8-mavzu: tashkilot xodimlarini boshqarish. Reja


-jadval. Mehnat jamoalarini boshqarish tizimi



Download 239,62 Kb.
bet12/26
Sana30.09.2021
Hajmi239,62 Kb.
#189606
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26
Bog'liq
8-mavzu maruza matni (1)

2-jadval. Mehnat jamoalarini boshqarish tizimi

T/r

Tizim osti tizimlari

Boshqarish ob'ektlari



Ish sharoiti

- mehnatning ruhiy-fiziologik talablariga rioya qilish;

- mehnat ergonomikasi talablariga rioya qilish;

- mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligini ta'minlash;

- tabiatni muhofaza qilish va hk.





Mehnat munosabatlari

- shaxsiy va guruhlar munosabatlarini tahlil qilish va muvofiqlashtirish;

- rahbarlar munosabatlarini tahlili qilish va muvofiqlashtirish;

- ishlab chiqarishdagi ixtiloflar, nizolar, asabbuzarliklarni boshqarish;

- kasaba uyushmalari bilan oʻzaro munosabatlarni boshqarish va hk.





Kadrlarni hisobga olish va rasmiylashtirish

- ishga qabul qilish, ishdan boʻshatish, bir joydan ikkinchi joyga oʻtishlarini rasmiylashtirish;

- kadrlar boshqaruv tizimini axborotlar bilan ta'minlash;

- kasbiy yoʻnalishlarni aniqlash;

- bandlikni ta'minlash.





Xodimlarni rejalashtirish va xodimlar marketingi

- xodimlarni boshqarish strategiyasini ishlab chiqish;

- kadrlar salohiyatini tahdlil qilish;

- mehnat bozorini oʻrganish, xodimlarga boʻlgan ehtiyojni rejalashtirish, reklamani uyushtirish;

- korxonani kadrlar bilan ta'minlovchi tashqi manbaalar bilan aloqasini oʻrnatish;

- vakant (boʻsh) joylarga nomzodlarni aniqlash va baholash;

- kadrlarni joriy baholab borish.





Kadrlarni rivojlantirish

- kadrlarga iqtisodiy va texnikaviy bilimlar berish;

- qayta tayyorlash va malaka oshirish;

- zahiradagi kadrlar bilan ishlash;

- amal va martabani nazorat qilish va rejalashtirish;

- yangi xodimlarning kasbiy va ijtimoiy-psixologik koʻnikmalarini ta'minlash




Mehnatni ragʻbatlantirish vositalarini takomillashtirish

- mehnat jarayonlarini me'yorlashtirish va tarifikatsiyalash;

- ish haqi tizimini ishlab chiqish;

- ma'naviy ragʻbatlantirish vositalaridan foydalanish;

- foyda va kapitalga qatnashish hissasini ishlab chiqish;

- motivatsiya va uni boshqarish




Huquqiy xizmat

- mehnat munosabatlaridagi huquqiy masalalarni echish;

- xodimlarni boshqarishga taalluqli, farmoyishli hujjatlarni kelishtirish;

- xoʻjalik faoliyatidagi huquqiy masalalarni echish;




Ijtimoiy tuzilmani rivojlantirish

- umumovqatlanish muassasalarini boshqarish;

- kommunal xoʻjalik sohasini boshqarish;

- jismoniy tarbiya va madaniyatni rivojlantirish;

- sogʻliqni muhofaza qilish va hordiq chiqarishni ta'minlash;

- bolalar muassasalari bilan ta'minlash;

- ijtimoiy nizolarni boshqarish;

- xalq iste'mol mollari va oziq-ovqat mahsulotlarining sotilishini ta'minlash




Boshqarishning tashkiliy tarkibini ishlab chiqish tizimi

- boshqarishning shakllangan tashkiliy tarkibini tahlil qilish va loyihalashtirish;

- shtatlar roʻyxatini ishlab chiqish;

- boshqarishning yangi tashkiliy tarkibini tuzish.

Ish joylarida tashkilotning tuzilishi orqali, boshqaruvchilar berilgan boʻsh ish oʻrinlarini toʻldirdigan odamlarni topishlari lozim. Bundan tashqari ular biznes ishdan ketishini talab qilgan ishchi hodimlarning oʻrnini toʻldiradigan odamlarni ham topib oʻrniga qoʻyishlari lozim. Shuning uchun umumiy biznesga “Kadrlar bilan ishlash boʻlim boshqaruvi talab etiladi va bu biznesda juda kerakli roldi oʻynaydi. Bu juda muhim topshiriq uning vazifasi mos keladigan ishchilarni toʻg`ri ishga qoʻyish va ishchi sonlarini toʻg`irab ularni aniq vaqtda ishga qoʻyish, shu kabi vazifalarni oʻz zimmasiga oladi. Bu boʻlimda biz, boshqaruvchilar qilishi kerak boʻlgan jarayonlarni koʻrib chiqamiz, bundan tashqari biz hozirgi kunda boshqaruvchilarga uchrayotgan kadrlar bilan ishlash boshqarmasiga oid bir qancha muommolarni koʻrib chiqamiz. Rahbarlarga eng katta qiyinchilik bu ularning kompaniyasida yuqori darajadagi kadrlar borligiga ishonch hosil qilishdir. Qobiliyatli va oʻz ishini yaxshi biladigan ishchi xodimlarni olish va ularni ishda saqlab qolish bu har bir tashkilot uchun mushkuldir, garchi tashkilotlar biznesini yaqin orada boshlagan yoki bir necha yillardan beri ishlab kelayotgan boʻlsalar ham. Agarda tashkilotlar kadrlar bilan ishlash majburiyatlarini oʻziga jiddiy qabul qilmasalar bu ularning ishiga juda salbiy ta`sir koʻrsatadi. Shu sababli har bir rahbarning ishida boʻlgan bir qismi bu kadrlar bilan ishlashga e`tibor qaratishdir. Menejerlarning hammasi ham kadrlar bilan ishlashda har xil faoliyatlar yuritishadi masalan, ishga kirmoqchi boʻlgan odamlar bilan suhbatlar oʻtkazish, yangi ishchi hodimlarni ish bilan alohida tanishtirib chiqib ya`ni toʻg`ri yoʻnalish berish va garchi kadrlar bilan ishlash jarayoni ajralib tursada ishchi xodimlarni ishini toʻg`ri baholay olish kabilar.

Kadrlar bilan ishlash 3ta sababga koʻra muhimdir. Birinchisi, bu raqobat afzalligining eng muhim manbai boʻla oladi. Va bu faqat AQSH firmalarigagina emas balki dunyodagi barcha tashkilotlar uchun toʻg`ri narsadir. Human Capital Index ya`ni bu 2000dan ortiq glabal firmalarning atroflicha oʻrganishi yoki tahlili. Shunday yakunlanganki, ya`ni kardlar bilan ishlashga yoʻnaltirilgan odamlar aksiyadorlarning qiymatini oshirish orqali tashkilotga boshlang`ish bir yoʻnalish beradi.

Ikkinchidan, kadrlar bilan ishlash (KBI) tashkilot strategiyaliarini muhim qismidan iboratdir. Odamlar orasida raqobatli afzallikka erishish bu, menejerlar ishchi hodimlari haqida fikrlarini oʻzgartirish va ish bilan bog`liq boʻlgan narsalarga e`tiborni qaratish shartligini bildiradi.

Ular odamlar bilan ishlashlari shart va odamlar bilan huddi oʻzlarini hamkorlaridek kelishishlari kerak, faqatgina narxlarini minimallashtirish yoki oldini olish uchungina emas. Mana shu odamlarga yoʻnalish beradigan tashkilotlardir huddi Southwest Airlines va W.L.Gore kabi tashkilotlar qilganidek.

Oxir oqibat, tashkilotlar oʻzlarini odamlari bilan kelishish yoʻli bilan tashkiotning faoligiga sezilarli ta`siri koʻrina boshladi. Misol qilib aytsak, oʻrganib chiqishlarning biridan xabar berilishicha ish tajribalarini oshirish bozor qiymatini 30 foizga oshirilgani ma`lum qildi.

Kadrlar bilan ishlash jarayonlari dastlab tashqi muhitdan ta`sirlandi. U omillar asosan toʻgridan toʻgri iqtisodga, ishchilarning mehnat birlashmasiga, hukumat huquq va qoidalariga va demografik tendensiyalaga ta`sir qildi.


Download 239,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish