Ответ на первый вопрос. O‘zbekiston Respublikasi



Download 13,38 Kb.
Sana20.03.2022
Hajmi13,38 Kb.
#502803
Bog'liq
Документ Microsoft Office Word (2)


Ответ на первый вопрос.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizning barcha sohalari kabi ta’lim tizimida ham tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Har tomonlama yetuk kadrlar, erkin fikrlaydigan shaxs tarbiyasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Yetuk mutaxassislarni, ayniqsa, yosh avlodni tarbiyalashda til ilmi muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, til - o‘qituvchining eng asosiy quroli sanaladi. Til orqali barcha fanlar o’zlashtiriladi.Mamlakatimizda o’zbek adabiy tiliga e’tibor ortib bormoqda. Har bir fan o'z o'rganish obyektiga, maqsad va vazifalariga ega. Qolaversa, fanlar o'ziga xos alohida ahamiyat kasb etadi. O'zbek tilini sohada qo’llashda o'qitish metodikasiga ahamiyat bergan holda, o'quvchilarning umumiy o’rta ta’lim maktablarida, akademik litseylarda, kasb-hunar kollejlarida egallagan ona tili saboqlari doirasidagi bilim va malakalari mutaxassislik bilan uzviylashtirilishi maqsadga muvofiqdir.O’quvchilarning kasbiy faoliyatlarida soha terminlarining mazmun-mohiyatiga to’laqonli tushunish darajalari ularning kasb mahoratlarini oshirishga xizmat qiladi.
O'quvchilarda o'zbek tilining grammatika, leksika va fonetikasiga oid bilimlari sohada o’zbek tilini qo’llashda va amalda tadbiq etishda yordam beradi. O'quvchilar amalda xatosiz yoza olsalar, ifodali o'qiy olsalar, adabiy tilda so'zlay olsalargina ularning ona tilida olgan bilimlari haqiqiy va mustahkam hisoblanadi. O'quvchilar kelgusida mutaxassis sifatida faoliyat yuritar ekanlar, tinish belgilarini to'g'ri qo'yish, o'z fikrlarini aniq va tushunarli bayon etishlari zarur.Aks holda, o'zbek tilida so’zlash bilan yozuv qoidalari bir vaqtda olib borilmas ekan, savodsizlik holati kelib chiqadi.
Eng avvalo, O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lgan har bir inson o'zbek tilini bilishi kerak, chunki u o'zbek bo'lishi yoki bo'lmasligidan qat'iy nazar mamlakatda kishilar bilan ijtimoiy munosabatlarga kirishadi va turli vaziyatlarda muloqotda bo'ladi. O'z ona tilini bilmagan kishi, "ona", "vatan" kabi tushunchalarning mohiyatiga tushunmaydi, bu kishi hech qachon "men o'zbekman" deb faxrlana olmaydi. O'z ona tilini bilmagan xalq nafaqat kelajagini barpo etadi, balki o'z tarixini ham bila olmaydi. O'tmishsiz esa kelajak bo'lmagani kabi bugunni mustahkam shakllantirish maqsadga muvofiqdir. Demak, o'z tiliga ega bo'lmagan, ona tilini bilmagan xalq hech qachon xalq bo'la olmaydi. O'quvchilar ona tilini qunt bilan o'rganish orqali fan asoslarini ongli o'zlashtirib, fikr doirasini kengaytirib umumtaraqqiyot darajasini uzluksiz oshira boradilar. Ular qayerda ishlamasin, qayerda o'qimasin, baribir o'zbek tiliga murojaat qiladilar.
Ona tili barcha bilimlarni o'rganishda eng muhim vositadir, u insonning ijtimoiy hayotida uchraydigan barcha ishlar uchun zarurdir. Ona tili boshqa fanlarni o'qitish vositasi hamdir. Jamiyat tarixi, tarbiyaviy va boshqa gumanitar fanlar ham ona tili yordamida o'rganiladi. Ona tili insonning umumiy taraqqiyotida ham, bilim va mehnatga havasini uyg'otishda ham ahamiyatlidir. Ona tili, ayniqsa, uning yozma shakli butun madaniyatimiz boyliklarini, fan-texnika yutuqlarini avaylab saqlovchi va avloddan avlodga yetkazuvchi yagona xazinadir, ya'ni u orqali biz milliy qadriyatlarimiz haqida ma'lumot olishimiz, bugungi fan taraqqiyoti natijasida vujudga kelayotgan yangiliklar bilan tanishishimiz mumkin. Demak, adabiyot ham, tarix ham, madaniyat ham-hamma meros ona tilida o'rganiladi.

Это на второй.
Download 13,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish