zamonaviy ta’lim texnologiyalari
, bizningcha:
-
pedagogik faoliyat (ta’lim-tarbiya jarayonining) samaradorligini oshirishi;
-
o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni qaror toptirishi;
-
o‘quvchilar tomonidan o‘quv predmetlari bo‘yicha puxta bilimlarning
egallashini ta’minlashi;
-
o‘quvchilarda mustaqil, erkin va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini
shakllantirishi;
-
o‘quvchilarning o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqara olishlari uchun zarur
shart-sharoitlarni yaratishi;
-
pedagogik jarayonda demokratik va insonparvarlik g‘oyalarining
ustuvorligiga erishishni kafolatlashi zarur.
Demak, zamonaviy texnologiyalarning shakllari turlichadir. Biroq, ularning
barchasi o‘z mazmuniga ko‘ra yagona maqsad sari yo‘naltiriladi. Ya’ni, ular
o‘quvchilarning nazariy bilimlarini chuqurlashtirish, kengaytirish, egallangan
nazariy bilimlaridan amaliyotda mustaqil va samarali foydalana olish ko‘nikmalarini
hosil qilish, ularni ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni uyushtirishga tayyorlash,
ijtimoiy faollikni shakllantirish, yetuk axloqiy sifatlarni tarkib toptirish, teran va
sog‘lom fikr, keng dunyoqarash egasi bo‘lgan komil shaxsni kamol toptirishga
xizmat qiladi. Shu bilan birga, har bir pedagog o‘qituvchi kasbiy kompetentsiyasiga
qo‘yilayotgan zamonaviy talablarni bajargan hisoblanadi. Chunki o‘qituvchi kasbiy
kompetentsiyasining sifatlaridan biri – o‘quvchilar ehtiyojini anglay olish va
motivatsiyasini uyg‘otish bilan birga mustaqil fikrga ega bo‘lgan kadrlarni
yetishtirishdan iboratdir.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, har bir o‘oqituvchining
innovatsion
tayyorligi
deganda uzluksiz ta’lim sharoitida pedagogik innovatikaning to‘liq
mazmun-mohiyatini egallash bo‘yicha uning nazariy, amaliy va psixologik-
fiziologik saviyasini tushunamiz. Bunday tayyorlik pedagogik tizim natijasi sifatida
nazariya va amaliyotning bir butunligini ta’minlash, o‘quv ishlariga vijdonan
munosabatda bo‘lishga tarbiyalash hamda ijodiy faollikni rivojlantirish asosida
o‘quvchilarda konkret fanlar va umumkasbiy faoliyat shakllari bo‘yicha bir butun
bilimlar va malakalarni shakllantirishga ko‘mak berishi kerak. Innovatsion
faoliyatni amalga oshirish jarayonida o‘qituvchilarning pedagogika oliy o‘quv
yurtida o‘quv rejalari kursini o‘tashida olgan barcha bilimlari, malakalari va
ko‘nikma, shuningdek, shaxs sifati aniqlashtiriladi va amaliyotda sinaladi.
Rivojlangan mamlakatlar qatoridan munosib o‘rin egallayotgan mustaqil
davlatimizda yosh, malakali kadrlarni tayyorlash ustuvor vazifa sifatida belgilangan.
Mazkur vazifaning samarali bajarilishi ko‘p jihatdan ta’lim-tarbiya mas’uliyati
zimmasiga yuklatilgan o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligi, pedagogik mahorati,
ma’naviy-axloqiy fazilatlariga bog‘liq. Shunday ekan, o‘qituvchi-tarbiyachilarning
o‘zini tarbiyalash, ularning yuqori malaka va layoqatlarga, yuksak mahoratga ega
bo‘lishlarini ta’minlash davr talabidir. Barchamiz o‘qituvchi faoliyatining
samaradorligini belgilab beruvchi muhim omil bu – dars o‘tish san’ati ekanligini
yaxshi bilamiz. Darsning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan dars ishlanmasining savodli
ishlab chiqilganligi ta’minlaydi. Bu holat esa o‘qituvchining dars strukturasini
qanchalik bilishi, uning komponentlarini to‘g‘ri belgilay olishiga bog‘liq.
Nazorat uchun savollar:
1.
Ijodiy-tanqidiy fikrlash nima?
2.
O’quvchilar muammolarini hal etishga xizmat qiladigan tanqidiy
fikrlashning qanday bosqichlarini bilasiz?
3.
“Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” fanini samarali o’qitishda
ta’lim texnologiyalarining ahamiyati qanday?
Do'stlaringiz bilan baham: |