2. FEODAL JAMIYATI VA UNING YEMRILISHI DAVRIDAGI IQTISODIY
TA’LIMOTLAR.
Yangi era - milodning III asridan boshlab Osiyoda, milodning V asridan
G’arbiy Yevropada quldorlik tuzumi yangi feodal ishlab chiqarish usuli bilan almashdi. Ammo
quldorlik tuzumining qoldiqlari feodalizm va hatto kapitalizm davrida saqlanib qoldi. Masalan,
eng rivojlangan AQSHda quldorlik, qullar mehnatidan foydalanish 1861-1865 yillardagi fuqarolik
urushidan keyin to`la tugatildi. Markaziy Osiyo, xususan Turkistondagi qullik davri ham shu
davrda, ya'ni o`lka Rossiya tomonidan bosib olingach, qonun yo`li bilan taqiqlandi. Ayrim tarixiy,
iqtisodiy-ijtimoiy sabablarga ko`ra Yevropaning asosiy qismida, jumladan Rossiyada qulchilik
ishlab chiqarish usuli darajasiga yetmadi, feodalizmga o`tildi. Tuzumda yerga xususiy mulkchilik
mavjud bo`lib, bevosita ishlab chiqaruvchilar bo`lgan, rasman ozod dehqonlarni ekspluatatsiya
qilishga asoslangan. Yer egalari - feodallar yoki davlat dehqonlardan barshchina (ishlab berish),
natural (mahsulot) yoki pul obrogi (soliq) sifatida yer rentasini olish imkoniga ega edilar. Shunday
qilib, feodalistik jamiyat yirik yer egalari va mayda ishlab chiqaruvchilar - dehqonlarning
hamkorligiga asoslangan.
Qulga nisbatan erkin dehqon ishlab chiqarishdan hiyla manfaatdor bo`lgan, o`zining oilasi,
ayrim ishlab chiqarish vositalariga, xo`jalik mustaqilligiga ega edi, shu sababli mehnat
unumdorligi va ishlab chiqarish kuchlari ancha o`sdi. Feodalizm shu jihatdan avvalgi ibtidoiy
jamoa va quldorlikdan tarixan progressiv jamiyat edi. Ammo, bu davrda hali ham qoloq texnika
mavjud bo`lib, ishlab chiqarish kuchlarining rivoji sekin borgan.
G’arbiy Yevropada feodal ishlab chiqarish usuli V asr oxiri (Rim imperiyasining qulashi)
dan burjua inqiloblari (XVII-XVIII asrlar), aniqrog`i sanoat to`ntarilishi davrigacha yashadi.
Ko`pgina mamlakatlarda (masalan, O`rta Osiyo, jumladan O`zbekistonda) bu davr undan ham
uzoq vaqtni o`z ichiga oladi (III-XX asrlar). Bu jamiyatda yuzaga kelgan iqtisodiy qarashlar keng
qamrovli bo`lib, yerga egalikning qonuniy ekanligini ko`rsatish, tovar-pul munosabatlari
muammolariga munosabatning kuchayishini belgilashga qaratilgan. O`sha davrdagi iqtisodiy
g`oyalarda tovar-pul munosabatlari (sudxo`rlikdan tashqari) qo`llab-quvvatlanadi va shu bilan
birga feodal jamiyatning tabiiyligi, uni saqlab qolish zarurligi qayd etiladi.
Bizgacha yetib kelgan yozma manbalarga ko`ra, o`sha davrdagi iqtisodiy g`oyalarda diniy-
axloqiy yo`nalish kuchli bo`lgan. Bozor iqtisodiyoti bilan bog`liq fikrlarda ikki tomonlama qarash
mavjud (tovar ishlab chiqarish, sudxurlik va b.). Davlat va dinning iqtisodiyotdagi roli yuqori
qo`yiladi. O`rta asrlar oxirida, yer egaligi tuzimi yemirilishi bilan yangi iqtisodiy g`oyalar vujudga
keldi.
JDPI, Maktab menejmenti yo
’nalish
i 1-kurs uchun Iqtisodiyot fanidan ma
’ruzalar matni
Do'stlaringiz bilan baham: |