Auditor quyidagi hollarda muhimlikni ko’rib chiqishi lozim:
auditorlik amallarining xususiyatlari, vaqti va chuqurli-gini aniqlashda;
xatolar ta’sirini aniqlashda.
2. Muhimlik darajasi, uni aniqlashda qo’llaniladigan asosiy ko’rsatkichlar tizimini shakllantirish tartibi № 320 – «Auditda muhimlik» nomli AXS ga muvofiq Muhimlik darajasi deganda moliyaviy hisobot-dagi xatoning, ushbu hisobotdan foydalanuvchi unga asosan to’g’ri xulosa va qaror qabul qilishiga monelik qiladagan chegarasi tushunladi (8 bandi). Bizning fikrimizcha, standartning 9 bandida xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy hisobotining ishonchliligini tavsiflaydigan eng muhim ko’rsatkichlarni va ularga nisbatan qo’llani-ladigan foiz (%) ko’rsatkichlarini keltirish zarur. Muhimlik darajasining absolyut miqdorini topishda auditor audit qilinadigan xo’jalik yurituvchi sub’ekt hisobotining ishonchliligini tavsiflaydigan eng muhim ko’rsatkichlarni asos qilib olishi zarur. Bunday ko’rsatkichlar keyinchalik shartli ravishda moliyaviy hisobotning asosiy ko’rsatkichlari deb ataladi. Moliyaviy hisobotning asosiy ko’rsatkichlari bo’yicha Muhimlik darajasini hisoblash jadvali. (namuna)
Asosiy ko’rsatkichlar
|
Asosiy ko’rsatkich qiymati
|
%
|
Muhimlik darajasini summasi, m.s.
|
Mahsulot(ish, xizmat)larni sotishdan olingan tushum (2-shakl, 010 satr)
|
|
5%
|
|
Sotilgan mahsulot(ish, xizmat)larning ishlab chiqarish tannarxi (2-shakl, 020-satr)
|
|
3%
|
|
Jami davr xarajatlari (2-shakl, 040-satr)
|
|
3%
|
|
Korxonaning xususiy kapitali (1-shakl, 460-satr)
|
|
10%
|
|
Balansning umumiy summasi (1-shakl aktividagi 380-satr yoki passivdagi 700-satr)
|
|
5%
|
|
Tugallanmagan ishlab chiqarish (1-shakl, 150-satr)
|
|
3%
|
|
Taqsimlanmagan foyda (1-shakl, 430-satr)
|
|
2%
|
|
Yuqorida ko’rsatilgan jadvaldan kelib chiqib shuni ayta olamizki ko’rsatkichlarning bir qismi ushbu jadvalga kiritilmasligi mumkin. Masalan, mijoz-korxona joriy yil yakuni bo’yicha foyda olmagan yoki kam foyda olgan bo’lib, bu ko’rsatkich – korxonaning balans foydasi auditor fikriga ko’ra mazkur korxonada audit o’tkazish uchun ahamiyatsiz bo’lishi mumkin. Korxona agar foyda olmaydigan, notijorat korxona yoki tovar, ish va xizmatlar realizatsiyasidan olingan tushumdan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladigan tashkilot bo’lsa, unda sotish jarayoni bo’lmasligi mumkin.
Auditor jadvalning 4 grafasida chiqarilgan miqdor ko’r-satkichlarini tahlil qilib chiqishi kerak. U boshqalaridan katta va (yoki) kichik tomonga keskin farq qiladigan miqdorlarni chiqarib tashlashi mumkin. Qolgan ko’rsatkichlarga asosan o’rtacha miqdor hisoblab chiqarilib, uni keyinchalik ishlashga qulay bo’lishi uchun yaxlitlash lozim. Ammo yaxlitlanganidan so’ng uning miqdori o’rtacha miqdordan u yoki bu tomonga o’zgarishi 20% dan oshmasligi kerak. Ushbu ko’rsatkich muhimlik darajasini tavsiflaydigan yagona ko’rsatkich bo’lib, auditor ulardan o’z ish faoliyatida asos sifatida foydalanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |