Auditor aniqlangan xatolar bo’yicha mijoz-korxona rahbariyatiga joriy buxgalteriya davrida tuzatish yozuvlarini amalga oshirishni tavsiya qilishi lozim. Agarda taxmin qilinayotgan xatolar va tafovutlar sezilarli darajada bo’lsa, mijoz-korxona rahbariyatining tuzatish kiritishga rozi bo’lmasligi auditor uchun salbiy auditorlik xulosasi tuzishga asos bo’lishi mumkin.
Balans moddalari
|
Summa, ming so’m
|
Moddaning balans jamidagi ulushi%
|
Muhimlik darajasi, ming so’m
|
Aktiv moddalari
| | | |
Asosiy vositalar
|
654472,0
|
80,4
|
8040,0
|
Ishlab chiqarish zahiralari
|
39957,0
|
5,0
|
500,0
|
Tayyor mahsulotlar
|
49211,0
|
6,0
|
600,0
|
Xaridor va buyurtmachilar
|
69938, 0
|
8,6
|
860,0
|
BALANS
|
813578,0
|
100,0
|
10000,0
|
Passiv moddalari
| | | |
Ustav kapitali
|
19741,0
|
2,4
|
240,0
|
Rezerv kapitali
|
616135,0
|
75,7
|
7570,0
|
Taqsimlanmagan foyda
|
23819,0
|
2,9
|
290,0
|
Kelgusi davr sarflari va to’lovlari uchun rezervlar
|
24134,0
|
3,0
|
300,0
|
Qisqa muddatli qarzlar
|
30000,0
|
3,7
|
370,0
|
Xaridor va buyurtmachilardan olingan bo’naklar
|
32120,0
|
3,9
|
390,0
|
Kreditorlar:
|
8597, 0
23102, 0
35930, 0
|
1,1
3, 2
4, 1
|
110,0
320,0
410,0
|
BALANS
|
813578,0
|
100, 0
|
10000,0
| Ta’kidlash joizki, №320-XASda muhimlik darajasining asosiy ko’rsatkichlar tizimini va ushbu darajani aniqlashning uslubiy asoslangan tartibini auditorlik tashkiloti tomonidan o’zgartirish uchun asos bo’luvchi omillar ham keltirilmagan. Bizning fikrimizcha, bunday omillarga quyidagilarni kiritish mumkin:
Moliyaviy hisobot asosiy ko’rsatkichlarini yoki balans moddalarini aniqlash tartibiga ta’sir qiladigan, buxgalteriya hisobi va soliqqa tortishni isloh qilishga doir o’zgarishlar;
muhimlik darajasini aniqlash uslublari oldiga qo’yiladigan talablarni belgilaydigan, auditga doir qonunchilikdagi o’zgarishlar;
auditorlik tashkiloti ixtisoslashuvining o’zgarishi;
auditorlik tekshiruvidan o’tkazilishi lozim bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tarkibidagi o’zgarishlar, ularning ishlab chiqarish turi yoki tarmog’iga tegishliligining o’zgarishi;
auditorlik tashkiloti rahbariyatining o’zgarishi.
3. Auditorlik riski tushunchasi, auditorlik risklarining maqbul to’plami va unga ta’sir ko’rsatadigan shart-sharoitlar - Yuqorida bayon etilganidek, auditorlik risklarining maqbul to’plami bir qancha risklardan iborat.
- Umumiy auditorlik amaliyotida auditorlik risklarining maqbul to’plamiga quyidagicha yondashuv ishlab chiqilgan va ular ingliz tilidagi abbreviaturasi (bosh harflari) bo’yicha quyidagi formula ko’rinishida ifodalangan:
- DAR q IR x CR x DR
- DAR (Desired audit risk) – ARMT (auditorlik risklarning maqbul to’plami);
- IR (Internal risk) – IXR (ichki xo’jalik riski);
- SR (Control risk) – NR (nazorat riski);
- DR (Detection rick) – AR (aniqlanmaslik ya’ni xatolar va moliyaviy hisobotdagi kamchiliklarning aniqlanmaslik riski).
Do'stlaringiz bilan baham: |