1950-yil dekabrda BMT Bosh Assambleyasi YUNISEF vakolatini yanada kengaytirdi.1953-yilning oktyabridan BMT Bosh Assambleyasi YUNISEFni o‘zining doimiy organiga aylantirdi. Endi u BMTining bolalar fondiga aylantirildi. Lekin uning kafolatlari va vazifalari to‘laligi saqlab qolindi. 1960-yillardan boshlab YUNISEF bolalar manfaatini global himoya qiluvchi zabardast organga aylandi. 1965-yilda YUNISEFning Nobel mukofotiga sazovor bo‘lishi xalqaro bolalar hayotida naqadar xayriya va saxovat manbai bo‘lib shakllanganligining to‘la e’tirof etilish bo‘ldi. Hozirgi davrda ham YUNISEF bolalar manfaatini himoya qilishga, ularni sog‘lom, o‘qimishli bo‘lib o‘sishlariga ko‘maklashish, bolalar o‘limini oldini olish, ommaviy qirg‘in keltiruvchi va boshqa xavfli kasalliklardan muhofaza qilish, onalik va bolalikni himoya qilish, qizlar hamda o‘g‘il bolalarga bepul boshlang‘ich ma’lumot berish, ular farovonligini ta’minlash ishlariga asosiy e’tiborni qaratmoqda. MOT (XMT) Inson huquqlarini hurmat qilish, ularning mehnat turmush sharoitini yaxshilash, ish bilan ta’minlashni yo‘lga qo‘yish, mehnatkashlarning jamiyat talablariga mos kasb bilan ta’minlash ularning kasb mahoratlarini oshirish, iqtisodiy ahvolini yaxshilash kabi ijtimoiy adolat tamoyillarini amalga oshiruvchi xalqaro tashkilot. MOT (xalqaro mehnat tashkiloti) birinchi jahon urushidan keyinroq tashkil etilgan edi. Uning tashkil etilishiga birinchi jahon urushi oqibati, jahonda yuzaga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy holat sabab bo‘ldi. XMTning eng noyob xususiyati shundaki, unda ish beruvchilar va mehnatkashlar iqtisodiyotda ijtimoiy hamkorligini shakllantiradi, davlat muassasalari bilan teng huquq, tashkilotning siyosati va faoliyati dasturini ishlab chiqishda ishtirok etadi. MOT (XMT) Inson huquqlarini hurmat qilish, ularning mehnat turmush sharoitini yaxshilash, ish bilan ta’minlashni yo‘lga qo‘yish, mehnatkashlarning jamiyat talablariga mos kasb bilan ta’minlash ularning kasb mahoratlarini oshirish, iqtisodiy ahvolini yaxshilash kabi ijtimoiy adolat tamoyillarini amalga oshiruvchi xalqaro tashkilot. MOT (xalqaro mehnat tashkiloti) birinchi jahon urushidan keyinroq tashkil etilgan edi. Uning tashkil etilishiga birinchi jahon urushi oqibati, jahonda yuzaga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy holat sabab bo‘ldi. XMTning eng noyob xususiyati shundaki, unda ish beruvchilar va mehnatkashlar iqtisodiyotda ijtimoiy hamkorligini shakllantiradi, davlat muassasalari bilan teng huquq, tashkilotning siyosati va faoliyati dasturini ishlab chiqishda ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |