlar transport RNK lar (transfer, adaptor, eruvchan RNK, tRNK) bilan reaksiyaga kirib, aminoatsil- tRNK hosil qiladi. Bu ikki reaksiya aminoatsil-tRNK- sintetaza fermenti tomonidan katalizlanadi. Har bir aminokislotaga bitta yoki birqancha tRNK va bitta yoki birqancha amino-atsil-tRNK- sintetaza fermenti mos keladi. Aminoatsil-tRNK oqsil sintezida kerakli substrat bo‘lib xizmat qiladi.
Matritsa bo‘lib hujayra DNK sining mos sistronida sintezlangan informatsiya (matritsa ) RNK si (mRNK) xizmat qiladi. U matritsa bo‘lishi uchun avvalo ribosoma bilan birikishi kerak. Bu jarayon ancha murakkab bo‘lib, birqancha bosqichlardan iborat. Avvalo uchlangan - m RNK, t-RNK va ribosomani kichik subbirligidan tashkil topgan komleks hosil bo‘ladi. So‘ngra bu kompleksga ribosomani katta subbirligi birikadi. Bu kompleksni hosil bo‘lishida maxsus oqsil faktorlar ishtirok etadi. Keyinchalik boshqa oqsil faktorlar ishtirokida polipeptid zanjirini sintezi boshlanadi. mRNK molekulasi ribosoma bo‘ylab siljiydi; iRNK ning ma’lum tripletlari (kodonlar) ularga komplementar bo‘lgan aminoatsil tRNKning tripletlari (antikodonlar) bilan muloqatda bo‘ladi. Natijada ribosomada aminokislota qoldiqlarini ketma-ket bir-biri bilan birlashish reaksiyasi sodir bo‘ladi. Ribosomada mRNK ni axborotini o‘qish tartibi ma’lum yo‘nalishda – molekulaning 5′- oxiridan 3′- oxiriga qarab boradi. Polipeptid zanjirini hosil bo‘lishiga signal bo‘lib mRNK dagi ma’lum tripletlar – initsiatsiyalovchi tripletlar xizmat qiladi. Bakteriya hujayralarida initsiirlovchi tripletlar bo‘lib AUG va GUG tripletlar xizmat qiladi. Bu tripletlar tRNK molekulasidagi antikodon - formil-metionin qoldig‘ini olib yuruvchi tripletlardir. Demak, sintezlanayotgan har qanday polipeptid zanjirida birinchi aminokislota bo‘lib formil metionin turadi. Polipeptid zanjirini sintezlanishini to‘xtatish uchun signali bo‘lib m RNK dagi ma’lum tripletlar – terminirlovchi tripletlar xizmat qiladi. Bu funksiyani UAA, UAG, UGA kodonlar bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |