8-mavzu: qadimgi dunyodagi iqtisodiy g’oyalar. Feodal jamiyati va uning yemrilishi davridagi iqtisodiy ta’limotlar. O’rta osiyodagi temuriylar davrigacha bo’lgan va temuriylar davridagi iqtisodiy g’oyalar. Reja


G’arbiy Yevropadagi iqtisodiy g`oyalarga qisqacha tasnif



Download 5,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/15
Sana09.04.2022
Hajmi5,47 Mb.
#538914
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
8-mavzu Qadimgi dunyodagi iqtisodiy g'oyalar

G’arbiy Yevropadagi iqtisodiy g`oyalarga qisqacha tasnif. 
G’arbiy Yevropada feodalizm 
jamiyati uch bosqichni bosib o`tdi: ilk feodalizm (V-X asrlar), rivojlangan feodalizm (X-XV 
asrlar) va feodalizmning yemirilish davri (XVI-XVIII asrlar).
Dastlabki davrda dehqonchilik xo`jalikning asosi edi, aholi o`rtasida keskin tabaqalanish 
ham mavjud emas edi. Yuzaga kelgan buyuk Frank davlatida ibtidoiy jamoa tuzumi yemirilib, 
feodalizm munosabatlari shakllanishi (quldorlik formatsiya shaklida tarkib topmadi - "Sali 
haqiqati", 481-614) qonunlar to`plamida aks etgan. Bunda eski jamoa munosabatlari himoya 
qilinadi (umumiy mulkchilik), ammo ayrim xo`jaliklarning mustaqilligi ham, xususiy mulkchilik 
ham qo`llab-quvvatlanadi, sinfiy ajralish asta-sekin namoyon bo`la boshlaydi. Olimlar 
feodalizmdan oldingi Frank kishlog`ining o`ziga xos bo`lganligini qayd qilib, erkin Frank dehqoni 
Rim koloni (qul) bilan yangi krepostnoy o`rtasidagi figura ekanligini, ya'ni krepostnoylik 
munosabatlari endigina shakllana boshlaganligini qayd etgan edi. "Sali haqiqati" sinfiy 
differensiatsiyani ko`rsatdi.
Natural xo`jalik va dehqonlarning krepostnoylik ekspluatatsiyasiga oid dastlabki "Villalar 
to`g`risidagi kapitulyariy" pomest'elar to`g`risidagi qonun bo`lib (IX asr boshi), unda feodal yer 
egaligi va krepostnoylik himoya etiladi. Unda endi jamoa, jamoa mulki to`g`risida gap yo`q. Bu 
hujjatda votchinaning yagona egasi va votchina aholisining majburiyatlari to`g`risida gapiriladi. 
Natural xo`jalikka asoslanganligi tufayli obrokning mahsulot shaklida to`lanishi, zahira ham 
natura shaklida bo`lishi, turli kasbdagi hunarmandlar kerakligi gapiriladi. Sotuvchi faqat ortiqcha 
mahsulotni chiqarish, ya'ni realizatsiya qilishi kerak edi. Demak, o`z-o`zini ta'minlash birinchi 
o`ringa qo`yilgan.
Krepostnoylikning yuzaga kelish masalasi ko`p olimlarni qiziqtiradi. Yerga monopoliya 
egaligi va dehqonlarni majbur qilish apparatining paydo bo`lishi hal qiluvchi rolni o`ynagan. Axir 
inson tug`ilgandan ozod bo`ladiku! Natural xo`jalik yetakchi bo`lsa ham, tovar ishlab chiqarish 
ham mavjud edi. Shaharlarda hunarmandchilik sexlari, savdo rastalari doimo ishlab turgan. Ishlab 
chiqarish almashuv va sotish uchun amalga oshirilgan. Sex nizomlarida ishlab chiqarishni 
uyushtirish, xalfa yollash, o`quvchilar olish tizimlari belgilangan edi. Master-usta bo`lish uchun 
ancha yuqori mulk tsenzi qo`yilgan.
Umuman, uy hunarmandchiligiga nisbatan sex ancha ustunlikka ega edi, avvalo keng 
mehnat taqsimoti bo`lgan (bu ishning tez va sifatli bajarilishiga olib kelgan), raqobat bor edi. 
Bunda masalan, uy qurilsa, g`ishtni alohida sex ko`targan, suvoqchi, tom yopuvchi va hokazolar 
alohida ish yuritgan, ishning sifati nazorat qilingan (raqobat bor), agar ish sifatsiz bo`lsa, keyingi 
buyurtma boshqa sexga berilgan (umuman, sanoat rivoji muhim uch bosqichni bosib o`tadi: uy 
hunarmandchiligi, sex-manufaktura, fabrika).
Klassik o`rta asr davridagi iqtisodiy g`oyalar kanonik, ya'ni qonuniy doktrinalar asosida rivoj 
topdi. Bu sohada cherkov, ruhoniylar katta faoliyat ko`rsatdilar. XII asrning o`rtalarida 
boloniyalik monax-rohib Grotsian "Kanonik huquqlar to`plami"ni tuzdi, unda bir qancha iqtisodiy 
g`oyalar ham berilgan. Ular umumiy mulkchilikni ideal deb baholab (e'tibor bering, xususiy mulk 
emas), xususiy mulkchilik xudo tomonidan odamlarning gunohlari uchun vu-judga keltirilgan, 
degan g`oyani ilgari surdilar. Boylar xayr-sadaqa berishga chaqiriladi. Xudoga ma'qul bo`lgan 
faoliyatlarga faqat dehqonchilik va hunarmandchilik kiritilib, sudxo`rlik, ayniqsa, foyda olish 
uchun savdo qoralanadi (Islom dinidagi g`oya bilan solishtiring).
Kanonistlarning bosh iqtisodiy g`oyasi asosida xudo tomonidan belgilangan "adolatli baho" 
to`g`risidagi ta'limot yotadi. Italiyalik rohib Foma Akvinskiy (1225-1274) ta'limotida iqtisodiy 


JDPI, Maktab menejmenti yo
’nalish
i 1-kurs uchun Iqtisodiyot fanidan ma
’ruzalar matni
g`oyalar ma'lum tartibga solingan. U o`zining asarlarida qullik va krepostnoylikni oqlaydi, bunda 
u Aristotel va muqaddas kitoblarga asoslanadi. U xudoni barcha boyliklar egasi deb e'lon qiladi, 
lekin xususiy mulkchilik ham himoya qilinadi, chunki bunda insonning o`z toifasi, tabaqasiga mos 
ravishda yashashiga imkoniyat yaratiladi. Davr taqozosiga mos (natural xo`jalik hukmron) 
ravishda davlat o`z-o`zini ta'minlash g`oyasini qo`llaydi, natura shaklidagi boylikka asosiy 
e'tiborni qaratadi, oltin va kumushlarni sun'iy boylik deb biladi. Mehnatsiz yaratilgan boylik 
(savdo, sudxo`rlik) harom deb hisoblangan. Asosiy va xudo tomonidan belgilangan bu narsa 
"adolatli baho" masalasi edi. Kanonistlar amalda bahoni mehnat sarflarining yig`indisidan iborat 
deb tan olganlar. Agar proporsional tenglik saqlanmasa jamiyat yemirilishi mumkin, degan to`g`ri 
xulosa chiqariladi. Savdo foydasi va foiz olish "adolatli baho" bo`yicha almashuvni buzadi, shu 
sababdan yirik savdo va sudxo`rlikni taqiqlash talab etiladi. Foma Akvinskiy "adolatli baho" 
masalasini foydalar, to`g`rirog`i naf, manfaatlar tengligi asosida hal etdi va uni subektiv vaqt deb 
baholadi. U aytadiki, agar narsa biror odam foydasiga, lekin boshqa odam ziyoni hisobiga o`tsa, 
bu holda buyumni o`zining haqiqiy bahosidan yuqoriroq sotish huquqi paydo bo`ladi. Shu bilan 
birga bu buyum baribir haqiqiy egasidaligidan qimmatroq sotilmaydi, chunki qo`shimcha baho, 
shu buyumdan xoli bo`lgan ziyonni qoplaydi.
F.Akvinskiy yuqori tabaqa aholisini mehnatkashlar manfaatini himoya qiluvchilar qilib 
ko`rsatadi. Shu sababli bu tabaqaga buyumlarni o`z haqiqiy bahosidan qimmatroq sotishga ruxsat 
beradi. Protsent (foiz)ni tavakkalchilik to`lovi yoki qarz oluvchiga beriladigan "beg`araz sovg`a" 
deb tushuntiradi. U rentaning ekspluatatorlik mohiyatini bo`yab ko`rsatadi va renta yer egasiga 
o`z qo`l ostidagilarni boshqarishdagi mehnati uchun to`lanadigan haq deb baholaydi. Bu bilan 
cherkov (yeri bor) va feodallarning manfaatlarini himoya qiladi. 
Bunday iqtisodiy g`oyalar Fransiyada (Nikola Orem), Angliyada (Djon Boll) ham vujudga 
keldi. Shuni alohida qayd etish zarurki, bu iqtisodiy qarashlar sinfiy xarakterga ega bo`lgan, 
yuqori tabaqalarning faoliyatini ma'qullagan. Ikkinchi tomondan norozi dehqonlar harakati ham 
kuchaygan. Angliyada Uat Tayler (1381), Germaniyada Tomas Munser (1524-1525) rahbarligida 
dehqonlar qo`zg`oloni bo`lgan, ular krepostnoylikni, boshqa majburiyatlarni bekor qilishni talab 
etganlar. Shu davrda cherkov boyligi ham keskin oshgan. Tenglik to`g`risidagi g`oya 
buzilganligini ko`rgan xalqning bir qismi ruhoniylarning shohona hayot kechirayotganiga qarshi 
chiqdi.
Shu davrda feodalizm yo`lidan borayotgan Rossiyada ham iqtisodiy g`oyalar vujudga keldi. 
IX asrda tashkil topgan qadimgi Rus davlati - Kiyev Rusida chop etilgan "Русская правда" 
qonunlar to`plamida dastlabki yozma fikrlar berilgan. Unda jamiyatning sinfiy differensiatsiyasi, 
yer egalari, savdogarlar manfaati himoya qilinadi, knyazlik manfaati uchun savdogarlar, 
sudxo`rlar, qarzdorlarni noo`rin sarf-harajatlardan tiyish zarurligi haqida gapiriladi.
Ma'lumki, XII-XIV asrlarda Rossiyada feodal tarqoqlik ro`y berdi (13 ga yaqin alohida 
knyazlik). Bu davrda cherkov yer egaligi atrofida diniy shaklda kurash bordi. XVI asrdan boshlab 
ijtimoiy-siyosiy kurash publitsistik tus oldi. O`shanday publitsistlardan biri Yermolay edi, monax 
- rohibligida Erazm nomini olgan. Yermolay Erazm o`z asarlarida dvoryanlikni himoya qildi va 
yirik savdo hamda sudxo`rlikka qarshi chiqdi. U boyarlarni boshqalar hisobiga doim 
bayramdagidek hayotini tanqid qildi, yerni esa faqat davlatga xizmat qilayotgan (ya'ni dvoryan) 
odamlarga berish kerak, degan to`g`ri g`oyani ilgari surdi (boyarlar markazlashgan davlatga 
bo`ysunishni istamagan va votchina egasi, tarqoqlikning asosiy sababchisi edilar). Haqiqatan ham 
Ivan Grozniy, hatto Petr I davrida ham votchinani (ya'ni boyarlarni) yo`q qilish uchun kurash 
bordi, oxir-oqibatda dvoryanlik va pomeshchiklik yutib chiqdi va Rossiya yagona davlatga 
aylandi.


JDPI, Maktab menejmenti yo
’nalish
i 1-kurs uchun Iqtisodiyot fanidan ma
’ruzalar matni
Yermolay Erazmning iqtisodiy qarashlarida dehqon mehnati boylik manbayi degan qoida 
yotadi. Shu sababli u davlatda dehqonlar toifasini birinchi o`ringa qo`yadi va ularning iqtisodiy 
ahvolini yaxshilash zarur deb hisoblaydi. Ammo, u dehqonlar ekspluatatsiyasining asosi pul 
majburiyatlarida deb bilgan, shu sababli bu majburiyatlar natural renta holida bo`lishi va hosilning 
beshdan bir qismi (20 foizi) bilan cheklash, yom (pochta) majburiyatlarini esa savdogarlar 
zimmasiga yuklashni taklif etdi. U mehnat unumdorligini oshirish to`g`risida qayg`ursada, tovar 
munosabatlari rivojiga qarshi bo`lgan, ya'ni o`zi o`ziga qarshi edi, chunki u erkin boy savdogarlar 
savdosi tarafdori edi. Ye.Erazm natural majburiyatlarni cheklash sinfiy kurashga chek qo`yadi, 
degan noto`g`ri fikrda bo`lgan.
XVI asrning o`rtalarida yaratilgan "Domostroy" asarida shaharliklarning faoliyatiga oid 
qonun-qoidalar majmuasi berilgan. Unda hokimiyat va cherkov, oila, xizmatkorlarga munosabat 
qoidalari keltiriladi. Ko`pgina maslahatlar ichida xo`jalik yuritish, savdo, soliq to`lash qoidalari 
bor. Asarda ro’y bergan sotsial-iqtisodiy o`zgarishlar, boy shaharlik psixologiyasi o`z aksini 
topgan.
Bozor bilan yaqin munosabat (savdo-sotiq)lar qatori, mahsulotlarni ko`plab zahira qilish 
(zapas) kerakligi (natural xo`jalik belgisi) uqtiriladi. Hunar va savdoni o`rganish, xo`jalikni 
boshqarish, mehnat va shaxsiy tashabbus rag`batlantiriladi. Rossiyada XVII-XVIII asrning 
boshlarida yirik o`zgarishlar ro`y berdi, kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari paydo bo`la 
boshladi.
G’arbiy Yevropadagi merkantilistlardan (quyida ko`riladi) farqli ravishda rus iqtisodchilari 
muomala sohasiga kam e'tibor qiladilar, pul - boylik degan fikrga qo`shilmadilar. Ular mamlakat 
ichida tovar almashuvini kuchaytirish tarafdori edilar, tashqi savdoni esa asosan sanoat va qishloq 
xo`jaligini rivojlantirish quroli deb qaraganlar. Bu g`oyalar A.A.Ordin-Nashchokin (taxm. 1605-
1680), Yu.Krijanich (1617-1683), I.T.Pososhkov (1652-1726) asarlarida bayon etilgan.

Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish