3. O’RTA OSIYODAGI TEMURIYLAR DAVRIGACHA BO’LGAN VA
TEMURIYLAR DAVRIDAGI IQTISODIY G’OYALAR
.
"Buyuk ipak yo`li"ning Markaziy
Osiyoda iqtisodiy munosabatlar rivojlanishidagi o`rni.
Xitoyning Tinch okeani bilan
Hindiston, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq, Yevropa davlatlarini bog`lovchi qadimgi savdo yo`li -
Buyuk ipak yo`lidir. Bu yo`l orqali asosan ipak eksport qilinganligi sababli "Ipak yo`li" nomi
bilan shuhrat qozongan. Bu yo`l m.a. II asrdan to milodiy XV asrgacha, suv yo`llari
JDPI, Maktab menejmenti yo
’nalish
i 1-kurs uchun Iqtisodiyot fanidan ma
’ruzalar matni
rivojlanguncha Xitoy, Hindiston, Markaziy Osiyo, Eron, Yaqin Sharq hamda O`rta Yer dengiz
mamlakatlari o`rtasidagi savdo-sotiq va madaniy aloqalarning rivojida muhim rol o`ynagan.
Manbalarga qaraganda, Sariq dengiz qirg`oqlaridan Xuanxe daryosidagi Sian shahridan
boshlangan dastlabki yo`l Lanchjou orqali Dunxuanga kelgan (Xutan), u yerda ikkiga ajralib ,biri
shimoli-g`arbga ikkinchisi janubi-sharqqa yo`nalgan. Karvon yo`lining umumiy uzunligi 12 ming
chaqirim atrofida bo`lgan. Nemis muarrixi K.Rixtgofen 1887 yil ushbu yo`nalishga ilk bor
"Buyuk ipak yo`li" degan nisbat beradi va bu ibora muammola (istofoda) ga kiritiladi.
Shimoliy yo`l Turfon orqali Tarim vohasiga va bu yerdan Qashg`ar, Dovon (Farg`ona
vodiysi) ga borgan. U yerdan So`g`dning markazi Samarqand va Marg`iyona (Marv) ga
yo`nalgan. Ipak yo`li Farg`ona vodiysida yana juft tarmoqqa bo`lingan. Janubiy qismi O`zgandan
O`sh, quva, Marg`ilon, qo`qon orqali Xo`jand, Samarqand, Buxoro sari uzaygan.
Keyingisi Axsi (Andijon) va Qamchiq dovonidan o`tib, Iloq vohasi hamda Toshkent tarafga
engan. Demak, qamchiq tarixiy yo`lning uzviy bo`lagi hisoblangan. Bu yo`l mohiyat-e'tibori bilan
Sharq va G’arbni turli jabhalarda bog`lovchi yo`ldir (savdo-sotiq, diplomatiya, madaniyat va
boshqalar).
Shu karvon yo`l orqali Xitoydan ipak, xitoyga esa har xil gazlamalar, gilam va paloslar,
oyna, metall, zeb-ziynat buyumlari, qimmatbaho tosh va dorivorlar keltirilgan. Baqtriya va Dovon
(Farg`ona) dan ot va tuyalar olib borilgan. XV-XVI asrlardan bu yo`lning ahamiyati ancha
pasaydi, ammo Markaziy Osiyo respublikalarining siyosiy mustaqillikka erishuvi tufayli, bu
yo`lni yanada jonlantirishga katta ehtiyoj tug`ildi. Xitoy, Qirg`iziston, O`zbekiston,
Turkmaniston, Kaspiy dengizi orqali Ozarbayjon, Gruziya, qora dengizga chiquvchi undan
Yevropa (Parij, Rotterdam) ga yetkazuvchi yo`l loyixa ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda, bu
yo`lning kelajagi porloq.
Endi esa, moziyga qaytib, O`rta Osiyoning Buyuk ipak yo`li o`rni va eksport potensialiga
e'tiborni qaratsak. Markaziy Osiyoga, xususan, hozirgi O`zbekiston hududiga qiziqish avvaldan
ma'lum va bu har tomonlama (siyosiy, iqtisodiy jihatdan) ahamiyatli bo`lgan. Tarixiy va hozirgi
ma'lumotlarga ko`ra, bu hudud, yer, suv, iqlim, tabiati, geografik o`rni, qazilma boyliklari,
hayvonot dunyosi jihatidan ajralib turgan. Aholining mehnatsevarligi, mirishkorligi,
bunyodkorligi, kasb-hunarga mehr qo`yganligi va ijodkorligi muhim ahamiyatga ega.
Hudud zaminida turli-tuman boyliklar, ayniqsa oltin, kumush, boshqa rangli metallar va
javohirlarning mavjudligi va serobligi shu soha hunarmandchiligi rivojida hal qiluvchidir.
Ayniqsa, oltin ajnabiylarni magnit (ohangrabo) kabi tortganligi aniq.
Bu o`lka eksport potensialida oltin, kumush va undan qilingan zebu-ziynatlar, zargarlik
buyumlari, sifatli po`lat olish va undan yasalgan asbob-uskunalar, ayniqsa, qilich, qalqon va
boshqa harbiy asbob-anjomlar, ipakdan to`qilgan xon atlas va boshqa nafis matolar, ajoyib
ko`rinishli qorako`l terisi va undan tikilgan buyumlar xaridorgir bo`lgan.
Markaziy Osiyo donishmandlarining kitoblari, diniy va ilmiy asarlar hammani qiziqtirgan.
Kitob yozish (hattotlar) san'ati ham yuqori bo`lgan. Miniatyura san'ati yuqori darajada edi.
Shu sababli, bilim, ilm makoni bo`lgan kitob savdo-sotig`i yetakchi o`rinni egallagan.
Hozirgi davrda ko`plab taniqli mutafak-kirlarimizning asarlari xorij davlat va shaxsiy
kutubxonalaridan topilmoqda va o`z vatani, O`zbekistonga qaytarilmoqda. Bu fakt shundan
dalolat beradiki, o`z davri da kitob savdosi Buyuk ipak yo`lining asosiy faoliyatidan biri bo`lgan,
demak, bu yerdan chetga ko`plab ilm va san'at asarlari chiqarilgan.
Mamlakatimizda dunyodagi eng yaxshi ot zotlari bo`lganligi ma'lum, xalq eposida uchqur,
ziyrak tulporlar haqidagi rivoyatlar haqiqatga juda yaqin. Masalan, Xitoy elchisidan uni qanday
tuhfa qiziqtirishini so`ralganda, ot olishni afzal ko`rgan. Otlar xalq xo`jaligining barcha
JDPI, Maktab menejmenti yo
’nalish
i 1-kurs uchun Iqtisodiyot fanidan ma
’ruzalar matni
tarmoqlarida, harbiy xizmatda, transport vositasi sifatida, uloq chopish, chovgan o`ynash, zeb-
ziynat sifatida nihoyatda qadrlangan. Shu sababli otlar eksportda yetakchi o`rinni egallagan.
Qishloq xo`jaligida paxta yetishtirish va paxtadan olinadigan mahsulot asosiy o`rinda turgan.
Polizchilik (ayniqsa, qovunchilik), bog`dorchilik (uzum) yaxshi rivojlangan. Agar bizga ipak
yetishtirish Xitoydan kirib kelgan bo`lsa, xitoyliklar bizdan zotli otlar sotib olgan, uzum va beda
yetishtirishni o`rganishgan.
Vatanimiz hududida qorako`l teri beradigan qo`ylar parvarishi muhimdir. Ularning terisi
bilan savdo qilish muhim ahamiyat kasb etgan. Hozirgi davrda ham bu sohaga e'tiborni
kuchaytirish O`zbekiston mustaqilligini mustahkamlash uchun zarur vosita hisoblanadi. Tarixiy
ma'lumotlarga qaraganda, bir karvonda 500-1000 tagacha odam, ot, tuya, boshqa ulovlar ,
savdogarlar bilan birga diplomatlar, elchilar, xajga boruvchilar, harbiy qo`riqchilar bo`lgan. Butun
yo`l boshidan-oxirigacha 120-150 kun davomida bosib o`tilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |