JDPI, Maktab menejmenti yo
’nalish
i 1-kurs uchun Iqtisodiyot fanidan ma
’ruzalar matni
Oliy boshlig`i deb qasamyod qilmaganligi uchun T.Mor davlat xoini sifatida hisoblanib, qatl
etilgan. Katolik cherkovi tomonidan muqaddaslashtirilgan (1535). U "qo`ylar odamlarni yeb
qo`ydi" iborasining muallifidir. Shu davrda dehqonlarni cheklash, ya'ni yerdan siqib chiqarish
siyosati amalga oshirildi. Bu jarayon manufaktura, keyinroq esa fabrika rivoji bilan bog`liq edi.
Mato to`qish, jun, ayniqsa qo`y juniga bo`lgan ehtiyojni oshirib yubordi. Dastlab botqoq,
chakalakzor yerlar o`rab olindi va qo`y boqish uchun yaylovga aylantirildi, keyinchalik
dehqonchilik qilinayotgan yerlar ham tortib olinib, dehqonlar - yomenlar sinf sifatida tugatildi.
Ular yerdan mahrum qilindi va ko`chaga haydaldi. Bu o`ziga xos agrar inqilob - sanoat
to`ntarilishi uchun sabab bo`ldi, lekin millionlab aholi qashshoqlikka mahkum etildi. Shu
voqealarni o`z ko`zi bilan ko`rgan T.Mor qayerdaki xususiy mulk hukmron bo`lsa, asosiy boylik
bir quchoq odamlar qo`liga to`planadi, degan xulosaga keldi. Yana sotsial ofatning asosi puldir,
degan edi u. Xayoliy "utopiya" mamlakatida ijtimoiy mulkchilik (xususiy mulk bo`lmagan),
umumiy mehnat bo`lgan, qishloq va shahar o`rtasidagi tafovut yo`q edi, ishlab chiqarish tartibga
solingan, ish kuni olti soat bilan cheklangan, pul yo`q qilingan, taqsimot tekis va bosqinchilik
urushlari yo`q edi. T.Mor shunday jamiyatni qurish mumkin deb o`ylagan.
Neapol (Italiya) mehnatkashlarining qashshoqligini ko`rgan. U o`zining "Oftob shahri"
(1602 y. yozilgan, 1623 yilda chop etilgan) kitobida zolimlarning shohona hayotini tanqid qiladi,
u ham T.Mor kabi, bu tengsizlikning asosiy sababi xususiy mulkchilik, deydi. U kelajak jamiyat
to`g`risidagi o`z tasavvurini ham beradi, ular T.Morga o`xshash: ijtimoiy mulkchilik mavjud,
hammaning mehnat qilishi zarur, mashina mehnati tufayli ish kunlari cheklangan (4 soat), aqliy
mehnat jismoniy mehnat bilan almashtirib turiladi, bunda hunarmandchilik, chorvachilik va
dehqonchilik bilan nisbatan tekis shug`ullanish shart qilib qo`yiladi, tekis, pulsiz taqsimot amalga
oshiriladi. U faylasuf, shoir, siyosiy arbob bo`lgan, keyinchalik esa (1582) rohib bo`lgan. Ispaniya
bosqinchilariga qarshi isyon uyushtirgani uchun qamoqqa olingan, 27 yil qamoqda yotib, falsafa,
falakiyot, siyosat, tibbiyotga oid o`nlab asarlar yozgan. Uning "Oftob shahri" asari dengizchining
hikoyasi shaklida berilgan. Yangi jamiyatda olim kohinlar tabaqasi tomonidan boshqariluvchi
ideal jamoa bo`ladi, xususiy mulk va oila bo`lmaydi, bolalar davlat tomonidan tarbiyalanadi, fan
va maorif taraqqiy etadi (Galileyni himoya qilgan).
Faylasuflarning bergan bahosiga ko`ra, bu olimlarning jamiyati "xomaki ishlangan" "qo`pol
kommunizm"dir. Ular asosan hunarmandchilik va dehqonchilikka asoslangan tenglashtirish
xususiyatiga ega. Ammo, shunisiga e'tibor beringki, bu kishilar har jihatdan ta'minlangan, bilimli
davlat arbobi bo`lganlar, kommunistik jamiyat g`oyasi K.Marks va F.Engelslarninggina g`oyasi
emasligini ham eslatib o`tish zarur. Xayoliy sotsializm to`g`risidagi dastlabki g`oyalar Osiyoda
Abu Nasr ibn Muhammad Forobiy (870-950, 2-muallim), Germaniyada Tomas Munser (1420-
1525)lar tomonidan ham ilgari surilgan. Injil va qur'oni karimda ham uning elementlari bor.
Markaziy Osiyodagi sarbadorlar (boshini dorga tikkanlar) davlati ham shu tamoyillarga
asoslangan (Samarqandda Abu Bakr Kalaviy, Mavlonozoda, Xurdaki Buxoriy va boshqalar).
Keyinchalik Abdurahmon Jomiy va A.Navoiy, Xurdaki Buxoriy asarlarida ham bunday g`oyalar
bor.
Do'stlaringiz bilan baham: